3-Mavzu. Marketing faoliyatini axborot bilan ta'minlash reja


-chizma. Marketing axborot tizimining modeli


Download 201.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana24.03.2023
Hajmi201.29 Kb.
#1290970
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3 мавзу MARKETING FAOLIYATINI AXBOROT BILAN TA\'MINLASH

2-chizma. Marketing axborot tizimining modeli. 
 
Zamonaviy marketingning axborot tizimi quyidagi elementlarni o’z ichiga 
oladi: 
1. Marketing faoliyatini shakllantirishda korxonaning ichki imkoniyatlaridan 
samarali foydalanish. 
2. Korxonaning bozordagi marketing faoliyatining strategik va operativ 
qarorlarini ishlab chiqish uchun tashki sharoitlarning rivojlanishi haqidagi axborot. 
3. O’ziga xos haraktyerdagi qo’shimcha ma'lumotlarni olish maqsadida 
korxonada o’tkaziladigan maxsus marketing tadqiqotlari natijalari haqidagi axborot. 
4. Marketing axborotiga ishlov berish tizimi (ma'lumotlarni yig’ish, ularni 
tahlil qilish va prognozlash uchun zamonaviy axborot texnologiyalaridan 
foydalangan holda). 
MATning asosiy vazifasi marketing qarorlarini qabul qilishda noaniqlikni 
kamaytirish uchun zarur bo’lgan ma'lumotlarni doimo to’plab borishdan iborat. 
Tashqi manbalardan ma'lumotlar asosan marketing razvedkasi va marketing 
tadqiqotlari asosida olinadi. 
Marketing razvedkasi - bu, birinchi navbatda, marketing rejalarini ishlab 
chiqish va ularni to’g’rilash uchun zarur bo’lgan marketing tashqi muhitining 
o’zgarishi to’g’risidagi joriy axborotni to’plash bo’yicha tizimli faoliyatdir. Ichki 
axborot olingan natijalarga qaratilsa, marketing razvedkasi tashqi muhitda ro’y 
berishi mumkin bo’lgan hodisalarni o’rganishga mo’ljallanadi. Marketing 
razvedkasi ma'lumotlarini kompaniya xizmatchilari (ma'muriyat, muhandislar, 
xaridlar bo’yicha agentlar, sotuvchilar), shuningdek, ta'minotchilar, vositachilar va 
xaridorlar yetkazib berishlari mumkin. Razvedka ma'lumotlarini maxsus tadqiqotchi 
Talablar va ehtiyojlar 
Markеtologlar 
Axborot 
Markеtingning tashqi 
muhiti 
Ichki manbalar 
Markеting 
tadqiqotlari 
Markеting 
qarorlarining 
tahlili 
Markеting 
tеkshirishlar 
Maqsadli bozorlar 
Markеting kanallari 
Raqobatchilar 
Iqisodchilar 
Tahlil 
Rеjalashtirish 
Rеjalarni amalga oshirish 
Nazorat 
Tavisyalar 


firmalardan ham olish mumkin. 
Ichki axborot asosan korxonaning ichki ahvoli va imkoniyatlarini ochib 
beradi. Unga, dastavval, korxonaning ishlab chiqarish, moliya, sotish, mehnat va 
boshqa resurslari kiradi. Qabul qilingan qarorlarning samaradorligi cheklangan 
resurslarni tovar assortimenti va marketing dasturlariga optimal joylashtirish sharti 
bilan amalga oshiriladi. Bu yerdan asosiy vazifa kelib chiqadi: foydaning o’sishi 
uchun mahsulot tannarxini davriy ravishda kamaytirib borish zarur, boshqacha qilib 
aytganda xarajatlar hajmi va tarkibining shakllanishi ustidan qat'iy nazorat siyosatini 
olib borish zarur. Shu bilan bog’liq holda marketolog o’z ishida marketing 
qarorlarida quyidagi ko’rsatkichlarni hisoblash va foydalanishni bilishi kerak: 
• mahsulotning me'yoriy va haqiqiy tannarxi; 
• to’g’ri va egri xarajatlar
• chegaralangan foyda; 
• foydalilik nuqtasi; 
• narx chegirmalari. 

Download 201.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling