Fakultet Yo’nalish Mavzu


Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki qadr -qimmatni kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas


Download 349.87 Kb.
bet4/5
Sana09.06.2023
Hajmi349.87 Kb.
#1468445
1   2   3   4   5
Bog'liq
Hakimov Siyosat falsafasi mustaqil ish

Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki qadr -qimmatni kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas.
Hech kimda uning roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajribalar o‘gkazilishi mumkin emas”.
Har bir inson qaerda bo‘lishidan qat’i nazar o‘zini huquq sub’ekti sifatida tan olinishiga haqli. Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsni uning ishi qonuniy tartibda sudda oshkora ko‘rib chiqilib, hal qilinib uning aybi to‘liq aniqlanmaguncha, hukm chiqarilmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Bu aybsizlik prezumpsiyasi deb ham yuritiladi. Sudda ayblanayotgan shaxsga nisbatan o‘zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta’minlab beriladi. U himoyachi, advokat, tarjimon va boshqalarning xizmatidan foydalanishi mumkin.
Hech kimning ustidan uning roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajribalar o‘gkazilishi mumkin emas.

XULOSA


Shunday qilib, insonlar erkinmi? Yoki erkin emasmi? Bu savolga biz rus yozuvchisi A.P.Chexov va nemis yozuvchisi Yo.V.Gyotening fikrlari bilan javob bermoqchimiz.
A.P.Chexovning fikrlariga ko‘ra, har bir inson, huddi qush uchish uchun tug‘ilgandek, baxt uchun tug‘ilgan, shuning uchun u erkin mavjudot hisoblanadi. Yo.V.Gyote o‘zining “Faust” asarida yozishicha, inson erkin bo‘lish uchun tug‘ilmagan. Bizning ushbu javobimizda bir paradoks vujudga kelmoqda inson erkinmi yoki erkin emasmi? Bizning fikrimizcha, inson erkin, chunki boshqa jonzotlardan farqli o‘laroq u tanlash va o‘zining hayotini o‘zi xohlagandek qurish huquqiga egadir. Lekin bir tarafdan erkin ham emas, chunki u bevosita an’analar bilan va jamiyatning qonunlari bilan bog‘liq. A.N. Berdyayevning fikriga ko‘ra, insonning hayoti katta fojea hisoblanadi, chunki inson har doim o‘z o‘limini kutib yoki o‘ylab yashaydi.
Konstitutsiyamizning 31-moddasida mustahkamlab qo‘yilishicha: “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan diniga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi”.
Vijdon erkinligi demokratik huquqiy davlat yutug‘i bo‘lib, insonni erkin o‘z turmush tarzini shakllantirishi uchun xizmat qiladi.
Shaxsiy huquq va erkinliklar guruhining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat. Ular o‘z mohiyatiga ko‘ra inson, ya’ni har bir shaxsning huquqlari hisoblanib, uni qaysi davlat fuqaroligiga mansub ekanligi bilan bog‘liq bo‘lmaydi.
O‘zbekiston demokratik huquqiy davlat qurish yo‘liga o‘tishi ijtimoiy iqtisodiy huquqlarga yangicha yondashishi eski andozalardan voz kechish hamda jahon tajribasini hisobga olishni ob’ektiv asosda talab qilmoqda.

Download 349.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling