Xavfsizlik qoidalari


Ba’zi moddalar bilan ishlashda ko‘riladigan ehtiyot choralari


Download 36.01 Kb.
bet3/4
Sana15.12.2022
Hajmi36.01 Kb.
#1008173
1   2   3   4
Bog'liq
Laboratoriya ishi 1

Ba’zi moddalar bilan ishlashda ko‘riladigan ehtiyot choralari


Metall holidagi natriy va kaliy bilan ishlashda ehtiyot bo‘lish kerak. Ehtiyotsizlik bilan ishlash, ko‘pincha, ko‘ngilsiz hodisalarga olib keladi.
Metall holidagi natriy va kaliyni yog‘och probka bilan berkitilgan bankada kerosin yoki toluolda saqlash kerak.
Natriy va kaliy bankadan qisqich bilan olinadi, kerakli miqdor natriy skalpel bilan qirqib olinib, qolgan qismi qaytarib bankaga solinadi. Natriy va kaliy sirtida hosil bo‘lgan parda pichoq bilan tozalanadi, so‘ngra filtr qog‘ozi orasiga olib tozalanib tezda reaksiyaga kiritiladi.
Natriy va kaliy qoldiqlarini rakovinaga tashlash yaramaydi (aks holda portlash yuz beradi), uni axlat chelagiga ham tashlab bo‘lmaydi (yong‘in chiqadi). Natriy va kaliy qoldig‘i yo bankaga qaytarib solinadi, yoki (agar ular ish uchun yaroqsiz bo‘lsa) spirtda eritib yuboriladi.
5 Natriy va kaliy bilan olib boriladigan tajribalarni yaqin turgan kishilardan bir oz narida, himoya ko‘zoynagini taqib o‘tkazish kerak.
Yonuvchi moddalar bilan ishlash.
1. Etil efir, spirt, benzol, aseton, sirka etil efir, petroley efir va boshqa tez yonuvchi moddalar bilan ishlaganda bu moddalarni ochiq alangada qizdirish, alanga yaqinida saqlash kerak emas. Bu moddalarni suv hammomida yoki maxsus elektr plitalaridagina qizdirish mumkin.
2. Yonuvchi va oson bug‘lanuvchi moddalarni yupqa devorli shisha idishlarda saqlash kerak emas.
3. Yonuvchi moddalarni axlat yashigiga to‘kish yaramaydi.
4. Yonuvchi moddalarni ish stolida juda oz miqdorda saqlash mumkin. Ishlatib bo‘lgandan keyin u moddalarni darhol maxsus ajratilgan joyga olib qo‘yish lozim.
Konsentrlangan kislotalar bilan ishlash.
1. Konsentrlangan kislotalar bilan ishlashda, ayniqsa ularni qizdirishda nihoyatda ehtiyot bo‘lish kerak.
Biror yerimizga konsentrlangan kislota tegsa, qattiq og‘riydi, qiyin tuzaladigan yara hosil qiladi va yaraning o‘rni chandiq bo‘lib qoladi. Kiyimga yoki poyabzalga konsentrlangan kislotalar tegsa, ular ishdan chiqadi.
2. Konsentrlangan sulfat kislotani suyultirishda, kislotaga suv emas, balki suvga kislotani oz-ozdan qo‘shish kerak, aks holda, kislota sachrab portlashi mumkin.
Nitrat kislotani sulfat kislota bilan aralashtirish kerak bo‘lsa nitrat kislota sulfat kislotaga oz-ozdan qo‘shiladi. Oz miqdorda, ya`ni 2-3 ml kislotalarni probirkada aralashtirish mumkin, bunda ham yuqoridagi qoidaga rioya qilinadi.
3. Probirkadagi kislotalar bilan ishlashda probirkaning og‘zini o‘zidan chetga qaratib ushlash kerak, chunki reaksiya jarayonida probirkadagi suyuqlik sachrab, kishini kuydirishi mumkin.
4 Kislota tekkan joyni darhol yaxshilab yuvish, so‘ngra dori surtib vrachga murojaat qilish kerak.

Download 36.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling