Final o’yinda Tohirjon Mo’minov jamoasi ishtirok etadi.
Jamoa azolari:
Dilshod Rasulov
Oduvanchik
Sohib Uzakov
Dastanjon
Otajon Iskandarov
Jamoa sardori Tohirjon Mo’minov
Jamoaga bugungi o’yinda omad tilaymiz!
1, Otasi bilan ism familyasi bir xil bòlgan bu inson òz karyerasini 1970-yildan boshlagan. Karyerasi davomida juda kòp shaxsiy yutuqlarga erishgan, hattoki qamoqda òtirib chiqishga ham ulgurgan. Bu insonni kòpchiligimiz xotinboz, milliarder, ixtirochi sifatida kòrganmiz va taniymiz. Diqqat savol bu insonni ismini ayting?
Javob: Robert Izoh: gap kichik Robert Dauni(otasini katta Robert Dauni deb atashadi) haqida edi. Narkotik savdosiga aralashib deyarli 2 yil òtirib ham chiqqan. Temir odam personaji haqida ortiqcha ta'rif shart emas manimcha.
2, Ikkinchi jahon urushi vaqtida Perl Xarbor uchun jangda Yaponya g’alaba qozonishi ehtimoli yuqori bo’lgan. Lekin barchamizga malumki ushbu jangda ular yutqazgan. Buning sababini o’rgangan olimlar Xning Yaponlarda 13ta AQSH armiyasida esa 9ta bo’lgani bilan bog’lashadi. Shuning natijasida yaponlar vaqtdan yutqazgan ekan. Diqqat savol Xni 2 so’zda ayting?
Javob – Harbiy buyruqlar
3, Dostoyevskiyning bir ajoyib iborasi bor: Pulning yaramasligi va qaboxatliligi shundaki, u hatto yo’q Xni ham bor qiladi! Bu ibora hozirgi zamonga ham juda mos tushadi. Ayniqsa O’zbek estradasida! Diqqat savol Xni aniq ayting!
Javob – Talant, iqtidor
4, Bir boshqacha tartibda tuzilgan yevropa xaritasida Rossiya Qozog’iston bayrog’ida, Ispanya Portugalya bayrog’ida, Portugalya esa Ispanya bayrog’ida, Angliya Irlandiya bayrog’ida tasvirlangan. Eng qiziqarlisi Fransiya Brazilya bayrog’ida tasvirlangan. Diqqat savol ushbu xarita nima asosida tuzilgan?
Javob – Eng katta chegaradosh davlatlariga qarab tuzilgan! Fransuz Gvianasi orqali Fransiya eng katta masofada Brazilya bilan chegaradosh!
5, Shu yilgi Manchester City va MYU(1-2) òyini vaqtida sharxlovchi Davron Fayziyev City tarkibida faqat de Bruyne jon kuydirib, jamoasini oldinga tortayotgani va eng faoli ekanligini ta'kidlab, buni bilish uchun òyinni boshidan kòrayotgan bòlish shart emas, hozir kòrishni boshlagan bòlsangiz ham uzoq kadrdan ham yaqqol bilishingiz mumkin deb aytadi. Diqqat savol qanday òzgarishga qarab buni bilish mumkin?
Javob: "De Bruyne shu darajada faolki, terlab ketganidan Cityning och havorang formasi tòqlashib ketgan, uzoq kadrda ham boshqa jamoadoshlaridan yaqqol ajralib turibdi "- degan edi Davron Fayziyev
6, U 21-dekabrda paydo bõlgan. Dastlab romb shaklida bõlgan. Ginnes rekordlari kitobiga kiritilgan eng kattasi 25970 soni bilan boğliq. Eng kichkinasi soch tolasida. BU ISHNI qilish vaqtida inson juda katta energiya yõqotganligi uchun, hozirgi kunda hatto U.ning dietasi ham bor. Diqqat savol Uni yoki BU ISHNI ayting?
Javob: Krosvord, krosvord yechish. Izoh: u dastlab "New york times" gazetasida romb shaklida chiqarilgan. Eng kattasida 25970ta sòz yashirilgan.
7, Muzeyga kirgan odam bir tarixiy fotosuratga uzoq tikilib turib "8 million ikkiyuzlamachi qalloblar" deb qo’ydi.U qanday fotosuratni ko’rib qolgandi?
Javob - Gitler tarafdorlari
8, Mashxur sarkarda Suvorov Shvetsariya yurishi davrida rus-avstriya birlashgan qo’shiniga qo’mondonlik qilgan, ittifoqchilar xar yo’l bilan o’z vazifalarini bajarmaslikka xarakat qilishgan, va yurishning ko’proq og’irini rus askarlari tortishiga to’g’ri kelgan. Bu yurish tugaganidan so’ng avstriyaliklar bu yurishda ular xam "ter to’kishganini", "qon kechishganini" dunyoga ko’rsatish uchun qaxramonona yurish sharafiga esdalik medal chiqarishga qaror qilishadi. Avstriyaliklarning bu qarori xaqida eshitib qolgan A.V.Suvorov "medalning bir tomoniga Rossiya gerbi va "xudo biz bilan!" degan yozuvni, ikkinchi tomoniga esa Avstriya gerbi va "xudo…" yozuvni tushirish kerak degan. Diqqat savol ikkinchi tomonga tushirilishi kerak bo’lgan jumlani aniq ayting?
Javob – Xudo ular bilan!
9, AQSH prezidenti Reygan unga shu qadar ishonganki uning taklifi bilan qasamyod marosimi tongi soat 5 da o’tkazilgan. Fransiya prezidenti Mitteran ham unga juda ishonib, hatto kadrlar masalasida uning fikrlariga tayanib ish ko’rgan. Diqqat savol gap nima haqida ketayotganini topgan holda shu sabab o’z lavozimidan ozod etilgan davlat rahbarini ayting?
Javob – Koreya prezidenti Pak Kin Xe. Bu yerda gap bashoratchilar haqida edi!
10, Bu narsa dastlab ichimlik kòrinishida ishlab chiqarila boshlangan. Hozirgi kòrinishda 1847-yildan chiqa boshladi. U narsadan ilgarilari pul sifatida foydalanishgan. U hashamat va boylik ramzi bõlgan. Uyquni qochirishda ancha samarali vosita hisoblangan. Diqqat savol uni ayting?
Javob: Shokolad
11, "Greyt Istern" paraxodi shunchalik katta va noodatiy ediki xatto uning oltita machtasini nomlash uchun dengiz leksikonida so’z topilmagan. Shu sababli ularni xafta kunlari nomlari bilan atashga qaror qilishgan: "Machta-dushanba" "Machta-seshanba" "Machta-chorshanba" "Machta-payshanba" "Machta-juma" "Machta-shanba". Bir kuni "Greyt Istern" yo’lovchilari orasida bo’lgan mashxur yozuvchi Jyul Vern unga machta nomlarini sanab bergan dengizchi yigitni o’yin qilmoqchi bo’lib so’raydi: - Nega endi yana bitta, "Machta-yakshanba" qo’ymadinglar? Bu savolga dengizchi xozirjavoblik bilan, " chunki dengizda u yo’q, ser!" deb javob beradi. Diqqat savol dengizda nima yo’q degan?
Javob – Dam olish kuni
Do'stlaringiz bilan baham: |