Fakultet Yo’nalish Mavzu


III. Erkinlik va tenglik munosabatlariga ta’sir etuvchi vositalar


Download 349.87 Kb.
bet3/5
Sana09.06.2023
Hajmi349.87 Kb.
#1468445
1   2   3   4   5
Bog'liq
Hakimov Siyosat falsafasi mustaqil ish

III. Erkinlik va tenglik munosabatlariga ta’sir etuvchi vositalar.
XX asrga kelib insonda faqat yaxshilik mujassam, degan fikr yo‘qoladi. Mazkur davr faylasuflarining fikriga ko‘ra, insoniyatning tarixiy tajribasi shuni ko‘rsatdiki, insonning tabiatida nafaqat yaxshilik, balki yovuzlik ham mavjud. Deyarli hamma dinlarda yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasida kurash mavjud, ularning fikriga ko‘ra, insonlarning faoliyatini baholashda nafaqat yaxshilik tabiatini tahlil qilish kerak, balki yovuzlik tabiatini ham o‘rganish lozim, shundagina insonlarning faoliyatini to‘g‘ri baholash mumkin. M.Shiller: «dunyoda yorug‘lik bilan birga zulmat ham mavjud», - deydi. Inson tabiatini tahlil qilayotgan ko‘pgina faylasuflar insonni anglab bo‘lmaydigan mavjudot, deb hisoblashadi. E.Paskalning fikriga ko‘ra, inson cheksizlik oldida hech kim emas, lekin hech narsa oldida hamma narsa hisoblanadi.
Erkinlikni tahlil qilayotganda tenglik tushunchasi namoyon bo‘ladi. Tarixdan ma’lumki, insonlar erkinlikdan ko‘ra tenglikni yaxshi ko‘rgan. Chunki, tenglik A.De Tokvilning fikriga ko‘ra, insonlarga kichik hadyalar beradi va tenglikni hamma odam qabul qiladi. Erkinlikka kelsak, u insonlardan kuch va mas’uliyatni talab qiladi. Insonlar esa bunga ko‘pincha tayyor bo‘lishmaydi. A.De Tokvil fikriga ko‘ra, erkin yashashdan qiyin narsa yo‘q. Tarixda tiraniya demokratiyadan keyin paydo bo‘lgan va erkinlik qullika aylangan. Mazkur holatni A.De Tokvil “ko‘pchilik tiraniyasi” deb atagan. Chunki diktatorlarni hamma qo‘llab-quvvatlagan va hokimiyat tepasiga chiqargan. Mazkur holat XX asrning boshlaridagi totalitar tartibotlarda fyurer yoki dohiy insonlarning butun hayotini nazorat qilishida namoyon bo‘lgan. Insonlar esa uning deklarativ va’dalariga to‘liq ishonganlar. Mazkur tartibotda, Xose Artego Gassetning fikriga ko‘ra, omma o‘rtacha inson sifatida namoyon bo‘ladi va o‘rtachalik shaxsning invdividual sifatlaridan yuqori turadi. Uning fikriga ko‘ra, totalitar tartibotlar shunday ommani birlashtirganki, ushbu omma doimo o‘zini oqlaydi va gunohsiz deb hisoblaydi. Ko‘pgina olimlarning ta’kidlashicha, insonlarga erkinlikni demokratiyagina ta’minlaydi. Mazkur olimlarning qatoriga biz A.Rismen, A.Trumen, R.Dal kabi olimlarni kiritishimiz mumkin. Ularning fikriga ko‘ra, demokratiyaning tamoyillari hayotga to‘liq tadbiq qilinsagina, insonlar va jamiyat erkinlikka erishishi mumkin. Chunki, demokratiya insonlarga individualizmni, shaxsiy mulkni, o‘zining hayotini o‘zi qurish imkoniyatini beradi. Ushbu olimlarning fikricha, liberalizm va erkinlik demokratiyaning asosiy, qat’iy tamoyillaridan biridir. Har bir insonning erkinligi boshqa bir insonning erkinligi boshlangan joyda tugaydi. Mazkur tamoyil insonlarga to‘liq erkinlikni ta’minlaydi, chunki har bir insonning erkinligi qonunlar bilan bog‘liq. Lekin demokratiya insonlarga erkinlikni taqdim etmaydi, deb hisoblaydigan olimlar ham mavjud. Ularning biri Erik Fromm bo‘lib hisoblanadi. U o‘zining asarlarida “demokratiya konformizmni tug‘diradi”, deb yozgan edi. Uning fikricha, mazkur siyosiy tizimda insonlarning orzu-istaklari ularning xohishlari sifatida namoyon bo‘lmaydi. Chunki, insonlarning xohishlari jamiyat tomonidan singdirilgan hisoblanadi. Uning fikricha, demokratiya insonlarga erkinlikni taqdim etmaydi va taqdim eta olmaydi ham.
Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklar har bir shaxs va O‘zbekistonning har bir fuqarosi uchun taalluqlidir.
Shaxsiy huquq va erkinliklar huquq nazariyasida tabiiy huquqlar deb yuritiladi. Insonning kundalik hayotida unga xizmat qiluvchi, tabiiy mavjudot sifatida mavjud bo‘lishi uchun zarur erkinliklar tabiiy huquqlar deb yuritiladi. Insonning tabiiy huquqlari g‘oyalari qadimdan shakllanib taraqqiyot mezoni hisoblangan.
Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasida ham, Konstitutsiyamizda ham e’tirof etilganidek, shaxsning mazkur huquqlari daxlsizdir va har bir shaxs tug‘ilishi bilanoq ana shu huquqlarga ega bo‘ladi. Shaxsiy huquq va erkinliklarning Konstitutsiyada yuridik jihatdan mustahkamlanishi, tabiiyki bizning yangi davlatimizning demokratik huquqiy va fuqarolik jamiyati qurayotganligidan dalolat beradi. Insonning eng muhim huquqlaridan biri – uning yashash huquqidir. Bu huquq Konstitutsiyaning 7-bobi 24 moddasida qonuniy mustahkamlangan. Unda ko‘rsatilishicha: “Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir”. Insonning tinch, osoyishta hayot kechirishi uchun sharoit yaratish majburiyatini davlat o‘z zimmasiga oladi. Bir vaqtning o‘zida fuqarolarga ham tegishli majburiyatlar yuklatilib ular qonunlarga va ichki tartib qoidalarga rioya qilishlari zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 – moddasida qonuniy mustahkamlanishicha: “Har kim erkinlik va Shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim qonunga asoslanmagan xolda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas.”
Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining 3 - moddasida har bir insonning yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqlari mustahkamlangan.
Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari tizimida eng muhimi erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi hisoblanadi, chunki erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqn ta’minlanganidan so‘nggina Konstitutsiya, qonunlar va boshqa qonun hujjatlarida kafolatlanadigan va himoya qilinadigan huquq va erkinliklar uchun shart - sharoit yaratiladi.
Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi har bir insonning uzviy ajralmas huquqi.
Inson - bu bioijtimoiy kategoriyadir; chunki u o‘zining-biologik ibtidosiga, o‘zagiga ega, keyinchalik hayotiy faoliyati natijasidagina shaxs sifatida shakllanadi.
Shu bois huquq tomonidan qo‘riqlanadigan ijtimoiy qadriyatlar qatorida inson, uning shaxsi bilan bog‘liq xususiyatlari ijtimoiy ma’noda tengi yo‘q, biologik ma’noda takrorlanmas, tabiat va jamiyat ijodining mahsuli sifatida markaziy o‘rinni egallaydi. Insonning har qanday tirik mavjudotlar kabi fizilogik va psixologik tuzilishi, ayniqsa, uning jamiyat hayotidagi ishtiroki, ijtimoiy munosabatlarning yaratuvchisi va ishtirokchisi, sub’ekti ekanligi bois ham uning hayoti oliy darajada muqaddas hisoblanadi hamda u muhofaza qilinadi.
Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi asosiy konstitutsiyaviy huquqlardan bo‘lib, insonning tug‘iliShi bilan qo‘lga kiritiladi. Har kim erkin, o‘z ixtiyori bo‘yicha harakat qilishi, o‘zganing shaxsiy erkinligi va daxlsizligiga ziyon etmaydigan tarzda yurish - turishni tanlashi mumkin. Biroq shuni nazarda tutish kerakki, shaxsning erkinligi jamiyatdagi axloq normalari doirasidan chiqmasligi va qonun asosida bo‘lishi kerak, ya’ni shaxs har qanday harakatni amalga oshirishi mumkin, agar ushbu harakat qonun va qonun hujjatlarida man etilmagan va huquqiy ko‘rsatmalarga zid kelmagan taqdirda, albatta. Bu to‘g‘rida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A Karimov shunday fikr bildiradilar: "Fuqarolarning huquq va erkinliklari daxlsiz bo‘lib, hech kim ularni sudning qarorisiz mahrum etishi yoki cheklashi mumkin emas. Ayni vaqtda fuqarolarning o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishlari boshqa fuqarolarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlariga zid bo‘lmasligi lozim”.
O‘z navbatida, individual erkinlik daxlsizdir va shaxs daxlsizligini davlat va uning hokimiyat tuzilmalari tomonidan ta’minlanadigan shaxs erkinligi kafolati sifatida tushunmoq kerak.
Shaxsiy erkinlik va daxlsizlik to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy normalar jinoyat protsessual qonunchiligida rivojlantiriladi.
Insonning shaxsiy huquqlari doirasiga davlat tomonidan uning sha’nini himoya qilish huquqi ham kiradi. Asosiy qonunda e’tirof etilgan davlat muhofaza etayotgan huquqlar qatorida shaxsning sog‘lig‘ini himoya qilish, turar joy daxlsizligi huquqi, respublika hududida erkin harakat qilish, erkin chiqib ketish va erkin qaytib kelish huquqi, erkin fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi, o‘z hohishi bo‘yicha boshqa usullar bilan har qanday ma’lumot olish va tarqatish kabi inson huquqlarining muhim tomonlari ham qayd qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 – moddasida ko‘rsatiliShicha: “Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta’minlab beriladi.

Download 349.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling