Bioenergoinformatsion almashinuv axborotni qabul qilish, undan
foydalanish va uni tasarruf etishning murakkab mexanizmini nazarda tutadi.
Informatsiya yoki axborottushunchasining oʻzi ancha serma‘nodir.
Informatsion jarayonlar aksariyat hollarda aks ettirish, in‘ikos jarayonlari
bilan bogʻliq holda yoki ularga muvofiq tushuntiriladi. In‘ikos yo protsessual
tomondan, yo natija nuqtayi nazaridan qaralishi mumkin. Darhaqiqat, sirtqi
(aks ettirilayotgan) real predmet gʻoyib boʻlganidan soʻng in‘ikosning oʻzi
aks ettirish jarayonining mahsuli sifatida yoʻq boʻlmaydi, balki aks
ettirayotgan predmetda iz sifatida mavjud boʻlishda davom etadi. SHunday
qilib, sirtdan koʻrsatilgan ta‘sir aks ettiruvchining tarkibidan oʻrin oladi va
unda saqlanib qoladi. SHunga muvofiq axborotningatributiv konsepsiyasi
tuziladi. usiyasining rang-barang tajribasini oʻz ichiga olishini qayd etadi.
Geotsentrik va nogeotsentrik moddiy tizimlar. Geotsentrik dunyo
haqidagi tasavvur Yer miqyosidagi obyektlarga daxldor nazariyalarning
umumlashtirilishi natijasida yuzaga kelgan. Unda, aynan Yer dunyosi andoza
va negiz sifatida qabul qilinadi. Geotsentrizm ta‘limotiga koʻra, moddiy
tizimlarning atributlari barcha darajalarda biz Yer sharoitida duch keluvchi
atributlar bilan bir xil boʻladi. Geotsentrizm makon, vaqt, sifat, sababiyat va
boshqa atributlar ontologik ma‘noda yagonadir, degan tasavvurga
asoslanadi.
Atributlarning universal mazmuni, inson tanasi mavjudlik shartsharoitlarida namoyon boʻluvchi atributlarning universal mazmuniga mos
kelishi geotsentrik dunyodir. Bu Nyuton vaqti (zamoni), Evklid makoni
dunyosidir.
Atributlarning universal mazmuni, inson tanasining mavjudlik shartsharoitlarida namoyon boʻluvchi atributlarning universal mazmunidan farq
qiluvchi moddiy obyekt nogeotsentrik dunyo deb ataladi. «Nogeotsentrik
y faoliyatda ham hisobga olish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |