Xavfsizlik qoidalari


Download 36.01 Kb.
bet1/4
Sana15.12.2022
Hajmi36.01 Kb.
#1008173
  1   2   3   4
Bog'liq
Laboratoriya ishi 1


Laboratoriya ishi № 1
LABORATORIYADA ISHLASHDA XAVFSIZLIK QOIDALARI
Talabalar laboratoriya ishlarini bajarishdan oldin texnika xavfsizligi talablari bilan tanishgan bo‘lishlari shart.
Talabalar amaliy mashg‘ulot darslarini olib boruvchi o‘qituvchi yordamida texnika va yong‘inga qarshi havfsizlik qoidalarini o‘rgangach va yo‘riqnoma bilan tanishgach amaliy mashg‘ulot ishlariga qo‘yiladi.
Talaba har bir ishni boshlashdan oldin ish uslubiyatini yaxshilab o‘qishi, asosiy tomonlarini aniqlashi va amaliy ishni bajarish jarayonida o‘qituvchining ruxsatisiz ishni bajarish texnikasidan chetga chiqmasligi kerak.
Asosan ish tik turgan holda bajariladi, o‘tirib ishlashga faqatgina alangalanish, portlash va suyuqliklarning sachrab ketishi havfi bo‘lmagandagina ruxsat beriladi.
Havo so‘ruvchi shkaflarida ishlash paytida shamollatish samaradorligini oshirish maqsadida shkaf eshigini 1/3 – 1/4 qismga ko‘tarib qo‘yish kerak. Ish tugagach eshikni jipslab yopish kerak.
Suyuqliklarni haydash jarayonida sovituvchi suv sarfini rostlab, sovutgich holatini va o‘rnatilishini uzluksiz nazorat qilib turish lozim.
Ishlatilgan o‘yuvchi ishqorlar (ishqorlar, kislotalar, kislotali suvlar va hokazo) neytrallangandan keyingina kanalizatsiyaga to‘kilishi lozim. Bundan oldin ularni shumaqsadda ishlatiladigan mos yorliqli shisha idishlarga quyish kerak. Shuningdek kanalizatsiyaga turli yonuvchi organik erituvchilarning qoldiqlarini ham quyish qat’iyan taqiqlanadi. Bu qoldiqlarni maxsus idishlarga quyish lozim.
Barcha qurilmalar isituvchi va boshqa uskunalarni talabalar faqatgina o‘qituvchi yoki laborant ruxsati bilan o‘chirishi yoki yoqishi mumkin. Ishlab turgan uskunalarni nazoratsiz qoldirish qat’iyan taqiqlanadi.
Laboratoriyada hardoim qumi bor quti, o‘to‘chirgich va yong‘inga qarshi choyshab bo‘lishi kerak. Yong‘in chiqqan holda eng avvalo gaz va elektr isitgich uskunalarini o‘chirish, yaqin atrofdagi yonuvchi moddalarni havfsiz joyga o‘tkazish va shundan keyingina yong‘inni o‘chirishga harakat qilish lozim.
Agar havo so‘ruvchi shkafda yong‘in chiqsa darhol shamollatish kanalining shiberini yopish kerak, aks holda kanal orqali yong‘in tarqalib ketadi. Shundan so‘ng yong‘inni o‘chirish choralarini ko‘rish lozim.
Elektr uzatgichlari yongan hollarda liniyadagi tokni o‘chirish va qum, asbest yopqich, o‘t o‘chirgich bilan yong‘inni o‘chirish choralarini ko‘rish kerak.
Texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik baxtsiz hodisalarga olib keladi.
Har bir laboratoriya ishini o‘tkazish jarayonida uskuna bilan ishlash yo‘riqnomalari (instruksiyasi)ga amal qilish shart.
Talaba texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishgandan so‘ng maxsus jurnalga imzo chekadi.
Texnika xavfsizligi talablari quyidagilardan iborat:

  • ishlab turgan uskunalarning to‘siqlarini olib tashlash yoki uni joyiga qo‘yish man etiladi,

  • uskunalarni aylantiruvchi qayishlarning sirpanish tezligini kamaytirish uchun ularga kanifol, smola kabi moddalarni surkash yoki qayishlarni tortish, qaytadan tikish kabi ishlarni uskunalar to‘la to‘xtamaguncha bajarish mumkin emas;

  • uskuna ishlab turganda uni tozalash, aylanib turgan qismlariga yog quyish yoki boltlarini tortish man etiladi;

  • uskunaning noto‘gri ishlayotgani sezilgan taqdirda yoki odatdagidan qattiq taqillash va shovqin eshitilganda, uni darhol to‘xtatib, bu haqda laborant yoki o‘qituvchiga xabar berish kerak;

  • uskunani hushyorlik va ehtiyotkorlik bilan, xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda ishga tushirish;

  • uskunani sozlashni faqat o‘qituvchining ruxsati bilan amalga oshirish;

  • agar uskunalar bosim ostida yoki issiqlik quvvati bilan ishlayotgan bo‘lsa, oldindan ular bilan ishlash qoidalarini o‘rganib olish shart.

Talaba har bir ishni boshlashdan oldin quyidagilarga e’tibor berishi tavsiya etiladi:



  • laboratoriya ishini boshlashdan oldin uning mazmuni va maqsadini yaxshi tushunib olish;

  • laboratoriya asbob-uskunalari bilan ishlash qoidalari bilan tanishish;

  • texnika xavfsizligiga rioya qilish;

  • laboratoriya ishini bajarish uchun qo‘shimcha o‘quv adabiyotlaridan foydalanish;

  • laboratoriya ishi yakunlanganidan so‘ng, jadval tuzish va uni to‘ldirib, rasmlarini rasmiylashtirib tahlil qilish;

bajarilgan laboratoriya ishi yuzasidan o‘qituvchiga hisobot berish;

Download 36.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling