2-mavzu. Ontologiya-borliq haqidagi falsafiy ta'limot. Ong. Ijtimoiy ong va uning asosiy shakllari. (2 soat) Reja
Materiya haqidagi tasavvurlar rivojlanishining toʻrtinchi konsepsiyasi XX asr falsafasiga xos
Download 115.65 Kb.
|
2-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Materiyaga oid turli konsepsiyalar shaklangan.
Materiya haqidagi tasavvurlar rivojlanishining toʻrtinchi
konsepsiyasi XX asr falsafasiga xos. Bu erda materiya‘ni tushunishda tabiiy ilmiy jihat emas, balki falsafiy jihat birinchi oʻringa qoʻyildi. Bu materiyaga narsalar va hodisalar butun rang-barangligining ichki yagonaligi zamirida yotuvchi mohiyat – substansiya sifatida yondashuvdir. Materiyaga obyektiv borliq sifatida qarala boshlandi. XIX va XX asrlar chegarasida falsafa va tabiatshunoslikda yuzaga kelgan vaziyatni tahlil qilgan faylasuflar (ularni faqat sobiq marksizm vakillaridan iborat, deb tushunmaslik lozim), xususan, «materiya» tushunchasidan voz kechish yoʻlidan emas, balki unga tabiatshunoslikdagi ixtirolarni umumlashtirish orqali chiqarilgan yangi va yangi xulosalarni kiritish yoʻlidan borishni taklif qildilar. Materiya‘ning tuzilishi haqidagi har qanday fizik yondashuvlar xususiy jihatini hisobga oladi, bunda butun borliq emas, balki uning ayrim jihatlarinigina tahlil qilish nazarda tutiladi. Materiya‘ning falsafiy talqini butun predmetli borliqni qamrab oladi va umumiylik belgisiga ega. U butun obyektiv borliqni toʻliq ifodalaydi. Umumiylik belgisiga suyanuvchi materiya‘ning falsafiy talqini amalda eskirishi mumkin emas, chunki u insonning tashqi dunyoni aks ettirishga qaratilgan qobiliyatini ifodalaydi. Materiya‘ning xossalari, tuzilishi va turlari haqidagi fizik yondashuvlar muqarrar ravishda eskiradi va oʻzgaradi. Bundan materiya emas, balki materiya haqidagi bilimlarimizning kechagi chegarasi yoʻq boʻladi, degan xulosa kelib chiqadi. Materiyaga oid turli konsepsiyalar shaklangan. Materiya‘ning substansional konsepsiyasiuni yaratib ham, yoʻq qilib ham boʻlmasligini, uning mavjudligi va oʻzgarishining tashqi sabablari mavjud emasligini koʻrsatadi. Ushbu ta‘rif barcha narsalar materiya‘ning substansiyasi, deb bilishga asoslanadi. Materiya‘ning substrat konsepsiyasidailk materializm namoyandalari materiya‘ni substrat sifatida tushunishga asos solganlar: ular materiya‘ni barcha mavjud narsalarni yaratishga asos boʻluvchi substrat (lot. substratum – asos, zamin), material, modda sifatida talqin qilganlar. Bu substrat boqiy, uni yaratib va vayron qilib boʻlmaydi, deb taxmin qilingan. Ammo ularning hissiy idrok etiladigan ayrim moddalar (suv, Yer va boshqalar)ga umumiy substrat sifatida qarashga urinishlari juda sodda va ishonarsiz boʻlgan. Materiya‘ning genetik-kontrast konsepsiyasi, uni faqat ongga qarshi qoʻyish yoʻli bilan ta‘riflashga asoslanadi. Ushbu ta‘rif Russoning bu sohadagi mushohadalari yoki G.V.Plexanovning: «Ruh»ga zid oʻlaroq, sezgi organlarimizga ta‘sir koʻrsatish orqali bizda muayyan his-tuygʻular uygʻotuvchi narsa «materiya» deb ataladi», degan tezisi asosida mavjud boʻlishi mumkin. Materiya‘ning atributiv konsepsiyasi uni biron-bir substrat bilan emas, balki atributlar majmui: makon, vaqt, harakat, sifat, miqdor bilan tenglashtiradi.Yuqorida materiya‘ning substrat konsepsiyalarida bilish obyektining modeli muhim rol oʻynashi koʻrsatib oʻtildi. Bu jihatdan materiya‘ning falsafiy konsepsiyalari ilmiy nazariyalar bilan oʻxshash. Zero bu nazariyalarni ishlab chiqish doim ular oʻrganuvchi narsalar va jarayonlarning nazariy modellarini yaratish bilan bogʻliq. Ammo fanda model obyektlarning muayyan turkumini bilish vositasi boʻlib xizmat qilsa, ontologiyada har qanday obyektlarni bilish vositasi boʻlishga qodir boʻlgan «umuman bilish obyekti»ning modelituziladi. Materiya‘ning dialektik konsepsiyasi XIX-XX asrlar chegarasida shaklandi. Materiya‘ni dialektik tushunish uni bilishga nisbatan falsafiy va ilmiy yondashuvlarning birikuvi natijasida vujudga keldi. Zero,bir qator yirik olimlar (Gelmgols, Darvin, Mendeleev, Plank, Eynshteyn, Bor va boshqalar)ning asarlarida materiya‘ning dialektik talqinini rivojlantirish bilan bogʻliq boʻlgan gʻoyalar ilgari surildi. Materiyaga substrat sifatida yondashishga asoslangan konsepsiyalarning barchasi bir umumiy kamchilikka ega: u mazkur konsepsiyalarning tarixiy cheklanganligini belgilaydi va ilmiy bilishning rivojlanishi natijalari bilan ularning nomuvofiqligini muqarrar qilib qoʻyadi. Gap shundaki, ularda materiya uning bir (yoki bir nechta) turi – suv, atomlar va hoka‘zolar bilan bogʻlanadi, materiya‘ning bu turi dunyoda mavjud boʻlgan barcha narsalarning birlamchi, universal, mutlaq asosi deb e‘lon qilinadi. Fan mazkur materiya turining mavjudligi bilan belgilangan hodisalarni oʻrganish bilan mashgʻul ekan, koʻrsatilgan kamchilik sezilmaydi va uning rivojlanishiga jiddiy moneliklar tugʻdirmaydi. Ammo materiya‘ning yangi turlari, shakllari va holatlarining kashf etilishi darhol bu turga narsalarning birdan-bir, umumiy va universal asosi sifatida qaraydigan substrat konsepsiyasining torligini namoyon etadi. Shunda uni yangi, kengroq konsepsiya bilan almashtirish zaruriyati tugʻiladi. Materiya‘ning har qanday substrat konsepsiyasi oʻz qoʻllanish chegarasiga ega va fanning rivojlanish jarayonida u erta‘mi-kechmi aniqlanadi. Fan taraqqiyoti materiya‘ning substrat konsepsiyasi asossiz ekanligini namoyish etib, falsafaga dialektikadan saboq berdi. Bu saboq ilmiy bilishning rivojlanish mantigʻiga mos keluvchi ontologik konsepsiya‘ni yaratish uchun izchil dialektik fikrlash zarurligini yana bir karra tasdiqladi. Substrat konsepsiyalari dialektik xususiyatga ega emas. Ular narsalarda qanday oʻzgarish yuz bermasin, ularning substrati oʻzgarishsiz qolishini nazarda tutadi. Materiya‘ni dialektik tushunish uning bitmas-tuganmasligi, ya‘ni materiya turlari, shakllari, holatlarining cheksiz rang-barangligi mavjud ekanligi haqidagi gʻoyaga olib keladi. XIX–XX asrlar chegarasida atomlarning parchalanishini oʻrganish materiya‘ning ilgari ma‘lum boʻlmagan turi – elementar zarralar kashf etilishiga olib keldi. SHunday qilib, atomlar parchalanganda materiya yoʻq boʻlmasligi, balki faqat bir shakldan boshqa shaklga oʻtishi aniqlandi. Hozirgi zamon fizikasida ham moddiy obyektlarning yangi turlari aniqlanmoqda. Fiziklar mikrodunyoni oʻrganish jarayonida fizik boʻshliq, virtual zarralar, kvarklar kabi gʻayrioddiy obyektlarga duch kelmoqdalar. Megadunyo (ulkan kosmik miqyosdagi dunyo) sari harakatlanib, ular bu erda protoyulduzlar, kvazarlar, «qora» va «oq» tuynuklarni kashf etmoqdalar. Fikrlashning dialektik metodi fanning rivojlanish tajribasiga tayanadi va shu bilan bir vaqtda bu tajriba uni yanada rivojlantirishga tatbiq etadi. Shunday qilib, materiya‘ning dialektik talqini uni materiya‘ning bironbir turi bilan bogʻlashdan xoli. U materiya, uning shakllari va holatlarining Cheksiz darajada rang-barangligini nazarda tutadi va ularning barchasi oʻzgaruvchan va oʻtkinchi ekanligini qayd etadi. Download 115.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling