2-mavzu. Ontologiya-borliq haqidagi falsafiy ta'limot. Ong. Ijtimoiy ong va uning asosiy shakllari. (2 soat) Reja


Tasavvuf ta’limotida borliq muammosi


Download 115.65 Kb.
bet7/30
Sana02.02.2023
Hajmi115.65 Kb.
#1146931
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
Bog'liq
2-mavzu

Tasavvuf ta’limotida borliq muammosi. Tasavvufda oriflar va
oshiqlar oʻzlarining poetik asarlarida va mifologik gʻoyalarida borliq haqidagi
bilimlarini bayon etganlar.
Tasavvuf ta‘limotida ontologiya birinchidan, ramz, majozlar, qiyoslarda
oʻz ifodasini topadi. Ikkinchidan, ushbu ontologiya inson tafakkuriga emas,
tuygʻularga yoʻnalgan, musiqa joʻrligi, tasviriy san‘at asarlarida namoyon
boʻlgan, ―Aruz‖ vaznida bitilgan maqomlarda kuylangan. Uchinchidan,
poeziya qalb faolligining mahsuli hisoblanadi va u asosan, tuygʻularga ta‘sir
etadi. Buni anglashning mantiqiy tafakkurdan yuqori shakli, deyish mumkin.
Shu ma‘noda poeziya‘ni tushunish uchun ongning mantiqiy (nazariy)
tafakkurdan yuqoriroq shakli – intellektual intuitsiya taqa‘zo etiladi. Chiziqli
(mantiqiy) tafakkurning yolgʻiz oʻzida esa, na intellektual va na estetik
(hissiy) intuitsiya ishtirok etmaydi. Shu ma‘noda Alisher Navoiy aytganidek,
majozlar haqiqatga ancha yaqinroq. Toʻrtinchidan, ramzlar, majozlar
hammaga ham aytilishi mumkin boʻlmagan ba‘zi gʻoyalarni (sirlarni)
muayyan odamlargagina etkazish vazifasini bajargan .
Tasavvuf ta‘limoti vakillaridan biri Nasafiy ontologiyasi sof Vahdat
nimaligini tushunishdan boshlanadi. Uning fikricha, borliqning mohiyati
boʻlgan sof (musaffo) Vahdat (birlik), jism va ruhning manbaidir, u kitob va
ka‘lomning ham boshi, malakut (farishtalar) va mulk (moddiyat)
olamlarining asosi, butun borliq va odamning manbaidir. Uni sufizmda
jabarut, deb ataydilar (Jabarut – arab tilida «Buyuklik», ulugʻlik degan
ma‘nolarni bildiradi). Mulk va malakutda bir jami narsalar Jabarutda (tezis
xolida) mavjud, deb koʻrsatiladi (bu Aristotelning «imkoniyat»
kategoriyasida yoki potensiyada oʻz ifodasini topgan). Xullas,Sharqda
ontologiya masalasi Xudo borligʻi bilan bogʻliq holda oʻrganiladi.
Yangi davrda borliqning mohiyati Xudoning ishlariga emas, balki
tabiat qonunlariga bogʻlanadi. Tabiat borliqning butun yashirin ma‘nosini
qamrab oladi, shu sababli u bilan muloqot qilish, uning tabiiylik darajasini
sinab koʻrish muhimdir. Tabiatni oʻrganuvchi fanlar birinchi darajali
ahamiyat kasb etadi. Jamiyatda tashabbuskorlik, faollik va omilkorlikning rivojlanishi individualizmga asoslangan antropotsentristik dunyoqarashni
shakllantiradi.
XVII–XVIII asrlarning faylasuflari Golbax, Gelvetsiy, Lametri borliq
tushunchasini fizik borliq bilan bogʻlaydi. Bu faylasuflarning naturalistik
qarashlari mexanikaning faol rivojlanishi bilan belgilangan va ularning tabiat
haqidagi tabiiy-ilmiy tasavvurlarini aks ettirgan. Bundan borliqni
«naturallashtirish» gʻoyasi kelib chiqqan.
Spinoza (1632–1677) dunyo haqidagi monistik ta‘limotni yaratdi.
Uning monizmi panteizm koʻrinishida namoyon boʻladi: Benedik Spinoza
oʻz ontologiyasida Xudo va tabiatni ayniylashtiradi, bunda Xudo yaratuvchi
tabiat va yaratilgan tabiat sifatida amal qiladi. aynii vaqtda B.Spinoza birgina
moddiy substansiya mavjud boʻlib, uning asosiy atributlari koʻlamlilik va
fikrlashdir, degan gʻoya‘ni ilgari suradi. Shunday qilib, butun tabiat u Xudo
boʻlgani uchungina emas, balki unga fikrlash xos boʻlgani uchun ham jonli
hisoblanadi. Spinoza butun tabiatni jonlantirib, shu tariqa gilozoist-faylasuf
sifatida ham namoyon boʻladi.

Download 115.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling