2-mavzu. Ontologiya-borliq haqidagi falsafiy ta'limot. Ong. Ijtimoiy ong va uning asosiy shakllari. (2 soat) Reja


Harakat borliqning yashash sharti


Download 115.65 Kb.
bet28/30
Sana02.02.2023
Hajmi115.65 Kb.
#1146931
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
2-mavzu

Harakat borliqning yashash sharti. Bizni qurshagan dunyoning
muhim xususiyati – Koinotda va uning barcha tarkibiy qismlarida yuz
beradigan tinimsiz oʻzgarishlardir. Hozirgi zamon falsafasida «harakat»
tushunchasi «keng» ma‘noda umuman har qanday oʻzgarish haqidagi
tasavvur sifatida talqin qilinadi. Kengayib borayotgan Metagalaktika ham,
oʻzaro ta‘sirga kirishayotgan elementar zarralar ham, koʻpayayotgan,
moddalar almashinuvini amalga oshirayotgan tirik hujayralar ham, ijtimoiy
jarayonlar va hoka‘zolar, shu jumladan fikrlash faoliyati jarayonlari ham
harakatda boʻladi. Agar biz biron-bir tabiiy obyekt yoki hodisani ularning
tabiiy holatida anglab etmoqchi boʻlsak, «harakat» tushunchasini chetlab
oʻtishimiz mumkin emas. Bir qarashda, oddiy ong nuqtayi nazaridan bu
notoʻgʻri, zero, aytaylik, Alp togʻlari yoki Misr ehromlarini kuzatar ekanmiz,
biz ular abadiy harakatsizlik holatida ekanligining guvohi boʻlamiz. Ammo
bu harakatsizlik nisbiydir. Umuman olganda, butun Koinot ulkan aylanma
harakat holatida boʻlib, bu erda bizning sa‘yyoramiz Quyosh atrofida, u bilan
birga – bizning galaktikamiz markazi atrofida, u bilan birga esa – galakatik
sistema markazi atrofida aylanadigan kichik bir zarradir. Harakatsizlik
holatidagi narsalar strukturasi ham tinimsiz oʻzgarish jarayonini boshdan
kechiradi, chunki uzluksiz harakatda boʻlgan elementar zarralardan tashkil
topadi. Temperatura oʻzgarishlari, kimyoviy tarkib oʻzgarishlari va shu
kabilar bunday harakatning tashqi koʻrinishlari hisoblanadi. Shuningdek,
atomlar va molekulalar ham Koinotda yuz bergan evolyusiya jarayonlari
mahsulidir. Ular bizning Metagalaktikamiz mavjudligiga zamin hozirlagan
Katta portlashdan keyingina vujudga kelgan. Buning ustiga hozirgi zamon
geografiyasi qit‘alar bir-biriga nisbatan siljishini isbotladi. Ular ajralgan muz
boʻlaklari kabi Erning qaynoq magmasi boʻylab yiliga bir necha santimetr
tezlikda harakatlanadi.
Shunday qilib, harakat abadiy va yoʻq boʻlmas, materiyadan ajralmas
va mutlaqdir. Harakatsizlik esa nisbiy boʻlib, oʻtkinchi xususiyatga ega.
Harakat Shuning uchun ham mutlaqki, u umumiy ahamiyat kasb etadi va
(harakatsizlikdan farqli oʻlaroq) biron-bir tashqi omilga bogʻliq boʻlmaydi.
Oqilona nuqtayi nazardan u boqiydir, chunki dunyoda uning boshi ham, oxiri
ham koʻrinmaydi va zamirida kamida ikki kuch – tortish va itarish yotuvchi
har qanday borliqning oʻz-oʻzidan harakati sifatida amalga oshadi.

Download 115.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling