Oʻrta asrlar Gʻarb va Sharq falsafasida ―haqiqiy borliq‖ –
―Xudoning borligʻi‖ va ―haqiqiy boʻlmagan‖, ya‘ni Xudo yaratgan borliq
farqlanadi. Demak Oʻrta asrlarda borliqning oliy asosi Xudodir, degan gʻoya
ilgari surildi. Barcha barkamolliklar yigʻindisi sifatida Xudo mavjudlik
xususiyatiga ham egadir, chunki mavjud boʻlmagan mavjudot
nomukammaldir. Binobarin, hamma narsaning mavjudligi Xudoda
mujassamdir. Xudo borligi toʻgʻrisidagi ontologik dalilning shiorlaridan biri
ana shundan iboratdir. Unga koʻra, butun dunyoni bir joyga boʻysunish, quyi
va oliyning subordinatsiyasiga asoslangan ierarxik tuzilmalar qamrab olgan.
Bunda inson ruhi va ilohiy asosning oʻzaro ta‘siri masalasi bosh muammoga
aylanadi.
Foma Akvinskiy ontologiyasida borliq ham ehtimol tutilgan, ham
amalda mavjud deb qaraladi. Borliq – ayrim narsalarning mavjudligi, ya‘ni
substansiyadir. Foma Akvinskiy imkoniyat va voqelik kabi kategoriyalar
bilan bir qatorda materiya va shakl kategoriyalarini ilmiy muomalaga
kiritadi. Bunda materiya imkoniyat sifatida, shakl esa – voqelik sifatida
qaraladi. Foma Akvinskiy Aristotelning shakl va materiya haqidagi asosiy
gʻoyalaridan foydalanib, din haqidagi ta‘limotni ularga toʻla boʻysundiradi.
Materiya shaklsiz mavjud boʻlmaydi, shakl esa oliy shaklga yoki
«shakllarning shakli» – Xudoga bogʻliqdir. Xudo esa sof ma‘naviy mavjudot.
Shaklning materiya bilan birikuvi moddiy dunyo uchungina zarur. Boz ustiga
materiya (Aristoteldagi kabi) passivdir. Unga shakl faol tus beradi. Foma
Akvinskiy «ilohiy borliq», hamonki u oʻz-oʻzidan ravsha‘n narsa emas ekan,
tafakkurimiz anglashga qodir boʻlgan narsalar orqali isbotlanishi lozim. U
Xudo borligining hozirgi zamon katolik cherkovi ham foydalanuvchi oʻz
dalil-isbotini taklif qiladi. Demak, oʻrta asrlarning borliq muammosi
teotsentrik xususiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |