2-mavzu. Ontologiya-borliq haqidagi falsafiy ta'limot. Ong. Ijtimoiy ong va uning asosiy shakllari. (2 soat) Reja
Download 115.65 Kb.
|
2-mavzu
P.Anoxin nazariyasi. Borliqni oldinroq aks ettirish gʻoyasi P.Anoxin
tomonidan ishlab chiqilgan.U materiya‘ning makon va vaqt doirasidagi harakatining asosiy shakllari noorganik tabiatda tirik organizmlar paydo boʻlishidan ancha oldin mavjud boʻlganiga e‘tibor qaratdi. «Jonli materiya» dunyoning tayyor makon-vaqt strukturasiga «singib ketgan» va muqarrar tarzda uning xossalarini oʻzida mujassamlashtirgan. Mavjud shart-sharoitga moslashish zarurati tugʻilgan. Moslashish jarayonida tashqi vaqt koʻrsatkichlari, aniqrogʻi, ketma-ketliklar katta rol oʻynagan. Bu ketma-ketliklarni P.Anoxin ikki guruhga ajratdi: 1. Ketma-ketliklarning takrorlanuvchi, tiklanuvchi, ritmlilik va sikllilik (kun – tun; bahor – yoz – kuz – qish) bilan tavsiflanuvchi muhim, doimiy va barqaror qatorlari. 2. Mazkur organizmning hayotida keyinchalik takrorlanmaydigan ahamiyatsiz va tasodifiy ketma-ketliklar qatori (masalan, dovul, zilzila va h.k.), ahamiyatsiz va tasodifiy ketma-ketliklargina mavjud boʻlganida, hayot rivojlana olmas, tirik organizm barqaror va mustahkam strukturaga ega boʻlmas edi. Chunki bunday struktura tashqi dunyoning organizmga ritmli va siklli ta‘sirlari in‘ikosining natijasi sifatidagina paydo boʻlishi mumkin. Tabiiy ritmlarga boʻysunuvchi oʻzaro ta‘sirlar organizmga minglab va millionlab yillar davomida ta‘sir koʻrsatadi. Ular organizmlarning tuzilishida qayd etiladi. Natijada organizm oldinroq aks ettirish qobiliyatiga ega boʻladi. Masalan, kuz keldi, barglar toʻkiladi, fiziologik jarayonlar sekinlashadi, daraxtlar qishni qarshi olishga tayyorlanib suvsizlanadi, lekin hali sovuq tushgani yoʻq. Bu oldinroq aks ettirishga misol. Vaqtda organizmning (subyektning) oʻzgarishi unga tashqi holatlar (obyekt) ta‘sir koʻrsatishidan oldinroq yuz bergan. Oldinroq aks ettirish – noorganik dunyo va atrofmuhitning takrorlanuvchi ta‘sirlariga tirik organizmning reaksiyasi. Bu ketma-ketlik va takroriylik muhim xossalar hisoblanuvchi noorganik dunyoning makon-vaqt strukturasiga jonli materiya moslashuvining asosiy shaklidir. Oldinroq aks ettirish jonli sistemalar dunyoda chidamli, moslashuvchan, oʻzgarishlarga toʻla boʻlishiga imkoniyat yaratadi. Insonda oldinroq aks ettirish qobiliyati ilmiy bashorat va prognostika shaklini kasb etadi. In‘ikos yo protsessual tomondan, yo natija nuqtayi nazaridan qaralishi mumkin. Tashqi real aks ettiriluvchi obyekt yoʻq boʻlganidan keyin in‘ikosning oʻzi, aks ettirish jarayonining natijasi sifatida, yoʻq boʻlmaydi, balki aks ettiruvchi obyektda iz koʻrinishida saqlanib qoladi. Shunday qilib, tashqi ta‘sir aks ettiruvchining tarkibidan oʻrin oladi. S.L.Rubinshteyn materiya aks ettirish qobiliyatining ayni shu xususiyatini nazarda tutib, har bir hodisa ma‘lum ma‘noda «Olam koʻzgusi va aks sadosidir», degan. Axborotning atributiv konsepsiyasi shu asosda tuziladi. Download 115.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling