2-mavzu. Ontologiya-borliq haqidagi falsafiy ta'limot. Ong. Ijtimoiy ong va uning asosiy shakllari. (2 soat) Reja
Sharqning buyuk mutafakkiri Farobiy
Download 115.65 Kb.
|
2-mavzu
Sharqning buyuk mutafakkiri Farobiy ―Fuqarolik siyosati‖ va ―Fozil
shahar odamlari‖ asarida borliq va uning ibtidosi masalasi haqida fikr yuritadi. Farobiy borliq muammosini hal qilishda ―vujudi vojib‖ va ―vujudi mumkin‖ning oʻzaro nisbatiga murojaat qiladi. Uning fikricha ―vujudi vojib‖ barcha mavjud yoki paydo boʻlishi mumkin boʻlgan narsalarning birinchi sababi. Birinchi sabab sifatida u oʻzga turtkiga muhtoj emas. U mutloq borliq va donishmandlik ifodasi. ―Vujudi mumkin‖ esa doimo oʻzgarishda, ziddiyatli munosabatlarda boʻlib, unda barcha narsalar oddiydan murakkabga, tartibsizlikdan tartiblilikka qarab harakat qiladi. ―vujudi vojib― yaratgan eng buyuk voqelikdan biri inson aqlidir. U ―Fuqarolik siyosati‖ asarida borliqni olti darajaga boʻladi: 1. Birinchi holatdagi sabab. 2. Ikkinchi holatdagi sabab. 3. Uchinchi holatdagi aqli faol. 4. Toʻrtinchi holatdagi instinkt. 5. Beshinchi holatdagi shakl. 6. Oltinchi holatdagi materiya. Farobiy bu darajalarning har biriga ta‘rif beradi. Keyin u ―uchinchi aql‖ – aqli faolni ta‘riflaydi. Unga koʻra, aynan ―aqli faol‖ga koʻra, insonning tabiiy, ma‘naviy va ruhiy hayoti shakllanadi. Farobiy dunyoning rang-barangligini tushuntirish uchun Aristotelning shakl va materiya haqidagi ta‘limotidan foydalangan. Farobiy borliqning birinchi sababi va harakat manbai sifatida Xudo mavjud deb hisoblagan boʻlsa-da, uning falsafasi bilish va borliqning murakkab masalalarini echishga intilish bilan tavsiflanadi. aynii shu sababli faylasuf borliqning holatlarini, uning shakllarini: oddiy elementlar – havo, olov, er, suvni; shuningdek minerallar, oʻsimliklar, hayvonlar, inson va osmon jismlarini sinchiklab oʻrganadi. Shu tariqa u tashqi dunyoning obyektiv mavjudligiga urgʻu beradi. Farobiyning falsafiy qarashlari Sharq falsafasining rivojlanishiga kuchli ta‘sir koʻrsatdi. Ibn Sino fikricha ham borliqning asosi ―vujudi vojib‖ ya‘ni Ollohdir. Vujudi vojib bu birinchi mohiyat. Uning mavjudligi sababini boshqa narsalardan qidirish nooʻrin. Chunki birinchi sabab uning natijasi boʻlgan xilma-xil jarayonlarning mohiyatiga bogʻliq boʻla olmaydi1. Zero, vujudi vojibning mavjudligi uning oʻziga bogʻliq. U yagona, abadiy mohiyat. Unda kamchilik va qusurlar boʻlishi mumkin emas. Vujudi vojib doimiy faol, unda toliqish sustlik boʻlishi mumkin emas. Vujudi vojib vujudi mumkinning yaratuvchisi. Vujudi mumkinning ichki mohiyati harakat bilan bogʻliq. Ibn Sinoning borliq haqidagi qarashlari keyingi mutafakkirlar ijodiga ijobiy ta‘sir koʻrsatdi. Download 115.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling