2-mavzu. Ontologiya-borliq haqidagi falsafiy ta'limot. Ong. Ijtimoiy ong va uning asosiy shakllari. (2 soat) Reja


Download 115.65 Kb.
bet1/30
Sana02.02.2023
Hajmi115.65 Kb.
#1146931
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
2-mavzu


2-mavzu. Ontologiya-borliq haqidagi falsafiy ta'limot. Ong. Ijtimoiy ong
va uning asosiy shakllari. (2 soat)
Reja:
1. Borliq tushunchasi va uning asosiy turlari.
2. Dunyoning moddiy birligi. Substantsiya tushunchasi. Materiyaning asosiy shakllari.
3. Harakat va rivojlanish ular o'rtasidagi umumiylik va farq. Harakatning asosiy shakllari.
4. Fazo va vaqt-materiya mavjudligining ob'ektiv shakllari.

Borliq tushunchasining tahlili. Borliqfalsafiy bilimlarning alohida
sohasi boʻlib, unda borliq va yoʻqlik, mavjudlik va nomavjudli k
muammolariga doir masalalarning keng doirasi oʻrganiladi,
shuningdek,mavjudlik sifatiga ega boʻlgan barcha narsalarning mohiyati
aniqlanadi. Umum qabul qilingan falsafa tilida u Ontologiya deb ham
ishlatiladi. «Ontologiya» ata‘masi (yunoncha ontos – borliq, logos – soʻz,
ta‘limot), borliq haqidagi ta‘limot degan ma‘noni anglatadi, ilmiy kategoriyasi sifatida falsafada XVII asrdan beri qoʻllanilmoqda. Ontologiya
har qanday falsafiy dunyoqarashning negizi hisoblanadi va shu tariqa oʻz
tarkibiga kirmaydigan boshqa falsafiy muammolar talqinini koʻp jihatdan
belgilaydi.
Borliq masalasi insonning dunyoni oqilona anglash yoʻlidagi ilk
urinishlaridayoq duch kelgan barcha masalalarning negizi hisoblanadi.
Muayyan narsalar mavjudligi yoki mavjud emasligi masalasi inson falsafiy
mulohaza yurita boshlagani zahotiyoq uning diqqat markazidan oʻrin oldi.
Mifologiya‘ning bosh vazifasi – «borliqni kim yaratgani» haqida gapirib
berishni, falsafa «borliqning nimaligi, u qaerdan paydo boʻlgani va qaerga
yoʻqolishi»ni oqilona tushuntirish bilan shugʻullanadi. Bunday tushuntirishga
urinish jarayonida faylasuflar barcha zamonlarda quyidagi savollarga javob
topish zaruriyati bilan toʻqnash kelganlar:
falsafiy kategoriya sifatidagi «borliq» nima?
bu ata‘ma nimaga nisbatan tatbiq etilishi mumkin?
unga qanday falsafiy ma‘no yuklanadi?
Bu savollarga keng javob berish falsafa tarixiga ham, mazkur
tushunchaning etimologiyasiga ham murojaat etishni nazarda tutadi. «Borliq»
falsafiy kategoriyasi dunyoning, ayniqsa keng tarqalgan tillarida ayni bir
ma‘no – «boʻlish», «mavjud boʻlish», «hozirlik», «hozir boʻlish»,
«mavjudlik» ma‘nolarini anglatadi. Jahonning aksariyat tillarida yuqorida
sanab oʻtilgan va ma‘no jihatidan unga yaqin fe‘llar negizini tashkil etadigan
«boʻlmoq» fe‘li, oʻzining bevosita ma‘nosidan tashqari, yordamchi fe‘l
sifatida ham faol ishlatiladi. Fikr qaratilgan narsa mavjudligi (yoki mavjud
emasligi)ning ayni shu dalili har qanday tilning ilk jumlalaridayoq tom
ma‘noda universal fe‘l (yoki uning modifikatsiyalari) bilan aks ettiriladi:
oʻzbek tilida – «boʻlmoq», «bor», ingliz tilida – is, nemis tilida – ist va h.k.
Shunday qilib, «borliq» va «yoʻqlik» kategoriyalarining oʻziga xosligi,
betakrorligi va universal ahamiyati shundan iboratki, ularning falsafiy
ma‘nosi tavsiflanadigan turli tillarda ular «boʻlmoq» fe‘lidan (yoki uning
inkoridan) hosil boʻlgan tushunchalar hisoblanadi va narsaning oʻzini emas,
balki uning mavjudligi yoki yoʻqligini koʻrsatadi. Masalan, stol bor, yomgʻir
yoʻq, oqlik bor, aks yoʻq, miya bor, gʻoyalar yoʻq va h.k.

Download 115.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling