2-mavzu. Ontologiya-borliq haqidagi falsafiy ta'limot. Ong. Ijtimoiy ong va uning asosiy shakllari. (2 soat) Reja
Download 115.65 Kb.
|
2-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Entropiya – xaoslashuv oʻlchovi
Energiya borliq shakli. Fanning fundamental qonunlaridan biri –
energiya‘ning saqlanish va oʻzgarish qonunidir. Energiya moddiy jismlarning oʻz holatini oʻzgartirish orqali muayyan vazifani bajarish qobiliyati boʻlib, u yoʻq qilib boʻlmaydigan, rang-barang oʻzgarishlarga qodir substansiya sifatida, materiya atributi sifatida talqin qilinadi. Qadimda suv, shamol va hayvonlarning muskul kuchi ham energiya sifatida tan olingan. Qadimgi misrliklar elkanni yaratib, shamol kuchi va energiyasidan foydalanganlar, uni namoyish etganlar. Evolyusiya qonunlari hamma narsa va jarayonlar nafaqat muskul kuchi bilan yoki fizik energiya ta‘sirida, balki inson miyasi – tafakkur energiyasi yordamida ham amalga oshirilishini talab qiladi. Yunon tiliga mansub «energiya» tushunchasi Aristotel tomonidan koʻp qoʻllanilgan. Dunyoning tabiiy ilmiy manzarasi doirasida energiya haqidagi tasavvurlar mexanikada shakllangan va bu ata‘ma fanda birinchi marta 1807- yilda qoʻllanilgan. U bilan bir vaqtda «kuch» ata‘masidan ham foydalanilgan. G.Leybnits energiya hodisasini «jonli kuch» deb tavsiflagan. G.Gelmgols ilmiy muomalaga kiritgan potensial energiya haqidagi tasavvurni «kuchlanish kuchi» deb nomlagan. XIX–XX asrlar chegarasida fizikaning rivojlanishi harakatning yangi turlari kashf etilishiga olib keldi, lekin ularda aynan nima harakatlanishi noma‘lum boʻlib qoldi. Ayrim olimlar bu holatdan foydalanib, materiyasiz harakat mumkin emasligini isbotlashga urindilar. Elektron tabiat hali yaxshi oʻrganilmagani tufayli, elektron muayyan «nomoddiy kuch», moddiy tashuvchisiz sof harakat, deb e‘lon qilindi. Energiya‘ni barcha hodisalarning birinchi negizi deb biluvchi falsafiy yoʻnalish – energetizm deb nomlanadi. Energetizmning asosiy tezisi «materiya» tushunchasini ma‘lum energiyalar kompleksi bilan almashtirishdan iborat. Materiya moddaga tenglashtirilgan. Energiya deganda, aksariyat hollarda moddiy harakat tushunilgan. Materiya va harakatni nafaqat miqdor, balki sifat jihatidan ham yoʻq qilib boʻlmasligini tan olish muhimdir. Harakatni sifat jihatidan yoʻq qilish mumkinligini faraz etgan holda, uning faqat miqdor jihatidan saqlanishini tan olish Olamning issiqlikdan oʻlishi konsepsiyasiga olib kelgan edi. Bu gʻoya klassik elektrodinamika asoschilari V.Tompson va R.Klauzius tomonidan ilgari surilgan. Ushbu nazariya zamirida termodinamikaning ikkinchi asosi yoki entropiya‘ning oʻsishi qonunini butun Olamga nisbatan tatbiq etishga urinish yotadi. Entropiya – xaoslashuv oʻlchovi. Sadi Karno 1829-yilda ta‘riflagan termodinamikaning ikkinchi qonuni berk tizim yuz berish ehtimoli oz boʻlgan holatdan oʻzining eng koʻp ehtimol tutilgan holatiga intilishini koʻrsatadi. Buni tushunishga kundalik hayotdan olingan quyidagi misol yordam berishi mumkin. Agar suvi qaynab turgan choynakni olovdan olsak, uning qizishi davom etmaydi, (yuz berish ehtimoli oz boʻlgan holat), balki soviydi (eng koʻp ehtimol tutilgan holat). Ammo qonun berk tizimlarga, ya‘ni oʻzini qurshagan muhit bilan energiya almashmaydigan tizimlarga moʻljallangan, bu esa ulkan kuchga ega abstraksiyadir, chunki dunyoda aksariyat tizimlar berk emas. Termodinamikaning ikkinchi asosi berk tizim sifatida talqin qilingan Olamga nisbatan tatbiq etilganida, hisob-kitoblar barcha energetik jarayonlar bir yoʻnalishda yuz berishi lozimligini koʻrsatdi. Energiya‘ning oʻzgarish jarayonlarini tavsiflovchi fizik kattalik sifatidagi entropiya oʻsib bordi. Boshqacha aytganda, aql bovar qilmas xaos yuzaga keladi. Energiya‘ning barcha turlari issiqlik energiyasiga aylanadi va soʻngra makon boʻylab tarqalib ketadi. Olam soviy boshladi. Mutlaq issiqlik muvozanatining yuzaga kelishi Olamning issiqlikdan oʻlishini anglatadi. Bu qoidalarning mohiyati harakat shakllarining sifat rang-barangligi yoʻq boʻlishiga yoʻl qoʻyib boʻlmasligini, ya‘ni energiya‘ning rang-barang turlari issiqlik energiyasiga aylanishi mumkin emasligini koʻrsatishdan iborat edi. Aslida Olamning issiqlikdan oʻlishi konsepsiyasi tabiiy ilmiy nuqtayi nazardan ham asossiz edi. Termodinamikaning ikkinchi asosini butun Olamga nisbatan tatbiq etish imkoniyati uning tuzilishini erkin faraz qilishni, xususan, uni berk deb tasavvur qilishni nazarda tutadi. Lekin Olam berk tizim emas, u zarralar va elementlarning Cheksiz miqdoridan tashkil topgan, shu bois mutlaq termodinamik muvozanat holati unga mos kelmaydi. Energiya turlarining hozirgi tipologiyasi yo moddiy tashuvchilar – mexanik, issiqlik, kimyoviy tashuvchilarni hisobga olgan holda, yo ularning oʻzaro ta‘sirlari turi – elektromagnit yoki gravitatsion oʻzaro ta‘sirga koʻra tuziladi. Mexanik energiya kinetik (harakatlanuvchi jismlar tezligiga bogʻliq) va potensial (jismlar holatiga bogʻliq) energiyaga boʻlinadi. Termodinamikada erkin va bogʻliq energiya farqlanadi. Ba‘zan tashqi va ichki energiya toʻgʻrisida soʻz yuritiladi. Tashqi energiya deganda mexanik energiya, ichki energiya deganda esa toʻliq energiya‘ning butun qoldigʻi tushuniladi. Fandaruhiy energiya tushunchasi qoʻllanilib, ruhiy energiya inson tanasining barcha hujayra va a‘zolariga singib, u erda muayyan tartib, garmoniya yoki disgarmoniya oʻrnatadi, degan ta‘limotga asoslanadi. Bunda inson toliqish his etib, hattoki depressiya holatiga ham tushadi. Insonning ruhlanishi, hattoki, goʻzalligi ham ruhiy energiya bilan bogʻlanadi. German Gesse «Sharqqa sa‘yohat» asarida agar odam ahamiyatsiz ishlar bilan uzoq vaqt shugʻullansa, bu uni qoʻzgʻatishi va unga kuch berishini qayd etgan. Binobarin, ahamiyatsiz ishlar bilan shugʻullanganda hayot energiyasi tiklanadi. Fanda ba‘zilar buni relaksiyalash qonuni deb nomlaganlar. Ammo ruhiy energiya sohasi hozirgacha fanda yaxshi oʻrganilmagan. Ruhiy energiya dunyo va hayotning barcha holatlaridan ta‘sirlanadi yoki tebranadi. Ezoterika anʻanasida ruhiy energiya‘ning boshqa muhim xossasiga, xususan, u makonda qatlam hosil qilishi, insonni qurshagan hamma narsalarga oʻtirib, choʻkindi hosil qilishiga e‘tibor qaratiladi.Inson nafaqat kosmik energiya‘ni toʻplovchi, balki uning kuchli tarqatuvchisi hamdir. Shu bois ruhiy energiya tashuvchisi inson qanday boʻlsa, uning narsalari ham shunday boʻladi. Ruhiy energiya qatlamlarining saqlanish yoshi muammoli hisoblanadi. Uni asrlar ham, masofa ham yoʻq qila olmaydi, u ming yilliklar osha yashaydi. Rivoyatlarga qaraganda, atlantlar, misrliklar, xaldeylar ruhiy energiya‘ning mazkur xossasidan foydalanishgan. Ular muayyan sifatli narsalarga ruhiy energiya‘ni qavat-qavat qilib toʻplaganlar, bu energiya boshqalarga kerakli darajada ta‘sir koʻrsatishi lozim boʻlgan. Bunday narsalar terafimalar yoki dam solingan narsalar deb atalgan, ularda energiya qatlamlari toʻplanishi jarayonida muayyan duo oʻqilgan. Bugungi kunda fikr va tasavvur energiyasini hech kim inkor etmasa kerak. Aksincha, zamondoshimiz bu hodisani oʻz hayot tajribasidan olingan misol bilan tasdiqlashga harakat qiladi. Shunga qaramay, «nozik daraja»dagi rang-barang energiya hodisalarining amal qilish mexanizmlarini tushuntirishga urinishlar, asosan, ezoterikaga oid adabiyotlarda uchraydi. Ruh va materiya, hayot va oʻlim, yaxshilik va yomonlik kabi mutlaqo qarama-qarshi sohalar (oliy ziddiyatlar)ga duch kelinganida, ularni neytrallashtirish, ya‘ni uchinchi bogʻlovchi narsani yaratish imkoniyati nazarda tutiladi. SHu tariqa «energiya» tushunchasi qadimgi germetizm ta‘limotida ruh – materiya ziddiyatida oʻrtadagi bogʻlovchi sifatida namoyon boʻladi. Shu asosda butun oraliqdagi narsalar astral, birinchi va uchinchisi esa mental va fizik deb ataladi.Shunday qilib, germetizm ta‘limotiga koʻra, energiya‘ni oʻrganish astrallik holatini oʻrganish va bilish demakdir. Ma‘naviy rivojlanish ichki ma‘naviyat, inson ma‘naviyatini bilish, anglash va namoyon etishni anglatadi. Ruhiy energiya‘ni sinovchi sabrtoqatli va ezgu niyatli boʻlishi kerak. U shikoyat qilishi va tushkunlikka tushishi mumkin emas. Ezoterika namoyandalari ruhiy energiya oʻta nozik boʻlgani uchun u bilan oʻta nozik darajada muomala qilish lozimligini ta‘kidlaydi. Oliy energiya bilan muomala qilish ancha jiddiy muammodir. Ruhiy energiya kuchi olov qudrati bilan barobar ekanligini unutmaslik kerak. Birinchidan, bunday qudratli energiya‘ni asrash lozim. Ikkinchidan, oʻz tafakkurini nafaqat harakatga keltirish, balki harakatdan tiyish uchun ham boshqara olish zarur. Uchinchidan, oqilona sarflangan ruhiy energiya oʻrni darhol toʻldirilishini e‘tiborga olish lozim. Download 115.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling