2-mavzu. Ontologiya-borliq haqidagi falsafiy ta'limot. Ong. Ijtimoiy ong va uning asosiy shakllari. (2 soat) Reja
Download 115.65 Kb.
|
2-mavzu
Harakat tiplari. Fanda obyektiv borliq narsalari va hodisalari
harakatining ikki asosiy tipi farqlanadi. Orqaga qaytmaslik va muayyan yoʻnalishga egalik ham xos boʻlgan mazkur harakat tipi rivojlanish deb ataladi. Bunda narsa yoki hodisa strukturasining murakkablashuvi, ular tashkil topish darajasining yuksalishi yuz berishi mumkin boʻlib, bu odatda taraqqiyot (progress) sifatida tavsiflanadi. Agar harakat teskari yoʻnalishda – barkamolroq va rivojlanganroq shakllardan uncha rivojlanmagan shakllarga, murakkabdan oddiyga qarab yuz berayotgan boʻlsa, bu holda regress toʻgʻrisida soʻz yuritish odat tusini olgan. Ammo progress va regressning koʻrsatilgan xususiyatlarini mutlaqlashtirish yaramasligini e‘tiborga olish lozim. Xususan, boshqaruv apparati tuzilmasining murakkablashuvi va byurokratiya‘ning oʻsishi doim ham progressni anglatavermaydi, nisbatan soddaroq va ayni vaqtda samaraliroq va ishonchliroq mashinalar, asboblar va mexanizmlar yaratilishining regressga hech qanday aloqasi boʻlmaydi va koʻproq buning aksidan da‘lolat beradi. Jonsiz tabiatda rivojlanishga yulduzlarda sodir berayotgan evolyusiya jarayonlari; jonli tabiatda – turli organizmlarning oʻsishi; jamiyatda – fan, texnika, sanoat ishlab chiqarishining oʻsishi, ijtimoiy munosabatlarning oʻzgarishi va shu kabilar misol boʻlib xizmat qilishi mumkin. «Rivojlanish» tushunchasi nafaqat moddiy, balki ideal dunyoga, xususan, inson tafakkuriga nisbatan, masalan, umuman ongning yoki ayrim fikr, gʻoya, nazariya‘ning rivojlanishi toʻgʻrisida soʻz yuritilgan holda, qoʻllanilishi mumkin. Fikrning rivojlanishi uning «pishib etilishi»ni, ya‘ni murakkablashuvi, takomillashuvi, yanada aniqroq ma‘no kasb etishi va shu kabilarni anglatadi. Biroq, shuni ta‘kidlash lozimki, narsalar va hodisalarning obyektiv dunyosidan farqli oʻlaroq, subyektiv konstruksiyalar (tafakkur, gʻoyalar, nazariyalar) harakati va rivojlanishiga nisbatan koʻlam koʻrsatkichlari tatbiq etilishi mumkin emas. aynii vaqtda ideal narsalar va hodisalar darajasida rivojlanish jarayonlari, xuddi moddiy narsalar dunyosidagi kabi, vaqtda kechadi. Oʻz-oʻzidan harakat yo butun tabiatga, yo uning yuksak darajada uyushgan tarkibiy qismi – tirik organizm va jamiyatga xos xususiyatdir. Qotib qolgan materiyaga mansub ayrim narsa yoki obyektga nisbatan oʻzoʻzidan harakat, oʻz-oʻzidan rivojlanish holati xos deb aytish oʻrinli emas. Chunki, ushbu obyektni muayyan element sifatida oʻz ichiga olgan tabiat oʻzoʻzidan rivojlanuvchi yaxlit tizim hisoblanadi. Harakatlanish shu joyda boʻlishni va ayni vaqtda, unda boʻlmaslikni anglatadi; bu makon va vaqtning uzluksizligidir, aynan u harakatni yuzaga keltiradi. Harakatning uzluksizligi uning umumiyligini namoyon etadi, uzluksizlik uning alohida jihatini koʻrsatadi. Harakatdagi umumiylik uning mohiyatini aks ettiradi, binobarin, harakatni tushunish va ta‘riflash, uning mohiyatini anglab etish uchun harakatning uzluksizligini tushunmoq darkor. Vaqtinchalik barqarorlik va muvozanat holati sifatida tushuniluvchi nisbiy harakatsizlik materiya‘ning har qanday muayyan holatiga xos. U materiya‘ning sifatini namoyon etadi. Nisbiy tinchlik tufayli narsalarning chegaralari mavjud boʻladi, dunyo sifat va miqdor oʻzgarishlarining rangbarangligi sifatida namoyon boʻladi. Materiya harakati Shuning uchun ham mutlaqki, u sirtdan hech narsaga bogʻliq emas. SHu ma‘noda «Dunyoda abadiy harakatdagi materiyadan boshqa hech narsa yoʻq» tarzidagi fikrlar oʻrinli va asoslidir. «Materiya harakatining shakli» tushunchasi tabiat rivojlanishining muayyan bosqichiga xos boʻlgan alohida qonuniyatlarni qayd etishga xizmat qiladi. Harakat shakli sifat jihatidan oʻxshash moddiy obyektlar oʻzgarishlarining oʻziga xos tiplarini va ularning oʻzaro ta‘siri xususiyatlarini aks ettiradi. Ba‘zan materiya harakatining muayyan shakli oʻzaro ta‘sirga kirishayotgan elementlar oʻrtasidagi bogʻlanishlarning oʻziga xos tizimi sifatida yoki muayyan qonunlarga boʻysunish belgisiga koʻra birlashtirilgan oʻzgarishlar guruhi sifatida ta‘riflanadi. Materiya harakatining shakllari bilan insoniyat oʻz tarixi boʻsagʻasidayoq tanishgan, xususan qadimda ishqalanish kuchi yordamida oʻt yoqish mexanik harakatni issiqlikka aylantirgan. Bugʻ mashinasining ixtiro qilinishi teskari jarayondan – issiqlik energiyasi mexanik harakatga aylanishidan da‘lolat bergan. Uzoq vaqt hukm surgan dunyoni idrok etishning mexanistik konsepsiyasi doirasida materiya harakatining barcha shakllari bir-biridan miqdor jihatidangina farq etishi taxmin qilingan. Materiya‘ning harakat shakllarini tasniflash tamoyillari: - materiya harakatining har bir shakli muayyan moddiy tashuvchi bilan bogʻliq boʻlishi lozim; - materiya‘ning harakat shakllari sifat jihatidan turlicha va oʻzaro bogʻlanmaydi; - tegishli shart-sharoitlarda ular bir-biriga aylanadi; - materiya‘ning harakat shakllari murakkablik darajasiga koʻra farq qiladi, oliy shakl quyi shakllar sintezi sifatida tushuniladi. Bunda oliy shakllarning quyi shakllardan uzoqlashishiga ham, oliy shakllarning quyi shakllarga mexanik bogʻlanishiga ham yoʻl qoʻymaslik muhimdir; - moddiy tizimlarning har bir turida bosh, oliy va ikkinchi darajali, quyi shakllar farqlanishi lozim; - materiya harakat shakllarining tasnifi fanlar tasnifining negizi hisoblanadi. Download 115.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling