Bugun, kecha har kuni hech bir inson ertalab uydan chiqar ekan yaxshi niyatlar bilan yo‘lga otlanadi


Download 14.19 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi14.19 Kb.
#1596337
Bog'liq
INSONIY TUYG‘U...


INSONIY TUYG‘U..
Bugun, kecha har kuni hech bir inson ertalab uydan chiqar ekan yaxshi niyatlar bilan yo‘lga otlanadi.
Nargiz ham bugun ajoyib niyatlarni dilga tugib ko‘chaga otlandi. -Inshaalloh u bugun stipendiya uchun plastik karta ochadi, ertaga esa unga pul tushadi.Shunday qilib nima bo‘lsayam uydagilardan pul so‘rab xijolat bo‘lmaydi bu qanchalar yoqimli edi. Ammo unday bg‘lib chiqmadi:
Nargiz darslarni a’lo kayfiyatda o‘tqazib chiqqach dekanat tomon otlandi. U xonaga kirarkan oldidan tyutr Akrom aka chiqdi.
-E Nargiz keling nima xizmat?
-Ustoz men hali stipendiya ololmadim, shunga bugun plastik karta ochsam....
-Tushunarli qizim, hozir sen buxgalteriyaga bor, ular nima qilishni aytadilar. U yerda Mashhura opang ishlaydi, Turdi bobo ham, shu ikkalalaridan biri seni ishingni ko‘rib beradi.
-Xo‘p ustoz, rahmat sizga men ketdim unda (u nim tabassum bilan xonani tark etdi).
Nargiz buxgalteriyaga kelgandi, o‘zi ko‘ngli bo‘sh qiz, xonaga kirarkan uning ko‘zi xushbichimgina ayolga tushdi.
-Assalomu alaykum kechirasiz mumkinmi?
- Vaaleykum assalom, ha keling, sizga kim kerak?
-Men Mashhura opani izlayotgandim.
-Xo‘sh xizmat, men bo‘laman Mashhura opangiz.
-Opa men stipendiant talabalardanman , plastik karta ochishim kerak ekan nomimga shunga sizni yonizga kelgandim ( u haddan tashqari qizarib ketgandi va buni o‘zi ham his qilib turardi).
-Bilasizmi biz reja asosida ishlaymiz, har bir talaba alohida kelib plastik ochaman desa, bilasizmi qancha mehnat qilishumizga to‘g‘ri keladi? Biz barcha talabalarning shaxsiy hujjatlarini yig‘ib olgach hammaga birdan plastik ochtiramiz, tushunarlimi?
Endi bu qizchaning ko‘zlarida allanechuk xomushlik, ma’yuslik bor edi. U sekingina “xo‘p’’ dediyu ko‘chaga otildi. Atrof shu qadar sokin, hamma qayergadir shoshardi, yomg‘ir yog‘a boshladi . Qiz unsiz ko‘z yosh to‘kardi... . U shu ko‘yi xonasigacha bordi odatda kayfiyati doim alo bo‘ladigan bu qizcha bir kun faqat yig‘lardi. Axir biz kim bo‘lishimizdan, qanday mansabda ishlashimiz yoxud o‘qishimizdan qat’iy nazar ozgina shirin so‘zni, iliqlikni boshqalardan qizg‘onamiz.

QarDU talabasi MMM 10.06.2022
Download 14.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling