Fakultet Yo’nalish Mavzu
Download 349.87 Kb.
|
Hakimov Siyosat falsafasi mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi:________________ Qabul qildi:________________ Toshkent-2023 REJA: 1.
- I. Erkinlik va tenglikni anglashni falsafiy – siyosiy asoslari.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI __________________________ Fakultet __________________________Yo’nalish Mavzu: Erkinlik va tenglik fenomenining nazariy asoslari. “Siyosat falsafasi” fanidan mustaqil ta’lim topshirig’i bo’yicha Bajardi:________________ Qabul qildi:________________ Toshkent-2023 REJA: 1. Erkinlik va tenglikni anglashni falsafiy – siyosiy asoslari. 2. Erkinlik, adolat va tenglikning mustahkam huquqiy poydevori. 3. Erkinlik va tenglik munosabatlariga ta’sir etuvchi vositalar. 4. Xulosa. 5. Foydalanilgan adabiyotlar. I. Erkinlik va tenglikni anglashni falsafiy – siyosiy asoslari. Erkinlik haqida olimlar juda ko‘p yozganlar, chunki har bir sivilizatsiya, madaniyatlar mazkur holatni har xil tushunishgan. Falsafada erkinlik mavzusi tugallanmagan mavzu hisoblanadi. Chunki mazkur muammoga qiziqish hamma davrlarda bo‘lgan. Ayniqsa, erkinlik masalalari siyosiy transformatsiya davrida chuqur muhokama qilingan. Erkinlik fenomeni xilma-xil ko‘rinishga ega. Misol uchun: tabiiy, siyosiy, fuqarolik, ijtimoiy erkinliklarni aytib o‘tishimiz mumkin. Erkinlikka qandaydir bir tushuncha bilan ta’rif berish mumkin emas. Erkinlik ijtimoiy hayotda real holatda vujudga keladi va bizning hayotimizga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Insoniyat tarixi shuni ko‘rsatadiki, erkinlik har bir insonning ontologik asosini qamrab oladi. S.L.Frankning ta’biri bilan aytganda “Erkinlikdan mahrum bo‘lish o‘zini-o‘zi o‘ldirish bilan barobar, boshqa insonning erkinligiga tajovuz qilish esa, undagi insoniy fazilatni badnom etish hisoblanadi”. Jamiyatda erkinlik mavhum holatda vujudga kelmaydi. Ya’ni, erkinlik-erkinlik uchun hosil bo‘lmaydi, chunki erkinlik vujudga kelishi uchun jamiyatda qandaydir maqsad bo‘lishi kerak. Erkinlik insonlarga nima uchun kerak? degan savol tug‘iladi. Bu savolga javob berish uchun faylasuflar insonning borlig‘iga e’tiborini qaratishadi. Chunki erkinlik bevosita insonning mohiyati va mazmunidan kelib chiqadi. Erkinlik fenomeni jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy holati bilan bevosita bog‘liq. Bitta mavzuda erkinlik mavzuini to‘liq yoritib bo‘lmaydi. Shuning uchun bizning e’tiborimiz markazida erkinlikni siyosiy falsafa fani nuqtai nazaridan tahlil qilish bo‘ladi. Erkinlik - ijtimoiy tushuncha hisoblanadi, chunki har bir inson ijtimoiy munosabatlar bilan bog‘liq. Erkinlikka har bir davrning qadriyatlaridan kelib chiqib yondoshiladi: agarda g‘arbda erkinlik individualizm ko‘rinishida bo‘lsa, sharqda esa erkinlikka jamoaviylik nuqtai nazaridan yondoshiladi. Erkinlik tarixiylik orqali namoyon bo‘ladi. Chunki erkinlik fenomenining aynan hozirgi ko‘rinishi tarixiy voqealar bilan bevosita bog‘liq. Antik va o‘rta asr davrida insonlarning hayoti alohida bosqichlarga ajratilmagan. Foma Akvinskiyning fikricha, “erkinlik – insonlarni manfaatlariga xos tarzda boshqarilishi hisoblanadi”. B.Konstan qadimda va hozirgi zamonda erkinlik to‘g‘risidagi tasavvurlarni qiyoslab shunday fikr bildirgan: “Antik davrda erkinlik jamoa bilan xamohang tarzda tushunilgan va jamiyatning hayotiga aralashish huquqini bergan. Yangi davrda esa individualizm birlamchi o‘rinni egallaydi va erkinlik huquqi davlat liberalizmini qurish orqali tushuniladi”. Ayni davrda ijtimoiy, iqtisodiy fanlarda va insonlarning hayotida yangi paradigmalar vujudga kelgan. Mazkur paradigmalarda insonlarning hayotdagi o‘rni qayta ko‘rib chiqilgan. Mazkur jarayon insoniyat salohiyatini oshishiga xizmat qilgan va jamiyatni rivojlantirgan. Chunki individualizm o‘zining egotsentrik pozitsiyalari bilan ishlab chiqarishni kuchaytirgan va siyosiy demokratiya shakllanishiga xizmat qilgan. Bu holat insonlarning ruhiy emansipatsiyasiga sabab bo‘lgan va insonlarni borliqning yuqori cho‘qqisiga chiqargan. Yangi davrdan boshlab inson o‘zini jahon xukmdori sifatida ko‘rishni boshlagan va o‘zi uchun javobgar bo‘lgan. Ushbu holatning salbiy tomonolari ham bor, chunki insonlarning ruhiy emansipatsiyasi hayotga bo‘lgan ishonchni yo‘qolishiga va insonlarda ruhiy qo‘rquv uyg‘onishiga olib kelishi ham kuzatilgan. Bu qo‘rquv cheksiz dunyoga qarshi chiqish bilan belgilangan va insonlarning ruhida hayotdan qoniqish hissi yo‘qolgan. Agar O‘rta asrda dunyoning markazida xudo turgan bo‘lsa, Yangi davrdan boshlab esa insonning o‘zi dunyoning markazida turishni boshlagan. Mazkur holat bir paradoksga sabab bo‘lgan. Yangi davrda yaratilgan individualizm XX asrga kelib ba’zi bir siyosiy tizimlarda shaxsni bo‘ysundira boshlagan, chunki insonlar yangi xudolarni kashf etishni istaganlar. XX asrga kelib insonlarning hayoti o‘zgardi. Erix Frommning ta’biri bilan aytganda, ish beruvchi bilan ishchining munosabatlari utilitar ko‘rinishga ega bo‘la boshladi, chunki kapital egasi insondan xuddi mashinadek foydalanar edi. O‘z salohiyatini sotgan inson o‘zini tovar sifatida ko‘ra boshladi. E.Frommning yozishicha, “agar insonning sifati jamiyat talablariga javob bermasa, demak u hech qanday sifatga ega emas hisoblanadi. Agar insonning sifatiga talab bo‘lmasa, u jamiyat oldida o‘zini “hech kim” deb hisoblaydi”. Insoniyat erkinligining tabiatini chuqur tahlil qilgan falsafiy oqimlardan yana biri ekzistensializm hisobladi. Ushbu oqimning namoyondalaridan biri Jan-Pol Sartrning fikricha, inson qanday bo‘lishni xohlasa shunday bo‘ladi, chunki, inson o‘zini o‘zi yaratadi. Ekzistensializmning namoyondalari insonga o‘zining hayoti uchun javobgarlikni yuklaydilar. Ekzistensializmning ba’zi bir namoyondalarining hisoblashicha, inson erkin bo‘lishga mahkumdir, chunki dunyoga kelganidan so‘ng u o‘z harakatlari uchun o‘zi javob beradi. Karl Yaspersning fikricha, inson to‘liq shakllanmagan va shakllanmaydigan mavjudotdir. G.Marselning fikriga ko‘ra esa “yashash - yo‘lda bo‘lish” demakdir. Har bir insonning hayotida uning subyektiv dunyosi katta ahamiyatga ega va har bir narsa insonning nazariga tushganda uning sifatiga ega bo‘la boshlaydi. Insonning erkinligi, inson tabiati haqida falsafada va boshqa ijtimoiy fanlarda ko‘pgina bahslar mavjud. S.L.Frank, Fridrix Nitsshening fikricha, inson o‘z-o‘zidan ustun bo‘la oladigan jonzot hisoblanadi. Ya’ni, u o‘zining tabiatidan ustun bo‘lishi mumkin. Boshqa faylasuflarning fikriga ko‘ra esa, inson o‘zining tabiatidan ustun bo‘la olmaydi, shuning uchun u erkin emasdir. A.Shopengauer “inson har qanday sharoitlarga moslashadi”, - degan fikrda bo‘lgan. U inson bilan sharoit munosabatlarini o‘zining asarlarida keng yoritib, bu munosabatlarni suv bilan qiyoslagan. Suv aytadi: - “Men juda baland to‘lqinlar hosil qilishim mumkin, agar bo‘ron bo‘lsa, tez oqishim mumkin, faqat daryo bo‘ylab, lekin hozir men sokin turibman, chunki oddiy hovuzdaman”. Mazkur analogiya bilan A.Shopengauer inson o‘z tabiatidan ustun bo‘la olmasligini isbotlaydi. Lekin, insonlarning tabiatini anglash mumkin. M Shillerning ta’biri bilan aytganda, inson uchrashuv joyi hisoblanadi. Chunki, unda ratsional va irratsionallik, yaxshilik va yomonlik, ong va ongsizlik uchrashadi. M. Shiller insonni Faust bilan qiyoslaydi. Chunki inson doimo yangilikni izlaydi. Shuning uchun ham insoniyat taraqqiyotga intiladi. Insoniyatning erkinligini tahlil qilishda inson yaxshimi yoki yomonmi, degan savol asosiy o‘rinni egallaydi. Download 349.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling