2-mavzu. Ontologiya-borliq haqidagi falsafiy ta'limot. Ong. Ijtimoiy ong va uning asosiy shakllari. (2 soat) Reja


Download 115.65 Kb.
bet12/30
Sana02.02.2023
Hajmi115.65 Kb.
#1146931
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30
Bog'liq
2-mavzu

Borliq shakllari. Borliqning umumiy manzarasini yaratish zaminidan
notirik tabiat oʻrin oladigan oʻziga xos piramida hosil boʻladi. Borliqning
shakllari notirik tabiat, tirik tabiat, ijtimoiy borliq, inson borligʻi va virtual
borliq,energik borliq kabilardir
. Borliqning bu umumiy shakllari oʻziga xos
xususiyatga, oʻzining betakror mohiyatiga egadir. Borliqning turli shakllarini
jonsiz tabiatdan boshlab mufassalroq koʻrib chiqamiz, zero u hozirgi zamon
fani nuqtayi nazaridan jonli va ijtimoiy tabiatning negizi hisoblanadi.
Tabiat borligʻibirlamchi (ya‘ni inson va uning faoliyatidan qat‘i nazar
mavjud boʻlgan narsalar va jarayonlar borligʻi) va ikkilamchi (yoki odamlar
tomonidan yaratilgan narsalar va jarayonlar borligʻi) tabiat borligʻiga
boʻlinadi
. Birlamchi tabiat notirik tabiat narsalari va jarayonlarining borligʻi
– butun tabiiy va sun‘iy dunyo, shuningdek tabiatning barcha holatlari va
hodisalari (yulduzlar, sa‘yyoralar, er, suv, havo, binolar, mashinalar, aks
sado, kamalak, koʻzgudagi aks va sh.k.)
dir. Birlamchi tabiat borligʻi ikki
darajani oʻz ichiga oladi. Birlamchi daraja jonli ruhsiz jismlardan, ya‘ni
koʻpayish qobiliyatiga ega boʻlgan, atrof muhit bilan moddalar va energiya
almashinuvini amalga oshiradigan, lekin ongga ega boʻlmagan barcha
narsalar, ya‘ni sa‘yyoramiz hayvonot va oʻsimliklar dunyosini oʻz ichiga
olgan butun biosferadan iborat. Ikkilamchi daraja – bu inson ongining
borligʻi boʻlib, bu odamzod yaratgan yoki oʻzgartirgan tabiatdir.Tabiat
makon va vaqtda Cheksiz hamda abadiydir. Ikkilamchi yoki inson
tomonidan yaratilgan tabiat birinchi tabiatga bogʻliq. Bir tomondan,
ikkilamchi tabiatda birlamchi tabiat materiali, boshqacha aytganda obyektiv
birlamchi borliq mujassamlashgan, boshqa tomondan esa – unda insonning
mehnati, irodasi va bilimlari, uning qalbi oʻz ifodasini topgan. Ikkilamchi
tabiat – bu mehnat qurollari va sharoitlari, aloqa vositalari, inson ruhining
ehtiyojlari, ma‘rifatli borliq, moddiy va ma‘naviy madaniyatni belgilovchi
barcha narsalar va jarayonlardir.
Inson borligʻi uning tabiatning bir qismi sifatida jismoniy mavjudligini
va alohida inson borligʻini farqlash oʻrinli boʻladi.
Inson tabiatning bir qismi
hisoblanadi va shu ma‘noda uning qonunlariga boʻysunadi. Tananing
mavjudligi inson oʻlimga mahkum ekanligini belgilaydi. Inson borliq va
yoʻqlik dialektikasi bilan bogʻlanadi, barcha tabiat jismlari kabi vujudga
kelish, shakllanish va ha‘lok boʻlish holatlaridan oʻtadi. Barcha tabiat jismlari kabi, inson tanasiga ham modda va energiya‘ning saqlanish qonunlari oʻz
ta‘sirini koʻrsatadi, ya‘ni uning tarkibiy qismlari tabiatning boshqa
holatlariga oʻtadi. Inson tanasi mavjud boʻlishi uchun uni muttasil quvvatlash
(ovqatlanish, sovuqdan va boshqa xavf-xatarlardan saqlash) talab etiladi.
Fikrlash uchun inson tanasining tirikligini ta‘minlash zarur. Bundan hayotni
saqlash, insonning oʻz-oʻzini saqlashi va insoniyatning yashovchanligini
ta‘minlash zaruriyati kelib chiqadi, bu oziq-ovqat mahsulotlari, kiyimkechak, turar joy, sof atrof muhitga ega boʻlish ehtiyojida oʻz ifodasini
topadi;
Ma‘naviy borliqsubyektiv individuallashgan va obyektiv (noindividual)
ma‘naviy borliq sifatida mavjud
. Individuallashgan ma‘naviy borliq – bu
insonning ichki dunyosi, u onglilik va ongsizlikni qamrab oladi. Bunday
yondashuvga koʻra, ruh – individual ong bilan ayniy tushuncha, tor ma‘noda
esa u tafakkurdir. Ong – inson bosh miyasining dunyo borligʻini izchil aks
ettirish, uni obrazlar va tushunchalarga aylantirish qobiliyati. U taassurotlar,
sezgilar, kechinmalar, fikrlar, shuningdek gʻoyalar, e‘tiqodlar, qadriyatlar,
moʻljallar, andozalarning koʻrinmas jarayoni sifatida mavjud. Ong tez
oqadigan va bir xil boʻlmagan orqaga qaytmaydigan xususiyatga ega.
Shaklan bu jarayon tartibsiz, lekin shu bilan bir vaqtda unda muayyan tartib,
barqarorlik, struktura, muayyan darajada intizom va iroda mavjud.
Inson ongi ayni vaqtda uning oʻz-oʻzini anglashi, ya‘ni oʻz tanasi,
fikrlari va tuygʻularini, oʻzining boshqa odamlarga boʻlgan munosabatini va
oʻzining jamiyatdagi oʻrnini anglab etishi, ya‘ni oʻzini oʻzi bilishdir. Oʻzlikni
anglash – bu ongimizning oʻziga xos asosidir.
Individual ong oʻzining oʻlimga mahkumligi bilan tavsiflanadi, lekin
uning ayrim qismlari noindividual ma‘naviy shakl-shamoyil kasb etadi,
shuningdek boshqa kishilar mulkiga aylanadi. Hatti-harakatlarda inson
ongining fragmentlari moddiylashadi, ularga qarab odamlarning niyatlari,
moʻljallari, maqsadlari, gʻoyalari haqida xulosa chiqariladi. Noindividual
ma‘naviy borliqning oʻziga xos xususiyati shundaki, uning elementlari
saqlanadi, takomillashadi va ijtimoiy makon va vaqtda erkin harakatlanadi;

Download 115.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling