2-mavzu. Ontologiya-borliq haqidagi falsafiy ta'limot. Ong. Ijtimoiy ong va uning asosiy shakllari. (2 soat) Reja
Materiya’ning uchinchi konsepsiyasi XVIII-XIX asrlarda vujudga kelgan
Download 115.65 Kb.
|
2-mavzu
Materiya’ning uchinchi konsepsiyasi XVIII-XIX asrlarda vujudga
kelgan boʻlib, bu davrda «materiya» tushunchasi tabiiy fanlarning rivojlanish jarayonida olimlar bilimning muayyan sohalarida aniqlagan belgilar bilan boyib bordi. Masalan, mexanikada makrojismlarning alohida xossasi – massa aniqlandi. U materiya‘ning eng muhim belgisiga aylandi, materiya massa bilan bir xil, deb hisoblana boshlandi. Kimyoda analiz metodi kimyoviy elementning aniqlanishiga olib keldi va materiyaga ana shu belgi – vaznlilikka ega boʻlgan elementlar majmui sifatida qarala boshlandi. Mazkur yondashuvlarning kamchiligi shunda ediki, barcha moddiy narsalar alohida modda deb tushunildi, moddaning oʻzi sof mexanik koʻrinishda tasavvur qilinib, unga oʻlcham, massa, ogʻirlikka ega, deb qaraldi. SHu bilan birga, materiya‘ning maxsus ilmiy va falsafiy talqinlari ayniydir, deb tushunila boshlandi. Materiya‘ning falsafiy talqiniga sof induktiv yoʻl, oddiy umumlashtirish yoʻli bilan ayrim fanlarning gʻoya va qoidalari kiritildi. Bu yondashuvnotoʻgʻri edi. Lekin, 1924-yilda B.Rassel, elektromagnit maydonlar va gravitatsiya maydonlari mavjudligini unutib, oʻzidan boshqa narsalarni oʻtkazmaslikni materiya‘ning asosiy xossasi sifatida tavsifladi. 1964-yilda amerikalik tomist Layten «materiya» tushunchasining massa va energiyaga bogʻlangan talqinini taklif qildi. Materiya‘ni uning xossalaridan biriga bogʻlash uni ta‘riflashning ancha keng tarqalgan, lekin imkoniyatlari cheklangan usulidir. Ilmiy bilishda mazkur usul elementarizm vujudga kelishiga sabab boʻldi. Bunda hodisani tushunish uchun murakkabni oddiyga, butunni esa elementga bogʻlash lozim. Ammo yakkalik yoki xususiylik – muayyan modda yoki xossaga asoslanib materiya haqida yaxlit tasavvur hosil qilish mumkin emas. Ushbu asosda materiyaga ta‘rif berib boʻlmasligi haqida Volter shunday deb yozgan edi: «Biz materiya‘ni oʻlchaymiz, uni tarkibiy qismlarga ajrata‘miz, lekin bu qoʻpol harakatlar doirasidan chetga bir qadam tashlashga urinsak ham oʻzimizning ojizligimiz va jarlikni sezamiz»1. Materialist faylasuflar materiyaga uni hech narsaga bogʻlamasdan ta‘rif berishga harakat qildilar. aynii vaqtda XVII-XVIII asrlardayoq materiya haqida ancha keng tasavvur shakllandi. Bu yoʻnalishda F.Bekon, G.Golbax va D.Didro, ayniqsa, jiddiy muvaffaqiyat qozondi. «Bizning sezgi organlarimizga ta‘sir koʻrsatuvchi hamma narsalar bizga nisbatan materiyadir», deb yozadi G.Golbax2. Uning fikricha, materiya‘ni biron-bir yagona birinchi asosga oʻxshatib boʻlmaydi, dunyo bundan rang-barangroqdir, shu bois materiya ta‘rifi ham mumkin qadar keng boʻlishi kerak. XIX–XX asrlar chegarasida amalga oshirilgan buyuk kashfiyotlar metafizik dunyoqarashga qaqshatqich zarba berdi. XIX asrning ikkinchi yarmida Faradey va Maksvell tadqiqotlari natijasida materiya‘ning moddaga qaraganda yangiroq shakli – elektromagnit maydonining oʻzgarish qonunlari aniqlandi. Tadqiqotlar elektromagnit maydon qonunlari klassik mexanika qonunlariga bogʻlanmasligini koʻrsatdi. Radioaktivlikning kashf qilinishi atomning nooʻtkazuvchanligi haqidagi ta‘limotni rad etdi, elektronning kashf etilishi, uning boʻlinmasligi haqidagi tezisni kun tartibidan chiqardi, rentgen nurining kashf etilishi bilan modda maydonga aylanishi mumkin emasligi isbotlandi. Jismlar harakatining tezligiga qarab massaning oʻzgaruvchanligi kashf etildi, jismlarning makon va vaqtga oid xossalari ularning harakat tezligiga bogʻliqligi tushunib etildi. Bu ixtirolar tabiatshunoslikda yangi inqilobni boshlab berdi. Bularning barchasi fizik jismlarning xossalari haqidagi odatdagi tasavvurlarga shu darajada zid ediki, ayrim tabiatshunoslar sarosimaga tushib qoldilar. Shu bois, fizikada materiya‘ning mexanistik talqini, dunyoning mexanistik manzarasi inqirozga yuz tutdi. Materiya atomga tenglashtirilgan sharoitda va keyinchalik uning parchalanish qobiliyati aniqlanishi munosabati bilan ayrim fiziklar, shu jumladan, E.Max va A.Puankare («fizik idealistlar») «materiya‘ning yoʻq boʻlishi (annigilyasiyasi)» toʻgʻrisidagi xulosaga keldilar. Bu xulosaning metodologik jihatdan asossizligi shunda ediki, unda falsafiy kategoriya sifatidagi materiya uning fizik tuzilishi haqidagi ta‘limot bilan tenglashtirildi. Ular, atomlarning radioaktiv parchalanishini materiya‘ning «gʻoyib boʻlishi», uning energiyaga aylanishi sifatida tushuntirishga harakat qildilar. Amalda materiya gʻoyib boʻlmaydi, u haqdagi tasavvurlar eskira boshlagan edi. Yangi ilmiy kashfiyotlar qarshisida materiyaga uning ayrim turlariga xos boʻlgan sifatlarni yuklashga urinishlarning yanglishligi ayon boʻldi. Fanning rivojlanishida muhim rol oʻynagan materiya‘ning uchinchi konsepsiyasi efir gʻoyasiga tayangan. Efir deganda butun dunyoni toʻldiruvchi uzluksiz muhit tushuniladi. Atomlar va efir haqidagi ta‘limotlarning birikuvi natijasida shakllangan atom-efir konsepsiyasida materiya atomlar koʻrinishida ham, efir koʻrinishida ham mavjud, ya‘ni ikkita har xil substansiyadan iborat,degan fikr ilgari suriladi. Bu tasavvurlardan kelib chiquvchi obyektning modeli bilishning ikki yoqlama strategiyasini belgilaydi. Bu strategiyaga binoan ayrim (masalan, kimyo yoki molekulyar fizikadagi) hodisalarga izohni moddaning atom tuzilishidan, ayrim (masalan, optika yoki elektrodinamikadagi) hodisalarga izohni esa – efir muhitining holatidan qidirish lozim. XIX asrdagi tabiatshunoslik bu strategiya yordamida erishgan yutuqlar materiya haqidagi atom-efir tasavvurlarning toʻgʻri ekanligiga zamondoshlarni ishontirdi. Aynan ularning yordamida fan nihoyat mustahkam zamin kasb etgandek va tabiatning barcha sirlari tagiga etish yoʻlida ishonch bilan harakatlanayotgandek boʻlib tuyuldi. Ammo XIX-XX asrlar chegarasida tabiatshunoslikda chinakam inqilob yasagan kashfiyotlar qilindi. Boʻlinmas va buzilmas deb hisoblangan atomlar parchalanishi mumkinligi, efir xossalari oʻta ziddiyatli boʻlib, uning mavjudligiga shubha bilan qarashga majbur etishi aniqlandi. Materiya‘ning atom-efir konsepsiyasi asossiz ekanligiga ishonch hosil qilgan olimlar materiya tushunchasining oʻzi eskirgani haqida oʻylay boshladilar va materializmdan yuz oʻgirdilar. Ammo bu davrda materiya tushunchasi emas, balki uning olimlar tafakkurida qadim zamonlardan boshlab to XX asrgacha hukm surgan substrat sifatidagina talqinigina puchga chiqqan edi. Tabiatshunoslikda yuz bergan oʻzgarishlarning falsafiy mazmuni shundan iborat ediki, ular materiya‘ni tushunishga nisbatan oʻzgacha yondashuv zarurligini koʻrsatdi Download 115.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling