2-mavzu. Ontologiya-borliq haqidagi falsafiy ta'limot. Ong. Ijtimoiy ong va uning asosiy shakllari. (2 soat) Reja
Download 115.65 Kb.
|
2-mavzu
Borliqning ezoterik talqini. Ikki xil borliqning mavjudligi
ezoterizmning asosiy gʻoyasi hisoblanadi. Ezoterik qarashlarga koʻra, bu borliqlarning biri mutlaqo ideal xususiyat kasb etadi (bu ezoterika ata‘malarida nozik darajalarda mavjudlikni anglatadi), ikkinchisi esa insonning kamolotga eltuvchi yoʻlni bosib oʻtish va oʻzini ham, kosmosni ham oʻzgartirishga boʻlgan intilishini aks ettiradi. Bundan ezoterizmning ikki aniq yoʻnalishi kelib chiqadi. Ularning biri teran ong va ulkan iste‘dodga ega boʻlgan komil inson gʻoyasiga, ikkinchisi – «Xudoning Erdagi saltanati» xoliazmik formulasi bilan moddiylashtirilgan gʻoyaga oʻxshab ketadiganhayotni oʻzgartirish gʻoyasiga ishora qiladi. Ezoterik mulohazaga misol: «Yangi davr» gʻoyasining targʻibotchisi She‘rli Makleyn shunday deydi: «Men kosmik aqldan, ma‘naviy ziyodan olgan fikrlarning eng muhimi bu Xudo – bizning oʻzimiz, degan fikrdir. Borliqning biz anglab etgandan muhimroq qandaydir darajasi bor»1. Ba‘zan bu borliqdan uzoqlashishga, ba‘zan – mantiqqa zid boʻlgan noizchil hattiharakatlarga, ba‘zan – hamma narsani oʻzgartirish moʻljali bilan bogʻliq boʻlgan haddan tashqari soxta faollikka olib keladi. Oqilona ilmiy bilim, odatda, noemotsional va shaxssiz obyektiv boʻlsa, ezoterik an‘anada emotsional kechinmalarning mexanizmlaridan foydalanmasdan, xususan oq afsungarlik bilan bogʻliq holda fikrlar, soʻzlar va hatti-harakatlarda ezgulik va ziyoga qarab, qora afsungarlik bilan bogʻliq holda esa – yomonlik va riyoga qarab moʻljal olmasdan yashirish bilimni oʻzlashtirish mumkin emas. Ezoterik fanlar ikki asosiy maqsadni: avvalambor, odatdagi tajriba chegarasidan tashqa‘rida yotuvchi dalillarni bilishga qaratilgan ma‘rifiy maqsadni va tashqi dunyo jarayonlarini boshqarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqaruvga doir yoki kiber-maqsadni koʻzlaydi. Nazariyalar, ta‘limotlar va ilmiy konsepsiyalarning oʻzgarish intensivligiga teng boʻlgan davriylikka ezoterizmda duch kelish mumkin emas. U ichdan harakatchan; uning faolligi nyuanslar va shaxsiy xususiyat kasb etuvchi yondashuvlarning rangbarangligida namoyon boʻladi. Ammo u oʻz tabiatiga koʻra ancha turgʻun, chunki poydevor sifatida qoʻyilgan qadimgi germetik ta‘limotga, qadimgi ajdodlarimizning xufyona donishmandligiga tayanadi. Download 115.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling