2-mavzu. Ontologiya-borliq haqidagi falsafiy ta'limot. Ong. Ijtimoiy ong va uning asosiy shakllari. (2 soat) Reja


Download 115.65 Kb.
bet8/30
Sana02.02.2023
Hajmi115.65 Kb.
#1146931
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
Bog'liq
2-mavzu

Jyulen Ofre de Lametri (1709–1751) moddiy dunyo «oʻz xolicha
mavjud» ekanligiga, uning boshi ham, oxiri ham yoʻqligiga ishongan.
Lametri ta‘limoti Epikurning atomistik gʻoyalari, Spinozaning monistik
ta‘limoti va J.Lokk sensualizmi ta‘sirida vujudga kelgan. Lametri jonni aql
faoliyati funksiyasi va koʻrinishi deb hisoblagan va Dekartning umrboqiy
nomoddiy jon haqidagi gʻoyasi asossiz ekanligini isbotlashga harakat qilgan.
Deni Didro borliq muammolarini oʻrganish sohasiga dialektikani tatbiq
etadi. Uning fikricha, butun materiya his qiladi (bu gilozoizm nuqtayi nazari).
Ammo u «inert hissiylik» va «faol hissiylik»ni farq qiladi. «Faol hissiylik»
muayyan tarzda uyushgan materiyadagina namoyon boʻladi.
Nemis klassik falsafasi «substansiya» (dunyoni tushunish zamirida
yotuvchi, nisbatan barqaror va mustaqil holda mavjud mohiyat), «mutlaq
«Men»ning erkin, sof faoliyati» (Fixte), «obyektiv rivojlanuvchi gʻoya»
(Gegel) kabi falsafiy kategoriyalarni qayd etib, borliq muammolari talqiniga
yanada teranroq mazmun baxsh etdi.
Jumladan Gegelning «Ruh fenomenologiyasi» asari falsafiy tizimga
oʻziga xos debochadir. Bu asarda Gegel inson ongi turli darajalari
rivojlanishining izchil qatorini tahlil qiladi.
Gegel tizimining birinchi va muhim qismi – «Mantiq» «Ruh
fenomenologiyasi»ning yakuni va xulosasidir. Bu subyekt va obyektga qadar
mavjud boʻlgan «sof fikr» sohasidir. Mantiqda uning oʻzi va mantiq
shakllaridan tashqari hech qanday empirik mazmun mavjud emas. Mantiq
tarix va tabiatdan oldin paydo boʻlgan. Mantiq ularni yaratgan.
Mantiq uch qismga: borliq, mohiyat va tushuncha haqidagi ta‘limotga
boʻlinadi. Borliq va mohiyat tushuncha oʻzini toʻliq namoyon etgunga qadar
«koʻtariladigan» pillapoyalar sifatida qaraladi. «Mantiq»da mutlaq gʻoya‘ning rivojlanishi mavhum mantiqiy kategoriyalar koʻrinishida yuz
beradi. Uning tayanch nuqtasi – borliq haqidagi sof mavhum fikr. Dastlab
mazmunsiz boʻlgan bu «sof borliq» tushunchasi «nimadir» orqali oʻz
mazmunini kasb etishga harakat qiladi. Bu «nimadir», oʻz navbatida,
«muayyan borliq»dir. Gegel fikriga koʻra, mutlaq gʻoya‘ning vujudga kelish
jarayoni ayni shu tariqa boshlanadi. «Muayyan borliq» keyingi bosqichda
«qandaydir muayyan borliq» sifatida amal qiladi yoki sifat kasb etadi. Sifat
kategoriyasi miqdor kategoriyasi bilan birga rivojlanadi. Sifatli miqdor yoki
miqdoriy sifat esa oʻlchov hisoblanadi. Borliq haqidagi ta‘limotda Gegel
dialektika qonunlaridan biri: miqdordan sifatga va sifatdan miqdorga oʻtish,
rivojlanish jarayonlari sakrash tarzida yuz berishini asoslashga harakat qiladi.
Hodisa sifatida tushuniladigan borliqdan Gegel yanada teranroq, ichki
qonuniyatlarga – mohiyatga oʻtadi. Bu qismda Gegel qarama-qarsxiliklarning
bir-biriga oʻtishi, ularning birligi, ayniyat va kurash toʻgʻrisidagi qonunni
tahlil qiladi. Gegel fikriga koʻra, ziddiyat – bu qarama-qarsxiliklarning oʻzaro
nisbatidir. Ular bir-birisiz mavjud boʻlmaydi, lekin turli yoʻldan rivojlanadi
va bu ular oʻrtasidagi munosabatlarning keskinlashuviga sabab boʻladi.
Ziddiyatni echish yoki unga chek qoʻyish talab etiladi. Gegel ziddiyatni asos
va oqibatning, shakl va mazmunning, hodisa va mohiyatning, imkoniyat va
voqelikning, tasodif va zaruriyatning oʻzaro nisbatida koʻradi. Ziddiyat
haqidagi ta‘limotni rivojlantirar ekan, Gegel ichdan zarur boʻlgan, har qanday
oʻzgarish va rivojlanishning manbai sanalgan «oʻz-oʻzidan harakat» haqida
xulosa chiqaradi.

Download 115.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling