3-Mavzu. Marketing faoliyatini axborot bilan ta'minlash reja


 Marketing axborotlari turlari


Download 201.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana24.03.2023
Hajmi201.29 Kb.
#1290970
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3 мавзу MARKETING FAOLIYATINI AXBOROT BILAN TA\'MINLASH

2. Marketing axborotlari turlari. 
Ma'lumki, marketing axboroti marketing faoliyatida qaror qabul qilish 
uchun asos hisoblanadi, shuningdek, qaror qabul qilgandan keyin olingan natijalarni 
tahlil qilish uchun ham kerakdir. Ko’pgina marketologlarning ta'kidlashicha, 
axborot bilan bog’liq faoliyat butun marketing faoliyati hajmining uchdan bir 
qismidan tortib yarmigachasini tashkil qiladi. Iqtisodiy amaliyotda qo’llaniladigan 
marketing axboroti quyidagi mezonlar bo’yicha tasniflanishi mumkin (21-chizma). 

1-chizmaIqtisodiy axborotning tasniflanishi 
 
Marketing maqsadlariga mo’ljallangan axborotni bir nechta guruhlarga 
bo’lish mumkin. Xususan, bozor va uning kon'yunkturasi haqidagi axborot, sotish 
(savdo)ning uslublari va shakllari haqidagi axborot va, nihoyat, o’z korxonasi 
haqidagi axborot. 
Korxonada shakllanayotgan axborotlar massivi bir martali marketing 
tadqiqotlarini o’tkazish hisobiga va marketing axborotini to’plash, ishlov berish va 
tahlil qilish natijasida davriy ravishda kengayishi va yangilanishi kerak. 
Marketing axborot tizimi (MAT) korxonaning marketing faoliyatini amalga 
oshirish uchun zarur bo’lgan ma'lumotlarni to’plash, jamlash va ishlov berishning 
usullari, uslublari, tashkiliy tadbirlari va texnik vositalarining yig’indisi, deb 
ta'riflanadi. MAT korxonani boshqarishdagi axborot tizimining eng muhim tarkibiy 
qismidir. 
MATning o’ziga xos tomoni shundan iboratki, u axborotning ichki va tashqi 
manbalaridan foydalanib bozor bilan aloqalarning rivojlanishini ta'minlaydi. 
Iqtisodiy axborot 
Iqtisodiy axborot 
Paydo bo’lish davri 
Birlamchi 
Ikkilamchi 
Diskrеt 
Uzluksiz 
Paydo bo’lish joyi 
Barqarorligi 
Ichki 
Tashqi 
O’zgaruvchi 
O’zgarmas 
Boshqarish funktsiyasi 
Ma'lumotlar turi 
Hisobli 
Rеjali 
Matnli 
Grafikli 
Markеtingli 


Marketing axborot tizimining taxminiy modeli 22-chizmada keltirilgan. 
Tajribalar shuni ko’rsatadiki, korxonadagi axborot tizimlari turli xil 
rivojlanish bosqichida bo’lishi mumkin, shu jumladan: 
- ma'lumotlarni hisobga olishning oddiy modeli
- marketing hisobotlari tizimi; 
- turli hisob-kitob modellarini qo’llashga mo’ljallangan tizimlar; 
- marketingni prognozlash tizimi va hokazo.

Download 201.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling