2-mavzu. Ontologiya-borliq haqidagi falsafiy ta'limot. Ong. Ijtimoiy ong va uning asosiy shakllari. (2 soat) Reja


Download 115.65 Kb.
bet17/30
Sana02.02.2023
Hajmi115.65 Kb.
#1146931
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30
Bog'liq
2-mavzu

Plyuralizm(lot. – koʻplik, koʻp xillik, koʻp sonlik)dunyoning negizida
ikkita emas, balki undan koʻproq mohiyat borligini tan oluvchi ta‘limot
. (Bu
ata‘mani falsafaga X.Volf 1712-yilda taklif qilgan).
Leybnitsning «monadologiyasi», ya‘ni monadalar haqidagi ta‘limoti
plyuralizmning klassik koʻrinishi hisoblanadi. Ushbu ta‘limotga koʻra, dunyo
son-sanoqsiz ruhiy substansiyalardan tashkil topadi. Ammo, plyuralistik
yondashuvning bundan oldinroq ilgari surilgan koʻrinishlari ham mavjud.
Masalan, Empedokl yaratgan dunyoning toʻrt asosi haqidagi ta‘limot
plyuralistik ontologiya‘ning turlaridan biri sifatida amal qiladi. Ba‘zan
plyuralizmga mustaqil ta‘limot sifatida emas, balki dualizmning oʻzgargan
koʻrinishi sifatida qaraladi. Lekin plyuralistlar oʻz nazariyasining asosiy
vazifasini dualistik munozaralarda yechimini topmagan ruh va tabiat
oʻrtasidagi qarama-qarsxilik masalasidan farq qiladi, deb biladilar.
Substansiya‘ni barcha oʻzgarishlarning sababchisi va (causa sui) oʻzoʻzining sababchisi sifatida tushunish I.Kant tomonidan qabul qilinib, yuksak
baholangan. U substansiya‘ni «hodisalarning vaqtdagi barcha
munosabatlarini, aniqlashga, yordam beruvchi oʻzgarmas asos»1, deb
ta‘riflagan. Uningcha, substansiya har qanday tajriba va har qanday idrok
etishning asosiy shartidir. U barqaror holatda boʻladi, har qanday mavjudlik
va vaqtdagi oʻzgarish uning modusi, ya‘ni oʻzgarmas narsaning mavjudlik
usuli sifatida qaralishi mumkin.
Hozirgi zamon falsafasida substansiya kategoriyasining ontologik
mazmuni oʻzaro ta‘sir sifatida tushuniladi
. Chunki aynan oʻzaro ta‘sir dunyo
yaralishining haqiqiy va pirovard sababchisi – narsalarning causa finalisi
hisoblanadi. Narsalarni substansiyalilik nuqtayi nazaridan oʻrganish ularning
mavjudligini ichki sabablar va oʻzaro ta‘sirlar nuqtayi nazaridan yoritish,
demakdir. Shu ma‘noda substansiya‘ni ichki birlik nuqtayi nazaridan, uning
Cheksiz va rang-barang oʻzgarishlaridan qat‘iynazar qaraladigan obyektiv
borliq sifatida, harakatning barcha shakllari, mazkur harakat jarayonida
yuzaga keluvchi va yoʻq boʻluvchi tafovut va qarama-qarsxiliklar nuqtayi
nazaridan yondasxiladigan materiya deb ta‘riflash mumkin.
Shunday qilib, substansiya‘ning xususiyatlari qatoriga quyidagilarni
kiritish mumkin:
- oʻz-oʻzini belgilash (oʻz-oʻzining sababchisi hisoblanadi, uni yaratib
va yoʻq qilib boʻlmaydi);
- universallik (hech narsaga bogʻliq boʻlmagan, barqaror, oʻzgarmas va
mutlaq birinchi negizni ifodalaydi);
- kauzallik (barcha hodisalarning umumiy sababiy bogʻliqligini oʻz
ichiga oladi);
- yagonalik (birinchi negizning yagonaligini nazarda tutadi);
- yaxlitlik (mohiyat va mavjudlikning birligini koʻrsatadi).
Falsafada «Substansiya» kategoriyasiga «substrat» (lot. – toʻshama,
negiz) tushunchasi yaqin turadi, deb qaraladi. Substrat borliqning eng quyi va
asosiy qatlami sifatida tushuniladi.Qadimgi atomistik ta‘limotlarda atomlar
ana shunday asos hisoblangan. Har qanday substrat muayyan vujudga kelish
jarayonining oʻziga xos xususiyatini ifodalaydi. Hozirgi talqinda, ma‘lum
fizik jarayonlarning substrati sifatida elementar zarralar va fundamental
(kuchli, kuchsiz, elektromagnit va gravitatsion) oʻzaro ta‘sirlar amal qiladi.
Turli moddalarning hosil boʻlish va oʻzgarish jarayonlarida oʻzining barqaror
holatini saqlab qoluvchi atomlar kimyoviy jarayonlarning substrati sifatida
namoyon boʻladi. Elementar «hayot birliklari» sifatida amal qiluvchi nuklein
kislotalar (DNK va RNK) va oqsil moddalarning molekulalari biologik
jarayonlar substrati boʻlib xizmat qiladi. Barcha ijtimoiy oʻzgarishlar
zamirida maqsadga muvofiq faoliyati mavjud boʻlgan inson ijtimoiy hayot
substrati hisoblanadi.

Download 115.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling