2-mavzu. Ontologiya-borliq haqidagi falsafiy ta'limot. Ong. Ijtimoiy ong va uning asosiy shakllari. (2 soat) Reja


Olamning chekliligi va Cheksizligi


Download 115.65 Kb.
bet23/30
Sana02.02.2023
Hajmi115.65 Kb.
#1146931
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30
Bog'liq
2-mavzu

Olamning chekliligi va Cheksizligi. Falsafada olamning chekliligi va
Cheksizligi bilan bogʻliq masalalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda har
bir konkret narsaning chekli ekanligi, umumiy olamning Cheksiz va
chegarasizligi e‘tirof etiladi. Cheksizlikni ifodalash uchun ichki (intensiv) va tashqi (ekstensiv) shakllar mavjudligi koʻplab falsafiy adabiyotlarda qayd
etilgan.
Intensiv cheksizlik materiya‘ning ichdan nihoyasizligi haqidagi
tasavvurdir
. Intensiv cheksizlikning mavjudligi tabiatda ichki tuzilishga ega
boʻlmagan, mutlaqo elementar obyektlar yoʻqligini koʻrsatadi.
Intensiv
cheksizlik mikrozarralarni oʻrganish jarayonida materiya‘ning kichikroq
qismlarga cheksiz boʻlinishi sifatida qaralishi mumkin emas. Zarralarning
bir-biriga aylanuvchanligi ular ancha murakkab tabiatga ega ekanligidan
da‘lolat beradi.
Ekstensiv cheksizlik ichdan emas, balki sirtdan cheksizlikdir. U mazkur
obyekt doirasidan tashqa‘rida, «katta» dunyoda kuzatiladi va obyektdan
tashqa‘ridagi cheksizlikni ifodalaydi.
Bu erda obyekt xossalari va
sifatlarining atrofdagi narsalar bilan oʻzaro ta‘sirlar tizimiga bogʻliqligi
muammosi muhimroqdir. Amalda cheksiz lik mavjud boʻlib, u bilishga
qaratilgan yoʻnalishdan kelib chiqadi va intensiv yoki ekstensiv deb
tushuniladi. Ekstensiv va intensiv cheksizlik – haqiqiy cheksiz likning oʻziga
xos proeksiyalaridir.
Ularni geometrik shaklning koordinatalar oʻqidagi
proeksiyalariga oʻxshatish mumkin.
Dunyoning chekliligi yoki cheksizligi gʻoyasini isbotlash va inkor
etishga Kant antinomiyalaridayoq harakat qilingan edi. Kant
antinomiyalariga, agar dunyo vaqtda oʻz ibtidosiga ega boʻlsa, demak, dunyo
yaralgunga qadar hech narsasiz sof vaqt mavjud boʻlgan, lekin bu «hech
narsa»dan dunyo yaralishi mumkin emas. Agar dunyo makon va vaqtda
ibtidoga ega emas, deb taxmin qilinsa, bundan hozirgi vaqtgacha cheksizlik
oʻtgan, ya‘ni har qanday voqeadan oldin cheksiz vaqt oʻtgan, bugun esa u
tugadi va olam nimagadir ayni shu vaqtda vujudga keldi, degan xulosa kelib
chiqadiki, bu ham ehtimoldan uzoq boʻlgan holdir.
Olamning relyativistik konsepsiyasi boʻlishi ehtimol tutilgan butun
moddiy dunyoni qamrab olgani sababli, uning «ibtidosi» gʻoyasida cheksiz
lik gʻoyasi butunlay inkor etilib, fanda toʻntarish yasalishiga olib
keladigandek boʻlib tuyuldi. Relyativist kosmologlarning kengayib
borayotgan olam – Metagalaktikaning yagonaligi va u hamma narsani qamrab
olishi haqidagi ta‘limoti oʻtmishda koʻp karra takrorlangan olamda Erning
yagonaligi, Quyosh sistemasi yoki galaktikaning yagonaligi haqidagi
gʻoyalarni eslatadi. Amalda olamning kosmologik modellari, garchi butun
dunyoni tushuntirish uchun tuzilgan boʻlsa-da, uning ayrim qisminigina
tushuntiradi. Faqat, mazkur sohaga taalluqli, butun dunyodagi makon va
vaqtga nisbatan tatbiq etilmaydi, deb talqin qilingan makon va vaqtning
chekliligi hamda cheksizligi haqidagi kosmologik tasavvurlar cheksizlik
gʻoyasini inkor etmaydi.
Kosmologiya rivojlanishining hozirgi bosqichi relyativistik
kosmologiya‘ning ustuvorligi bilan tavsiflanadi. Relyativistik kosmologiya butun dunyoni mukammal tavsiflashga da‘vo qilmaydi, lekin cheklilik va
cheksizlikni biz yashayotgan olamga tatbiqan, uning fizikaviy-makon
tuzilishi tomonidan oʻrganadi. Relyativistik kosmologiya asoschilari
A.Eynshteyn va A.Fridman hisoblanadi.
A.Eynshteyn 1917-yilda olamning birinchi relyativistik modelini tuzdi.
U bunda quyidagi taxminlardan kelib chiqdi.
1. Modda va nurlanish olamda bir tekis tarqalgan. Bundan olam
maydoni bir xil va izotrop tuzilishga ega. Garchi ogʻir obyektlar yaqinida
makon-vaqt geometriyasi oʻzgarsa-da, bu oʻzgarish olamning oʻzgarmas
egrilikka ega boʻlgan bir xil izotrop maydonidan chetga ahamiyatsiz
ogʻishdir, xolos.
2. Olam turgʻun vaqtda oʻzgarmasdir. Shu bois, maydon geometriyasi
evolyusiyaga ega boʻlishi mumkin emas. A.Eynshteyn dunyosi, odatda,
«silindrsimon dunyo» deb ataladi, chunki uni Cheksiz koʻlamli toʻrt
oʻlchovli silindr koʻrinishida tasavvur qilish mumkin. Silindrning yasovchisi
boʻylab vaqt oʻqi oʻtadi, u oʻtmishga ham, kelajakka ham cheksiz qaratilgan.
Silindr kesimi maydonni beradi. Mazkur modelda bu oʻzgarmas musbat
egrilikka ega uch oʻlchovli doirasimon maydon bor. U chekli hajmga ega.
Buning ortida hech narsa mavjud boʻlmagan dunyoning qandaydir chekkasi
bor, deb tushunmaslik kerak. aynii holda maydon «oʻz-oʻzida tutashadi» va
bu unda hech qachon toʻsiqqa uchramasdan cheksiz aylanish imkonini
beradi.
Biroq A.Eynshteynning «silindrsimon dunyo»si oʻtmishda qolgan.
Uning olamning turgʻun modelini yaratishga urinishlari hozir olamning
abadiyatda oʻzgarmas holda mavjudligi haqidagi an‘anaviy tasavvurlarga
hurmat sifatida qaraladi. Olamning turgʻun modelini A.Eynshteyn maxsus
taxmin asosida yaratganini ham e‘tiborga olish kerak.
Mazkur muammoning yangi yechimini A.Fridman taklif qilgan va uni
belgiyalik kosmolog M.Lemetr rivojlantirgan. A.Fridman dunyoning
turgʻunligi haqidagi taxmindan voz kechadi, lekin uning bir xilligi va
izotropligi haqidagi postulatni saqlab qoldi. Bu muammoning uch xil
yechimini taklif qilish imkonini berdi:
1. Agar olamda modda va nurlanishning zichligi ayrim kritik kattalikka
teng boʻlsa, maydon evklid maydoni boʻladi, ya‘ni egriligi nolga teng boʻladi
va dunyo cheksiz boʻladi.
2. Agar zichlik kritik kattalikdan kichkina boʻlsa, olam maydoni
Lobachevskiy geometriyasi bilan tavsiflanadi, u manfiy egrilik va Cheksiz
hajmga ega, ochiq va bel koʻrinishida boʻladi.
3. Agar olamda moddaning zichligi kritik darajadan katta boʻlsa,
maydon musbat egrilikka ega, lekin hajmi cheklangan boʻladi. Dunyo berk va
chekli boʻlib, Riman geometriyasi bilan tavsiflanadi. Potensial va aktual cheksizlik. Cheksizlik tushunchasi potensial va
aktual cheksizlikni oʻz ichiga oladi. Potensial Cheksizlik miqdor va sifat
oʻzgarishlarining nihoyasiz jarayonini qayd etadi. Potensial cheksizlik
toʻxtatish, bekor qilish yoki mavjud emas, deb e‘lon qilish mumkin boʻlmagan
shakllanish, oʻzgarish va rivojlanish jarayoniga ishora qiladi.
Aktual cheksizlik muayoyan sharoitda toʻliq mavjud boʻlgan cheksiz
likning mavhumlashtirilgan koʻrinishidir.
Bu oʻxshash obyektlarning cheksiz
toʻplamidan, masalan, Yer yuzidagi odamlarning sochlaridan yoki
sa‘yyoramizda oʻsuvchi gullardan tashkil topgan oʻziga xos obyekt sifatida
oddiy tushunishga asoslanadi. Aktual cheksizlik intixoli narsalarning cheksiz
miqdoridan tashkil topgan obyektlarning son-sanoqsiz toʻplamlari aktual
tarzda mavjudligi toʻgʻrisida soʻz yuritish imkonini beradi. Aktual cheksizlik
muayyan mavjud borliq sifatida olinadi, ammo u doim eng koʻp e‘tiroz va
qarsxilikka sabab boʻladi. Koʻplab faylasuflar bu masalani chetlab oʻtishga
harakat qilganlar. Bunda Aristotel qarashlari ancha muhim rol oʻynagan. U
ikki ming yil davomida amal qilgan «aktual emas, balki potensial
cheksizlikkina mavjuddir», degan qoidani ilgari surdi. Sogʻlom fikr nuqtayi
nazaridan Aristotelning bu gʻoyasini asoslovchi dalillar bisyor. Potensial
cheksiz lik, obrazli qilib aytganda, har qanday songa birni qoʻshish imkonini
beradi va ancha sodda mavhumlik hisoblanadi. Uni qabul qilish va unga
koʻnikish mumkin. Aktual cheksizlik esa mutlaqo paradoksal xususiyatga
ega, chunki u cheksizlikni «shu erda» va «hozir» yakunlangan, deb
hisoblaydi, masalan:agar biron-bir ichkilikboz kishi hozirgacha koʻp ichkilik
ichgani va yana ikki shisha shampan vinosi icha olishini aytsa, bu potensial
cheksizlik hisoblanadi. Agar u cheksiz miqdorda shampan vinosi ichganini
aytsa, uning bu fikriga absurd gap sifatida qarash kerak boʻladi. aynii vaqtda,
bu aktual cheksizlikni oʻzining barcha elementlariga ega boʻlgan real obyekt
koʻrinishida mavjud cheksizlik sifatida ifodalashga urinish hisoblanadi.
Muttasil rivojlanuvchi olam shakllangan aktual cheksizlik sifatida
tavsiflanishi mumkin emas. Ammo aktual Cheksizlik gʻoyasining oʻzi ijod
manbai va evristik izlanishlar uchun zamin sifatida ancha samarali xulosa
boʻladi.

Download 115.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling