3-mavzu. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetenciyaviy yondashuv


Download 20.79 Kb.
bet1/2
Sana04.02.2023
Hajmi20.79 Kb.
#1164965
  1   2
Bog'liq
Лекция-3


3-mavzu. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetenciyaviy yondashuv.
Reja:
1.Davlat talablari rivojlanish soha indikatorlari haqida tushuncha.
2.Maktabgacha yoshdagi bolaning(6-7yosh) tayanch kompetenciyalari.
3.Bolaning rivojlanish sohalari kompetenciyasi. .
1.Davlat talablari rivojlanish soha indikatorlari haqida tushuncha.
Davlat talablari (ilk va maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning rivojlanish kwrsatkichlari) bu–kichik yoshdagi bolalar rivojlanishining milliy tamoyillarini, tuǵilganidan 7 yoshgacha bwlgan bolalarning bilim, kunikma va malakalari mezonlarini aks ettiruvchi, kattalarga ularning usishlari dinamikasini, rivojlanishlari holatini aniqlashda yordam beruvchi hujjatdir.
Davlat talablari aniq bir yoshdagi bolaning rivojlanishini, bolaning yutuqlari va rivojlanish darajasini kuzatish imkoniyatini beruvchi indikatorlarni (kwrsatkichlarni) belgilaydi. Davlat talablarini ishlab chiqishda bola shaxsi rivojlanishining beshta sohasi asos qilib olingan.
Bu beshta asosiy sohalar birgalikda bola rivojlanishining barkamolligi va yaxlitligini ta’minlaydi. Davlat talablari jamiyatning maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishi haqidagi bilimlarini yaxshilashga, tarbiya sohasida pedagoglarning kwnikmalarini mustahkamlashga, shuningdek, muassasalarda ta’lim dasturlari va metodikalarini baholash maqsadini ham kwzda tutadi. Sohalar kichik sohalarga bwlingan va shu bilan birgalikda, ular bolaning me’yorda rivojlanish kwrsatkichlarini aks ettiradi.
- Maktabgacha ta’limga quyiladigan davlat talablarida “talab” suzining ma’nosi quyidagicha ta’riflanadi: biror-bir aniq yoshdagi bolalar bilishi va bajara olishi shart bulgan talablar majmuidir.
- Davlat talablari rivojlanish sohalarining indikatorlari esa bolaning kwz bilan kwrishi va ulchashi mumkin buladigan kunikma va malakalari kursatkichidir, deb ta’riflanadi. Demak, har bir rivojlanish sohalari, kichik sohalartarkibiga kiruvchi faoliyat turlarining talab va indikatorlari mavjud.
- Davlat talablari bolaning quyidagi rivojlanish sohalari buyicha belgilanadi:
- jismoniy rivojlanish va soǵlom turmush tarzining shakllanishi;
- ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
- nutq, muloqot, wqish va yozish malakalari;
- bilish jarayonini rivojlanishi;
- ijodiy rivojlanish.
- «Jismoniy rivojlanish va soǵlom turmush tarzining shakllanishi» sohasi quyidagi kichik sohalarga bwlinadi:
- yirik motorika;
- mayda motorika;
- sensomotorika;
- soǵlom turmush tarzi va xavfsizlik.
- «Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi quyidagi kichik sohalarga bulinadi:
- «Men» koncepciyasi;
- hissiyotlar va ularni boshqarish;
- ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot.
- «Nutq, muloqot, wqish va yozish malakalari» sohasi quyidagi kichik sohalarga bulinadi:
- nutq va til;
- wqish malakalari;
- qul barmoqlari mayda motorikasi.
- «Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi quyidagi kichik sohalarga bulinadi:
- intellektual-anglash malakalari;
- elementar matematik malakalar;
- tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat.
- «Ijodiy rivojlanish» soha quyidagi kichik sohalarga bwlinadi:
- dunyoni badiiy tasavvur etish;
- badiiy-ijodiy qobiliyatlar.
- Davlat talablarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
- maktabgacha ta’lim - maktabgacha yoshdagi bolalar qiziqishi, iqtidori, individual ruhiy va jismoniy xususiyatlari, madaniy ehtiyojlarini inobatga olgan holda hamda bolada ma’naviy me’yorlarni shakllanishi, hayotiy va ijtimoiy tajriba egallanishini kwzda tutgan har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan yaxlit jarayon;rivojlanish - inson tanasi tuzilishi, ruhiyati va xulqida biologik jarayonlar hamda atrof muhit ta’sirida rwy beradigan wzgarishlar;
rivojlanish sohasi - bola rivojlanishidagi aniq bir ywnalishlar;
kichik soha - sohaning kichik guruhlari. Asosiy sohalarning kichik sohasi rivojlanishning ma’lum bir tomonlarini wz ichiga qamrab oladi va ularning aniq bir ywnalishini kwrsatib beradi;

Download 20.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling