2-mavzu. Ontologiya-borliq haqidagi falsafiy ta'limot. Ong. Ijtimoiy ong va uning asosiy shakllari. (2 soat) Reja


Download 115.65 Kb.
bet24/30
Sana02.02.2023
Hajmi115.65 Kb.
#1146931
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30
Bog'liq
2-mavzu

Kengayuvchi olam konsepsiyasi. Kosmologiya muammosining taklif
qilingan yechimlariga nisbatan munosabat bir xil emas. Ayrim olimlar
cheksiz kengayuvchi Olam gipotezasini qabul qilganlar va «Katta portlash»
konsepsiyasiga koʻra, taxminan 17–20 milliard yil oldin olam juda kichkina
hajmda oʻta zich singulyar holatda boʻlgan, deb hisoblaydilar. Yuz bergan
«katta portlash» olamning kengayish jarayonini boshlab bergan. Bu
kengayish jarayonida moddaning zichligi oʻzgargan, maydonning egriligi
toʻgʻrilanib borgan. Ayrim olimlar fikriga koʻra, kengayish oʻrnini yana
torayish egallaydi va butun jarayon takrorlanadi. Shu asosda harakatlanuvchi
Olam gipotezasi ilgari surilgan boʻlib, unga koʻra taxminan har 100 milliard yilda yangi sikl «katta portlash»dan boshlanadi. Aqlga sigʻmaydigan
gipotezalarning birida «dastlabki portlash» natijasida gravitatsion maydonda
singulyar holatdan faqat bizning metagalaktikamiz emas, balki koʻplab
metagalaktikalar vujudga kelgani, ularning har biri barcha fizik
koʻrsatkichlarning turli ifodalariga, chunonchi, alohida topologiyali
(oʻlchovlar miqdori har xil boʻlgan mahalliy ochiq yoki mahalliy yopiq)
makoni va oʻz kosmologik vaqtiga ega boʻlishi mumkinligi taxmin qilinadi.
Hozirgi «koʻp sonli dunyolar» konsepsiyalarida olamning ajabtovur
manzarasi chiziladi. Bu fundamental falsafani moddiy dunyoning makon va
vaqtdagi cheksiz ligini metrik cheksizlik ma‘nosida emas, balki
materiya‘ning makon va vaqt strukturalarining benihoya rang-barangligi
sifatida tushunish lozim, degan asosiy qoidasi bilan hamohangdir.
Olam kengayishda davom etadimi yoki torayish jarayoni boshlanadimi,
degan savol javobsiz qolmoqda. Ammo «qizil siljish» hodisasi hozirgi vaqtda
nurlanish manbai uzoqlashib borayotganini, ya‘ni galaktikalar taxminan
oʻzigacha boʻlgan masofaga proporsional tezlikda har yoqqa
«tarqalayotgani»ni tasdiqlovchi umumiy e‘tirof etilgan fakt hisoblanadi.
1912-yilda V.M.Slayfer galaktikadan tashqa‘ridagi tumanliklar
nurlanishlarining spektr chiziqlari spektrning qizil uchi tomonga siljiyotgani
«qizil siljish»ni aniqladi. 1929-yilda Edvin Xabbl tumanlik kuzatuvchidan
qancha uzoqda boʻlsa, «qizil siljish» kattaligi ham, uning tumanlikdan
uzoqlashish tezligi ham shuncha katta boʻladi, degan qonunni va katta
masofalarda galaktikalarning tezligi ulkan ifodalarga etishini aniqladi.
Shunga qaramay, olamning kengayishi bilan bir qatorda, uning
torayishini yoki makonda cheklangan, lekin vaqtda Cheksiz olam navbatmanavbat dam kengayuvchi, dam torayuvchi harakatlanuvchi olam modelini
ham taxmin qilish uchun nazariy imkoniyat mavjud.

Download 115.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling