2-mavzu. Ontologiya-borliq haqidagi falsafiy ta'limot. Ong. Ijtimoiy ong va uning asosiy shakllari. (2 soat) Reja


Download 115.65 Kb.
bet9/30
Sana02.02.2023
Hajmi115.65 Kb.
#1146931
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30
Bog'liq
2-mavzu

XX asrda borliqqa munosabat. XX asr borliqni tushunishni tarixiylik,
insonning mavjudligi, qadriyatlar va til bilan bogʻlab, uning talqinini
kengaytirdi.
Neopozitivizm falsafiy yoʻnalishi esa, avvalgi ontologiya
falsafaning emas, balki ayrim fanlarning predmeti deb hisoblab, falsafadagi
borliq muammosini soxta muammo sifatida talqin qildi.
Borliq mohiyatini tushunib etishda eng yangi qarashning oʻzagini
insonning ijtimoiy ijodi tashkil etadi. Bunda borliq hayot faoliyati jarayoni
sifatida tushuniladi. Fan-texnika taraqqiyotining suratlari tobora jadallashib
borayotgan hozirgi sharoitda mazkur dunyoqarash koʻpincha texnokratik
dunyoqarash deb ataladi.
Noklassik borliq. Noklassik falsafa dunyoning aqlga muvofiqligi,
shuningdek inson ongining mustaqilligiga shubha bildirdi. Pozitivistlar
umuman ontologiya‘ni yaratishdan bosh tortdilar. Irratsionalizm, marksizm
va ekzistensializmda ontologik konsepsiyalar hayot, jamiyat va inson
tushunchalari rivojlantirildi, ular borliqning noyob usullari sifatida
tavsiflandi. Quyida noklassik falsafada borliqqa munosabatni tahlil qilamiz.
Borliqning irratsionalistik konsepsiyasi.Falsafiy irratsionalizm
asoschisi A.Shopengauer olamning aqlga muvofiqligi haqidagi tezisga
shubha koʻzi bilan qaraydi. Uning fikricha, borliqning oʻzi emas, balki bizning u haqdagi tasavvurimiz aqlga muvofiqdir, zero tasavvur – bu inson
aqlining mahsulidir. Ammo tasavvur – bu hodisa, mohiyat darajasida esa
dunyoni aqliy idrok etish mumkin emas. SHopengauer oʻzining «Dunyo
intilish va tasavvur sifatida» deb nomlangan asarida dunyoning borligʻini ikki
tarkibiy qismga – «yashashga intilish sifatidagi dunyo» va «inson tasavvuri
sifatidagi dunyo»ga ajratadi. Uning fikricha, yashashga intilish haqiqiy
borliqdir. Yashashga intilish koʻr-koʻrona va nooqilonadir, zero uning asosiy
niyati – oʻz-oʻzini asrashdir. Oʻz-oʻzini asrash instinkti – butun tiriklikning
tabiiy xossasidir. Ammo Shopengauer romantiklarga ergashib, yashashga
intilish dunyoning barcha narsalariga va umuman dunyoning oʻziga xosdir,
deb hisoblaydi. Dunyo haqidagi bunday mifopoetik tasavvur hayotda yana
ta‘riflar va tushunchalar tilida ifodalab boʻlmaydigan oʻziga xos tabiiy
stixiya‘ni koʻrish imkoniyatini beradi.
Fridrix Nitsshe (18441900 ) borliqning ikki asosi: dionisiycha hayotiy
asos va apolloncha bir yoqlama-intellektual asosni ajratgan va haqiqiy
madaniyat bu asoslarni muvozanatga solishga harakat qilishi lozim, deb
hisoblagan. Evropa madaniyati mazkur idealni roʻyobga chiqara olmadi va
inson borliq deganda stixiyali shakllanishni emas, balki tartibga solinganlikni
tushunib, oʻz mavjudligining asosiy negizlaridan uzoqlasha boshladi.
Vaholanki, hayot abadiy harakat va shakllanishdan iboratdir.
Hayotning mazmun va mohiyati hokimiyatga intilishda namoyon
boʻladi. Bunday intilish butun tiriklikka xosdir. Unga intellektning
hukmronligi, oʻz yaqiniga muhabbatni targʻib qiluvchi axloq va tenglikni
e‘lon qiluvchi sotsializm monelik qiladi. Bularning barchasi qullar axloqini
tashkil etadi. Toʻralar axloqi esa hayotning qimmati, odamlar oʻrtasidagi
tengsizlik hamda kuchning hukmronligiga asoslanishi lozim. Nitsshe «Xudo
oʻldi» degan tezisni ilgari suradi. Ushbu tezis yangicha axloqni shakllantirish
zarurligini anglatadi. Nitsshe falsafasi XX asr falsafasining turli yoʻnalishlari:
hayot falsafasi, pragmatizm va ekzistensializmga ulkan ta‘sir koʻrsatdi.
Borliqning tarixiy konsepsiyasi. XIX asrda ijtimoiy borliq haqidagi
ta‘limot shakllandi. Unga koʻra, ijtimoiy borliq individning borligʻiga
nisbatan ham, ijtimoiy ongga nisbatan ham birlamchidir. Shunday qilib, bu
davrda jamiyatga fizik borliqqa oʻxshash borliq sifatida qaralgan. aynii shu
sababli jamiyat ham tabiat qonunlariga oʻxshash aniq va shubhasiz
qonunlarga boʻysunishiga bu davr mutafakkirlarining ishonchi komil boʻlgan.
Ijtimoiy borliq – bu moddiy borliq. U individlarning ishlab chiqarish-xoʻjalik
faoliyati bilan belgilanadi. Ijtimoiy borliq qonunlari uning tarixiy rivojlanish
jarayonida namoyon boʻladi. Jamiyat tarixi bu davrda ijtimoiy-iqtisodiy
tuzumlar: ibtidoiy jamoa, quldorlik, kapitalizm va kommunizmning tadrijiy
va qonuniy ketma-ketligi sifatida talqin qilgan. Unga koʻra, har bir tuzum
ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarini oʻz ichiga olgan
tegishli ishlab chiqarish usuli bilan belgilanadi. Ishlab chiqarish kuchlari (ba‘zis) – bu oʻzini oʻzi rivojlantirish va oʻzoʻzidan murakkablashishga qodir boʻlgan oʻziga xos borliq. Evolyusionizm
ta‘limotlarida materiya, Spinozaning «yaratuvchi tabiati» kabi, mustaqil
rivojlanish qobiliyatiga ega, moddiy ishlab chiqarish esa moddiy borliqning
eng murakkab darajasi hisoblanadi. Bu erda materiya, moddiy borliq, shu
jumladan moddiy ishlab chiqarish ijtimoiy organizmga oʻxshatiladi va unga
hayot a‘lomatlari tatbiq etiladi.
Ishlab chiqarish munosabatlari (ba‘zisning ustqurmasi) formal borliq
sohasiga kiradi. Ammo shakl tadrijiy rivojlanishga qodir emas, u faqat
oʻzgarish jarayonida boshqa shakl bilan almashtirilishi mumkin. SHu sababli
ishlab chiqarish munosabatlarining almashuvi «inqilobiy sakrashlar» tarzida
kechadi. Bu sakrashlar ishlab chiqarish kuchlari bilan muvofiq kelishi ham
(bu hol formatsion oʻsish davrida kuzatiladi), ularning rivojlanishiga
toʻsqinlik qilishi ham mumkin. Soʻnggi zikr etilgan holat ishlab chiqarish
munosabatlarining yangi ishlab chiqarish kuchlariga muvofiq keluvchi
yanada barkamolroq shakliga inqilobiy yoʻl bilan oʻtilishiga olib keladi.
Bunda yangi ishlab chiqarish kuchlari eskilaridan mustaqil oʻsib etiladi.
Masalan, feodal tuzumda kapitalistik ishlab chiqarish kuchlari mustaqil oʻsib
etilgan va eski ishlab chiqarish munosabatlari bilan toʻqnashib, burjua
inqilobi jarayonida yangi – kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlariga ega
boʻlgan. Ular ishlab chiqarishning kapitalistik usuli va ishlab chiqarish
vositalariga boʻlgan mulkdorlikning kapitalistik shakliga muvofiq keluvchi
yangi qonunlar, yangi huquq, axloq va yangicha dunyoqarashni oʻz ichiga
oladi. Borliqning ushbu konsepsiyasi tarixiy voqelikda oʻzini oqlamadi.

Download 115.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling