2-mavzu. Ontologiya-borliq haqidagi falsafiy ta'limot. Ong. Ijtimoiy ong va uning asosiy shakllari. (2 soat) Reja
Materiya tushunchasining vujudga kelishi va uning funksiyalari. ―
Download 115.65 Kb.
|
2-mavzu
Materiya tushunchasining vujudga kelishi va uning funksiyalari.
―Materiya‖ ata‘masi lotincha materia soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, modda degan ma‘noni anglatadi. Shunga qaramay, falsafa tarixida ―materiya‖ tushunchasining mazmuni bir necha marta oʻzgargan, tabiatshunoslikning va falsafaning rivojlanishiga muvofiq rivojlangan. Hamma narsalarning asosi boʻlgan birinchi modda haqidagi tasavvur materiya bilan bogʻlangan. Materiya yuzaga keluvchi hamma narsalarning substrati sifatida namoyon boʻlgan. Materiya haqidagi tasavvur shakllanishining quyidagi bosqichlari farqlanadi. Falsafa tarixida materiya haqidagi dastlabki tasavvurlar «stixiyali materializm»deb ataladi. Ushbu materializm oʻz rivojlanishining birinchi bosqichida tabiat hodisalarining Cheksiz rang-barangligiga asoslangan birlikni tabiiy hol, deb hisoblaydi va uning sabablarini muayyan moddiy, oʻziga xos narsadan izlaydi. Antik qarashlarga koʻra materiya – jismlar va narsalarning oʻzagini belgilovchi birlamchi materialdir. Masalan, qadimgi yunon faylasufi Fales suv oʻsimliklar, hayvonlar va odamlarga zarurligini qayd etib, suvni barcha narsalarning asosi deb e‘lon qilgan. Geraklit Quyosh, yulduzlar va boshqa jismlarni yaratuvchi olov hamma narsaning asosi deb hisoblagan. Qadimgi yunon faylasuflari orasida Anaksimandr oʻzining materiya haqidagi fikr-mulohazalari bilan alohida ajralib turadi. Uning uchun materiya yoki birinchi modda sezish mumkin boʻlgan konkret jism emas, balki ayrim nomuayyan oʻzgaruvchi mohiyatga ega boʻlgan apeyrondir. Atomistlarda materiya tabaqalashgan substrakt koʻrinishini kasb etadi. Materiya‘ning birinchi ilmiy konsepsiyasini miloddan avvalgi V asrda qadimgi atomistlar (Demokrit va boshqalar) taklif qilgan. Demokrit barcha narsalar oddiy ajralmas zarralar – atomlardan iborat, degan gʻoya‘ni ilgari surgan. Uning tasavvurida bu zarralar bir-biri bilan toʻqnashib, bir-biriga yopishib va bir-biri bilan birikib, biz koʻradigan narsalarni hosil qilgan. Narsalarning xossalari pirovard natijada ularni tashkil etuvchi atomlar shakli, kattaligi, oʻzaro joylashuvi va harakatiga bogʻliq. Bu barcha narsalarni tavsiflash va tushuntirishga asos qilib yagona umumiy sxemani – bilish obyektining har qanday obyektni atomlar birikmasi sifatida aks ettiruvchi modelini olish imkonini beradi. Shunday qilib, antik faylasuflar nuqtayi nazaridan, materiya – bu barcha narsalar asosi. Odatda bular qadimgi donishmandlarning farazlari boʻlgan va ularning materializmi oʻta sodda xususiyat kasb etgan, chunki nazariy xulosalar borliqni kuzatish natijasi, tabiatni eksperimental oʻrganish mavjud emasligi mahsuli boʻlgan. Demokrit, Epikur, Lukretsiy Karning atomistik nazariyasida barcha narsalarning substrati sifatidagi materiya atomlar yigʻindisi koʻrinishida namoyon boʻladi. Ular shakli, katta-kichikligi, ogʻirligiga koʻra har xil, lekin boʻlinmas va yoʻq boʻlmasdir. Ob‘ektlarning rang-barangligi atomlar konfiguratsiyasining turliligi bilan izohlanadi. Materiya falsafiy kategoriyasini ilk bor Platon ishlatgan. U hyle ata‘masini muomalaga kiritgan va u bilan kattaligi va shakl-shamoyili har xil jismlar paydo boʻlishiga asos boʻlib xizmat qiladigan sifatlardan mahrum substrat (material)ni ifodalagan. Platon talqinida materiya shaklsiz va nomuayyan boʻlib, har qanday geometrik shakl koʻrinishini kasb etishi mumkin boʻlgan makon bilan tenglashtiriladi. Keyinchalik materiya haqidagi tasavvurlar asosan uning muayyan xossalari (massa, energiya, koʻlam) bilan bogʻlangan va muayyan turlari (modda, atomlar, korpuskulalar va sh.k.) bilan tenglashtirilgan. Platonning «Timey» dia‘logi mazmunidan kelib chiquvchi materiya haqidagi ta‘limot qadimgi yunon falsafasida alohida oʻrin tutadi. Birinchidan, Platon «materiya» tushunchasini ifodalash uchun maxsus ata‘ma qoʻllamagan, bu borada tushunish ancha mushkul boʻlgan «tur» ekani haqidagi ishoradan boshqa aniqroq tushuntirishlar ham bermagan. Ikkinchidan, u har qanday tugʻilishning «doya»si va «enaga»si boʻlish materiya‘ning doimiy vazifasidir, deb hisoblagan. Qaysidir ma‘noda bu asos, lekin shaklsiz asosdir. Hamma narsalarni oʻz ichiga olishi lozim boʻlgan asos oʻzi har qanday shakldan mahrum boʻlishi lozim boʻlganidek, uning vazifasi abadiy yashaydigan barcha mavjud narsalarning shakl-shamoyilini oʻzida aniq va toʻliq mujassamlash-tirishdan iborat boʻlganligi uchun tabiatan har qanday shakldan mahrum boʻlmogʻi kerak. Platonning materiya – haqidagi mashhur ta‘limoti oʻzining borliqqa asoslangan mustahkam negizini yoʻqotgan. Uningcha, materiya –tushunchasi aql (demiurg) – birlamchi, sof materiya (etilish joyi va «doya») - ikkilamchi sof materiya (moddiy narsalar) uchligida oraliq oʻrin egallaydi1. Platon doimo mavjud boʻlgan va hech qachon shakllanmaydigan narsalarni va doimo shakllanuvchi va hech qachon mavjud boʻlmaydigan narsalarni farqlashga chaqiradi. Uning fikricha, narsalarning ular ichida tugʻiluvchi va oʻlganidan keyin unga qaytuvchi mohiyatini «u» yoki «bu» soʻz bilan ifodalash, shu tariqa ularga barqarorlik hamda muayyanlik baxsh etish mumkin2. Platon fikriga koʻra, borliqning moddiy narsalar dunyosi sifatida shakllanish mexanizmi shundan iboratki, gʻoya‘ning juda aniq ta‘riflangan birinchi andozasi moddiy borliqdan oʻrin oladi va materiyaga gʻoyalar etiladigan joy, ularning «doya»si va vazifasi boʻlish majburiyatini yuklaydi. Dunyodagi barcha jarayonlarning maqsadga muvofiqligi haqidagi tasavvur gʻoya va narsalarning oʻzaro bogʻlovchi aloqasi bilan asoslanadi. Gʻoya narsalarning Cheksiz hissiy koʻrinishlarining asosiy ma‘nosini belgilovchi asos sifatida va har qanday yakka narsa uchun qonun sifatida tushuniladi. Platonning muhim, lekin ayni paytda ikkinchi darajali rol oʻynovchi materiya haqidagi ta‘limoti Aristotelning shu mavzudagi fikr-mulohazalariga bevosita turtki boʻlgan. Aristotelda «hyule» tushunchasi «morfe» yoki «eydos» («morphe» yoki «eydos») tushunchasi bilan uzviy bogʻliq. Garchi Aristotelning ontologik konsepsiyasida materiya va shaklning dualizmi aniqravsha‘n sezilib tursa-da, u hech qachon «hyule»ni mustaqil borliq sifatida tavsiflamagan. Uning fikricha, amalda materiya faqat shakl bilan birikkan koʻrinishda mavjud boʻladi. Materiya «hyule» va «morfe» (shakl) bilan uygʻunlikda har qanday yuzaga kelish va oʻzgarishning zarur universal negizi hisoblanadi. Aristotelning materiya haqidagi tasavvuri oʻrta asr falsafasiga ancha oʻzgargan koʻrinishda oʻtdi. Oʻrta asr teologlari Aristotelning ilmiy merosidan foydalanib, uning «morfe» (shakl) haqidagi gʻoyasini oʻzlashtirdilar. Ushbu gʻoya boshqa qarashlardan ustun qoʻyildi, u ma‘naviy asos sifatida qarala boshlandi. Mazkur talqin materiyasiz sof shakllar, chunonchi: xudolar, ruhlar, farishtalar, odamlarning oʻlmas ruhlari mavjudligini e‘lon qilish imkonini berdi. Materiya doimiy, u dunyo yaralgunga qadar ham mavjud boʻlgan, degan gʻoya‘ni ilgari suruvchi «dahriylar» haqida ma‘lumotlar «cherkov rahnamolari» oʻrtasidagi munozaralar orqali bizgacha etib kelgan boʻlsa-da, dunyoning moddiyligini oʻrganish bilan bogʻliq muammolar bu davrda ham toʻla-toʻkis barham topmadi. Materiya‘ning tabiati haqidagi masalada ular bir toʻxta‘mga kelmagan boʻlsalar-da, uni echish fanning rivojlanishida muhim rol oʻynashiga, zero bilish qaysi yoʻldan rivojlanishi lozimligini belgilashiga ularning ishonchi komil boʻlgan. Ular avval barcha narsalarning asosi sanalgan materiya‘ning nimaligini aniqlash va shundan keyingina bunga asoslangan holda ayrim narsalarning kelib chiqishi va xossalarini tushuntirish lozim, deb hisoblaganlar. Jumladan, bu xususda Aristotel shunday deb yozgan: «Avva‘lo birinchi asos va sababni bilish kerak, zero ular orqali va ularga muvofiq qolgan barcha narsalar anglab etiladi...»1. Uygʻonish davri faylasuflari izchil materialistlar boʻlmasalar-da, oʻrta asrlarning quruq muhokamaga asoslangan, spekulyativ tafakkurini yakdillik bilan inkor etdilar. Mustaqil faol asos sifatidagi shakl gʻoyasi chetga surib qoʻyildi, materiya nafaqat potensial, balki amalda ham mavjud boʻlgan narsa sifatida tushunila boshlandi. Shunisi ajablanarliki, alximiya sohasidagi eksperimentlar amaliyoti ta‘sirida shakl-materiya mahsuli, degan yondashuv yuzaga keldi. Uygʻonish davrining Bernardino Telezio, Fransiska Patritsiya, Jordano Bruno kabi faylasuflari ijodida «materiya» tushunchasi yangicha mazmun kasb etdi. Materiya‘ning yaralishi gʻoyasi inkor etildi, materiya boqiy deb e‘lon qilindi, harakat tabiiy kuchlar ta‘siri natijasi sifatida tushunila boshlandi. Download 115.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling