Lot inertia harakatsizlik, inertlik moddiy jismning xossalaridan


Download 98.02 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.01.2022
Hajmi98.02 Kb.
#191644
Bog'liq
Inersiya - Vikipediya



Inersiya

Inersiya (lot. inertia — harakatsizlik),

inertlik — moddiy jismning xossalaridan

biri. Shu xossasi tufayli jism tinch holatini

yoki toʻgʻri chiziqli tekis qarakatini saklay

oladi. I. tufayli jism tashki kuch taʼsirida

tezligini birdaniga oʻzgartira olmaydi. I.

jismning massasiga boglik, shu sababli

jism massasi uning I. oʻlchovi deyiladi

(qarang Nyutonning mexanika qonunlari).

I. atamasi turli asboblarga nisbatan ham

qoʻllanadi, mas, oʻlchov asboblarining

kechikib qayd qilishiga sabab I. dir.




Inersiya bosh oʻqlari. Markazdan qochma

I. momentlari nolga teng boʻlgan oʻqlar I.

bosh oʻqlari deyiladi. Fazodagi har bir

nuktadan jism uchun uchta I. bosh oʻqi

oʻtkazish mumkin. Agar I. bosh oʻqlari

massa markazidan oʻtsa, bu oʻqlar

markaziy bosh oʻqlar deyiladi.

Aylanayotgan jism oʻz aylanish oʻqiga

dinamik bosim koʻrsat-masligi uchun shu

aylanish oʻqi I. markaziy bosh oʻqi boʻlishi

zarur.

Inersiya kuchi. Harakatdagi moddiy nuqta



tezlanishiga qaramaqarshi yoʻnalgan va

shu moddiy nukta massasi bilan

tezlanishining koʻpaytmasi (Gʻ = —tyu) I.

kuchi deyiladi. Bu yerda tezlanish inersial




koordinatalar sistemasiga nisbatan

olingan. Mas, matematik mayatnikda

markazdan krchma I. kuchi moddiy nuqta

harakatini cheklovchi ipga qoʻyilgan

boʻlib, mv ga teng; bu yerda v — moddiy

nukta tezligi, g— mayatnikuzunligi. I.

kuchi tushunchasidan foydalanib,

dinamika tenglamalari tuziladi, statika

qonunlaridan dinamikada foydalanish

mumkin. Moddiy nuqtaning nisbiy

harakati koʻrilayotganda ham I. kuchi

tushunchasidan foydalaniladi.

Inersiya markazi yoki massa markazi.

Jismda yoki mexanik sistemada massa

taqsimotini ifodalovchi nuqta

koordinatalari I. markazi deyiladi. I.




markazi, koʻpincha, massa markazi ham

deyiladi. I. markazi mexanik sistema

dinamikasida katta rol oʻynaydi.

Sistemaga tegishli moddiy nuqtalar

harakat miqdorlarining geometrik

yigʻindisi sistema massasi bilan I.

markazi tezligi koʻpayt-masiga teng . I.

massasi sistema massasiga teng

moddiy nuqtadek harakatlanadi. I.

markaziga qoʻyilgan kuch sifatida tashqi

kuchlar bosh vektori olinadi.

Inersiya radiusi —jismning biror oʻqqa

nisbatan hisoblangan I. momentini jism

massasiga boʻlgan kvadrat ildizdan

chiqarishdan hosil boʻladigan uzunlik: r =

J— . I. radiusi inersiya yelkasi ham




deyiladi. Massasi jism massasiga teng

boʻlgan kovak silindr radiusini I. radiusi

deyish mumkin. Shar markazidan oʻtgan

oʻqqa nisbatan I. radiusi R = h0> 4L; R—

shar radiusi.

[1]


1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-

yil

Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga

ishorat yoʻq. 

Siz ularni topib va ushbu maqolaga

qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz

mumkin.

Manbalar



  Soʻnggi tahrir 2 yillar avval EdgarsBot tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,

Vikipediyaga yordam berishingiz

mumkin. 

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.

"

https://uz.wikipedia.org/w/inde



x.php?

title=Inersiya&oldid=2002105



dan olindi 



Download 98.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling