2-mavzu. Ontologiya-borliq haqidagi falsafiy ta'limot. Ong. Ijtimoiy ong va uning asosiy shakllari. (2 soat) Reja


Download 115.65 Kb.
bet10/30
Sana02.02.2023
Hajmi115.65 Kb.
#1146931
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30
Bog'liq
2-mavzu

Borliqning ekzistensial-germenevtik konsepsiyasi.Ekzistensialistlar
mushohada yuritish orqali anglab etish mumkin boʻlgan mohiyat
(essensiya)ni amalda mavjudlik (ekzistensiya)ga qarshi qoʻyadilar. Ular
borliqning mazmuni toʻgʻrisidagi masalaga qaytish lozimligini e‘tirof
etadilar. Loʻnda qilib aytganda, borliqning oqilona tavsifi uning asl
mazmunini yoritib berishga qodir emas. Bunday mazmun hayot tajribasida,
ya‘ni «shu erda-borliq» yoki mavjudlik orqali namoyon boʻladi.
Germenevtika borliq sxemasi yoki formulasini aniqlashga emas, balki uning
mazmunini bilishga qaratilgan. Falsafiy muammo sifatidagi borliqning
mazmuni insonni oʻz mavjudligining pirovardliligi va tasodifiyligini anglash
natijasida yuz bergan shokdan xalos etishi lozim. Bir soʻz bilan aytganda, bu
erda aristotelcha analitikaga xaydeggercha germenevtika qarshi qoʻyiladi.
Borliq germenevtikasi oqilona-sxematik yoki metafizik bilimga
ishonchsizlik koʻzi bilan qarashga asoslanadi. Falsafa tarixida
germenevtikaning ayrim tarafdorlari: a) mistik; b) estetik; v) intuitiv; g)
irratsional narsalar va hodisalarga qarab moʻljal oladilar. Dunyoni anglab
etish mazkur usulining aks sadolari Pifagor (osmon musiqasiga quloq solish),
Platon (gʻoyalar xususida mushohada yuritish), Tertullian (absurd orqali haqiqatning tagiga etish), Paskal (aql haqiqatlariga yurak haqiqat‘ini qarshi
qoʻyish), romantiklar, Kerkegor, SHopengauer va Nitsshe metodida mavjud.
Borliq va mavjudlik konsepsiyasi M.Xaydegger loyihasining tayanch
nuqtasi hisoblanadi (18891976. Bu loyihani ishlab chiqish bilan u asosan
«Borliq va vaqt», «Fenomenologiya‘ning asosiy muammolari» asarlarida
shugʻullanadi)
. M.Xaydegger fikricha borliq, mavjudlikning borligʻi, lekin
borliq mavjudlikdan kelib chiqadigan yoʻqlik emas, ya‘ni u mavjudlik
hisoblanmaydi. Bu erda Xaydegger I.Kantning borliq predikat emas, degan
fikriga qaytadi. Ammo bu holda borliq nima? Keng tarqalgan tasavvurga
koʻra, mavjud narsalarning barchasi ayni bir borliq usuli – mavjudlik bilan
tavsiflanadi. Shunga muvofiq tabiat va ruh (gʻoya va narsa, res cogitans va
res extensia) farqlanadi. Ammo bu farqlash borliqning usullari oʻrtasidagi
farqni ifodalashga qodir emas. U faqat mavjud narsaning mohiyatini
belgilovchi unsurlar oʻrtasidagi farqni aks ettiradi.
M.Xaydegger fikriga koʻra, borliq usullarini ajratishning haqiqiy yoʻli
borliqning mohiyati (essentia) va usulining bir-biriga mansubligini mohiyat
va usulning borliq gʻoyasiga mansubligi nuqtayi nazaridan tahlil qilishga
asoslanadi. Nemis mutafakkiri borliqning olti usuli: ekzistensiya, birgalikda
mavjudlik, qoʻl ostidalik, hozirlik, hayot va barqarorlikni farqlaydi. Bu
usullarning barchasi bir-biridan shu darajada farq qiladiki, «borliq»
tushunchasining yagonaligini shubha ostida qoldiradi. Bu erda mavjudlik
toʻgʻrisidagi masala Xaydegger qarshisida eng muhim masalalardan biri
sifatida koʻndalang boʻladi.
Mavjudlik tushunchasining tahlili uning «hozirlik», «dunyo» va «qoʻl
ostidalik» tushunchalari vositasida ifodalanuvchi fenomenlar bilan ontologik
oʻzaro aloqasini qayd etishdan boshlanadi. Bunda mavjudlikni borliq
turlaridan biri sifatida tushunish mumkin emasligi, mavjudlik muammosini,
«uning shartlari va chegarasini» atroflicha oʻrganish zarurligi ta‘kidlanadi.
Faylasuflar hatto mavjudlik toʻgʻrisidagi masalani qoʻyish usulida ham aniq
bir toʻxta‘mga kelganlari yoʻq. Bu xususda Xaydegger «ongga nisbatan
transsendent» boʻlgan narsa mavjudmi, tashqi dunyoning mavjudligini
isbotlash, mavjudlikni anglab etish mumkinmi qabilidagi masalalarni va
nihoyat, mavjudlikning mazmuni toʻgʻrisidagi masalani aralashtirish odat
tusini olganini ta‘kidlaydi.
Yuqorida zikr etilgan har xil, lekin oʻzaro bogʻlangan masalalar
xaydeggercha talqinida mavjudlik muammosi uch qismga ajratiladi: a) borliq
hamda «tashqi dunyo»ni isbot qilish mumkinligi muammosi sifatidagi
mavjudlik; b) ontologik muammo sifatidagi mavjudlik; c) mavjudlik va
tavajjuh.
Birinchi muammoni tahlil qilar ekan, Xaydegger tashqi dunyoning
mavjudligi yoki uni isbotlash toʻgʻrisidagi masala bir vaqtning oʻzida
ma‘nosiz va ikki ma‘noli ekanligini qayd etadi. Masalaning ma‘nosizligi shu bilan izohlanadiki, mazkur masala dunyoda borliq sifatida mavjudlik bilan
qoʻyilgan. Masalaning ikki ma‘noliligi, Xaydegger fikriga koʻra, bir-biridan
farq qiladigan ikki narsa: nimadadir borliq sifatidagi dunyo va ichki
mavjudlik sifatidagi «dunyo»ning aralashuvi tufayli kelib chiqadi. Tashqi
dunyoning mavjudligi toʻgʻrisidagi masala bu erda dunyo fenomeniga
oydinlik kiritmasdan qoʻyiladi. Buning oqibatida amalda isbotlanayotgan
narsa yoki hodisaning isbotlash usuli va isbotlashning e‘lon qilinayotgan
maqsadi bilan aralashuvi yuz beradi.
Shunday qilib, Kant falsafadagi janjal deb nomlagan masala – tashqi
dunyo mavjudligining dalil-isbotlari yoʻqligi Xaydeggerga muammoni
notoʻgʻri qoʻyish boʻlib tuyuladi. U bunday isbotlashni amalga oshirishni
koʻzlagan shaxslarning shu erda hozirligining oʻziniyoq mavjudlikning isboti
deb hisoblaydi. Xaydegger fikriga koʻra, hatto dunyoning mavjudligiga
ishonish lozimligini ta‘kidlovchilar ham, adashadilar, zero ular bunday dalilisbotlar idealda mavjud boʻlishi lozimligini tasdiqlaydilar.

Download 115.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling