2-mavzu. Ontologiya-borliq haqidagi falsafiy ta'limot. Ong. Ijtimoiy ong va uning asosiy shakllari. (2 soat) Reja


Materiya kategoriyasining funksiyalari qoʻyidagilar


Download 115.65 Kb.
bet22/30
Sana02.02.2023
Hajmi115.65 Kb.
#1146931
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30
Bog'liq
2-mavzu

Materiya kategoriyasining funksiyalari qoʻyidagilar:
ongga, ma‘naviy kuchlarga bogʻliq boʻlmagan obyektiv borliqning
mavjudligi haqidagi fikrni ifodalaydi;
barcha narsalarda mavjud boʻlgan umumiy xossalarni tavsiflaydi;
barcha narsalarni bilishga eltuvchi yoʻlni, ularni bilishda amal qilish
lozim boʻlgan umumiy dastur yoki strategiya‘ni umumiy koʻrinishda
belgilaydi.
Bu funksiyalarni materiya kategoriyasi falsafaning keyingi rivojlanishi
jarayonida saqlab qoldi.
Materiya’ning tashkil topish darajalari. Materiya‘ning jonsiz, jonli
va ijtimoiy kabi tarkibiy darajalari farqlanadi. Ular borliqning asosiy shakllari
bilan mos keladi. Bunda turli darajalar bir-biri bilan uzviy bogʻliqdir. aynii
vaqtda ularning tarkibida muayyan ierarxiya va soddaroq shakllardan (jonsiz
materiyadan) murakkabroq shakllar (jonli va ijtimoiy materiya) sari yuksalish
kuzatiladiki, bugungi kunda ularning mavjudligi faqat sayyoramizga nisbatan
oʻzining ilmiy tasdigʻini topgan. Jonsiz tabiatning tuzilishi va rang-barangligi
haqidagi tasavvurlar esa, mikro, makro va megadunyolarni qamrab olib,
tinimsiz kengayib va teranlashib bormoqda.
Jonsiz materiya tizimi quyidagi darajalar bilan tavsiflanadi:
a) mikrodunyo (mikroelementlar darajasi). Unga maydonlar va
elementar zarralarning oʻzaro ta‘siri xos. Bu juda kichkina obyektlar dunyosi.
Mazkur zarralarning mavjudlik vaqti sekundning milliardlab ulushlari bilan
oʻlchanadi, harakat tezligi esa Yorugʻlik tezligiga yaqinlashadi;
b) makrodunyokatta obyektlar dunyosi. Bu diapa‘zon bilan atomlar,
molekulalar, makrojismlar, sa‘yyoralar va yulduzlar, sa‘yyoralar tizimlari
qamrab olinadi. Tabiatning mazkur sohasini oʻrganishning asosiy obyektlari
– yulduzlararo boʻshliq, galaktika, metagalaktikalar.
v) megadunyo jonli materiya tizimi hozircha faqat Erda ma‘lum.
Aksariyat materialist-tadqiqotchilar fikriga koʻra, uning vujudga kelishi
materiya‘ning tabiiy va qonuniy oʻz-oʻzidan rivojlanishi mahsulidir. Jonli
materiya darajasiga oʻz-oʻzidan uyushish, rivojlanish, in‘ikosning murakkab
shakllarini kasb etish, oʻzini oʻzi boshqarish va koʻpayish qobiliyatiga ega
boʻlgan barcha tirik mavjudotlar kiradi. Jonli materiyada hujayrasiz daraja
(DNK, RNK kislotalari va oqsillar)ni, hujayrali va koʻp hujayrali organizmlar
– oʻsimliklar, hayvonlarni farqlash mumkin. Yuksak darajada uyushgan
strukturalar, bir-biri bilan nasl orqali bogʻlangan populyasiyalar alohida
darajalarni tashkil etadi. Biologik turlar, populyasiyalar va atrof-muhitning
oʻzaro ta‘siri biogeotsenozni yaratadi, biogeotsenozlarning oʻzaro ta‘siri
natijasida esa hayotning global tizimi – biosferavujudga keladi. Biosfera
tizimida litosfera, gidrosfera va atmosfera oʻzaro ta‘sirga kirishadi, atmosfera
orqali Yer bilan kosmos oʻrtasida almashinuv sodir boʻladi. Jonli materiya
tizimining koʻrsatilgan barcha elementlari oʻrtasida muvozanatni saqlash
sa‘yyoramizda hayotni saqlashning zaruriy shartidir.
Biosfera rivojlanishining muayyan bosqichida moddiy tizimning
alohida turi – ijtimoiy uyushgan materiya yoki jamiyat vujudga keldi. Bu
hayot rivojlanishining oliy shakli, fikrlovchi va borliqni ongli ravishda
oʻzgartiruvchi shaxslar va turli darajadagi birlashmalarning majmuidir. Oʻz
navbatida jamiyat bir-biri bilan kesishuvchi turli tizimlar, chunonchi: inson,
ijtimoiy tuzilmalar (oila, turli guruhlar, birlashmalar, partiyalar, millatlar,
davlatlar)ni, inson tomonidan yaratilgan, mehnat quroli va texnikani oʻz
ichiga oluvchi moddiy madaniyatni qamrab oladi.
Materiya tarkibiy darajalarining aniq chegarasini aniqlash mushkul.
Uni fan doimo qayd etavermaydi. Bizning bilimlarimiz tobora chuqurlashib,
darajalarning yangi va yangi sifat chegaralarini aniqlaydi. Materiya‘ning
tarkibiy darajalari toʻgʻrisida soʻz yuritilganida, subelementar,
mikroelementar, yadroviy, atom, molekulyar, makroskopik va kosmik
darajalar ham tilga olinadi. Materiya‘ning mikroskopik darajasida fizika
taxminan 10
15sm uzunlikda taxminan 1022 ga teng vaqt ichida yuz
beruvchi jarayonlarni oʻrganish bilan shugʻullanadi. Megadunyoda esa,
kosmologiya taxminan 1010 ga teng vaqt (Koinot yoshi) ichida yuz beruvchi
jarayonlarni oʻrganadi.
Materiya‘ning tarkibiy darajalari gʻoyasi
metodologiya mutaxassislari tomonidan sababiyat va dunyoni bilish
mumkinligi gʻoyasi bilan bir qatorda juda yuksak baholanadi.
Аynii vaqtda shuni qayd etish zarurki, materiya‘ning tarkibiy darajalari
tasnifi zamirida chiziqli ierarxiya tamoyili yotadi. Bu erda «qism butundan
kichkina» tamoyili amal qiladi. Lekin bu dunyolarning biri soddaroq,
ikkinchisi murakkabroq, degan ma‘noni anglatmaydi. Dunyolar qism va
butun sifatida taqqoslanmaydi, ular universumning oʻziga xos teran
oʻzgarishlarini ifodalaydi. Shu bois bu tasnifni mutlaqlashtirish kerak emas.
Materiya‘ning tarkibiy darajalari ierarxiyasida inson markaziy oʻrinni
egallaydi. Qadimdayoq Protagor «Inson hamma narsalarning oʻlchovidir»,
degan edi. Dunyoni oʻzlashtirishda inson qadriyatlari shkalasini andoza
sifatida qabul qiluvchi falsafiy ta‘limot – «Antropologizm» zamirida ana shu
tezis yotadi. Materiya tuzilishining inson tomonidan kuzatiluvchi darajalari
odamlar yashovchi muhitning tabiiy shart-sharoitlarini, ya‘ni bizning
dunyoviy qonuniyatlarimizni hisobga olgan holda oʻzlashtiriladi. Lekin bu
bizdan ancha olisdagi darajalarda materiya‘ning mavjud shakllari va
holatlaridan butunlay farq qiluvchi, mutlaqo boshqacha xossalar bilan
tavsiflanuvchi «gʻayritabiiy» shakl hamda holatlari mavjud boʻlishi mumkin,
degan taxminni istisno etmaydi. Shu munosabat bilan olimlar geotsentrik va
nogeotsentrik moddiy tizimlarni farqlay boshladi.

Download 115.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling