Jamoadagi psixologik iqlim


Download 8.67 Kb.
bet3/4
Sana19.06.2023
Hajmi8.67 Kb.
#1604486
1   2   3   4
Bog'liq
Jamoadagi psixologik iqlim

Psixologik muhitni aniqlash faktorlari. Ishchi guruh a’zolarini bir- biri bilan o‘zaro aloqa shart- sharoitlari guruh birgalikdagi faoliyati muvaffaqiyati va ish jarayonidan va uning natijalaridan qoniqishiga ta’sir qiladi. Hususan, unga ishchilar ishlaydigan sanitar- gigienik sharoitlar: temperatura rejimi, namlik, yoruglik, xonaning kengligi, qulay ish joyining mavjudligi va boshqalar. Guruhdagi o‘zaro aloqalar xarakteri va undagi hukm suradigan kayfiyat katta ahamiyatga ega. Guruhdagi psixologik holatni belgilash uchun «ijtimoiy - psixologik muhit», «psixologik atmosfera», «tashkilot muhiti», «mikroklimat» va boshqa tushunchalar ishlatiladi.O‘z kelib chiqishiga ko‘ra bu tushunchalar metaforalardir. O‘simliklarni gullab –yashnaydigan tabiiy-muhit bilan solishtirish mumkin. Bir muhitda ular gullab-yashnasa, ikkinchi muhitda ular so‘lishi mumkin.Huddi shunday fikrni ijtimoiy –psixologik muhit haqida gapirish mumkin: ma’lum bir sharoitda guruh a’zolari o‘z imkoniyatlarini to‘liq ishga solib, faoliyat ko‘rsasa, ikkinchi muhitda odam o‘zini noqulay sezib, guruhni tashlab ketishni istaydilar, ularning shaxsiy o‘sishi sekinlashadi.

IJTIMOIY –PSIXOLOGIK MUHIT DEGANDA ODATDA QUYIDAGILAR NAZARDA TUTILADI: Guruh ijtimoiy – psixologik xarakteristikalari yig‘indisi; Jamoadagi asosiy hukm suruvchi psixologik kayfiyat; Jamoadagi o‘zaro aloqalar xarakteri; Jamoa holati yigma xarakteristikasi.

Jamoadagi soglom ijtimoiy –psixologik muhit o‘zaro muloqatdan mamnunlik, bir-biriga ishonch, himoyalanganlik, xavfsizlik, qulaylik, o‘zaro bir- birini qo‘llab quvvatlash, munosabatlardagi iliqlik, bir- birini yeqtirish, ochiq fikr bildirish, qat’iyyatlik, tetiklik, ijod qilish, intellektual va kasbiy o‘sish, tashkilot ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shish, hatoliklar kelib chiqishidan qo‘rqmaslik hislari bilan xarakterlanadi. Jamoadagi nosoglom ijtimoiy –psixologik muhit zerikish, ruhan tushkunlik, tez achchiqlanishlik, zerikish, tez qizshish va guruhdagi majorali munosabatlar, ishonmaslik, yanglishi yeki hatolik kelib chiqishi va oqibatda jazolanishdan qo‘rqish, bir-birini tushunmaslik, dushmanlik, shubhalilik, yagona ishga qattiq urinmaslik, jamoa va tashkilot ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shish istagi yukligi, umuman olganda, qoniqmaslik hislari bilan xarakterlanadi.


Download 8.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling