Amaliy mashg’ulot № mavzu: Plastik materiallarning yuzasi bo’ylab plastik deformatsiyalab iishlov berish. Topshiriq
Download 210.91 Kb.
|
Амалий машгулот №2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Prokatkalashda metallni valiklar bilan tutib olish imkonini aniqlash uchun
- 2.1-rasm. Siquvchi trio kletidagi (uch valikli klet) valiklardagi kalibrlarni joylashuvi.
- 2.2-rasm.Ishqalanish burchagini aniqlash sxemasi.
- 2.3-rasm. Silindrik valiklarda prokatkalash sxemas
- Nazorat savollari
AMALIY MASHG’ULOT № 2. MAVZU: Plastik materiallarning yuzasi bo’ylab plastik deformatsiyalab iishlov berish. Topshiriq: Plastik materiallarning yuzasi bo’ylab plastik deformatsiyalab ishlov berishni o’rganish. Metallarga bosim bilan ishlov berishning mohiyati shundan iboratki, materialga kattaligi uning elastiklik chegarasi qiymatidan yuqori bo‘lgan tashqi yuklama ta’sir qiladi, kristall panjarada yangi barqaror holat hosil bo‘ladi. Bunday hodisaga plastik deformatsiya deb aytiladi. Metallarga sovuqlayin ishlov berish – metalllarga qayta kristallanish haroratidan past haroratda amalga oshiriladi. Metallarga issiqlayin ishlov berish – metalllarga qayta kristallanish haroratidan yuqori haroratda amalga oshiriladi. Bu o’rganib chiqishga tavsiya etilgan amaliy mashg’ulot tayyorlanmalarni qizdirilgan holda prokatkalash usili bilan olishga bog’ishlangan. Birinchi kalibrni siquvchi kletida joylashgan valiklar orqali kalibrovkalash 2.1-rasmda tasvirlangan. Bunda konstruktsion po’latdan tayyorlangan ko’ndalang kesimini boshlang’ich o’lchami 320X310 mm bo’lgan tayyorlanma prokatkalanadi. Prokatka harorati 1200 °C iborat bo’ladi. Prokatlanuvchi po’latni kimyoviy tarkibi: 0,5%S, 0,7% Mp, 0,9% Sg. Prokatkalashdagi valiklarni aylanishlar hastotasi n = 1,26 s-1. Valiklar bolg’alangan po’latdan tayyorlangan. Yechimini topish: 1. Prokatkalashda metallni valiklar bilan tutib olish imkonini aniqlash uchun tutib olish burchagi bilan ishqalanish burchagini o’zaro solishtrish zarurati tug’iladi. Buning uchun metallni valiklar bilan tutib olish imkoni [31] tavsiyasiga asosan, α<β3 shart qanoatlantrilganda amalga oshadi. 2.1-rasm. Siquvchi trio kletidagi (uch valikli klet) valiklardagi kalibrlarni joylashuvi. Metallarni qizdirilgan holda prokatkalashda, qizdirish harorati 700ºC tashkil etgan holda ishqalanish koeffitsienti Ekelund formulasi orqali aniqlanadi: f = k (1,05…0.0005t) ( 2.1) bu yerda po’lat materialdan tayyorlangan valiklar uchun k = 1,0 cho’yan materialdan tayyorlangan valiklar uchunk = 0,8 ; t = metallarni prokatkalashdagi harorati, ºC. 2.2-rasm.Ishqalanish burchagini aniqlash sxemasi. Ishqalanish koffitsentini aniqlaymiz: f = 1,05 – 0,0006 x1200 = 0,45 Metallarga bosim ostida ishlov berishda va bu borada ko’p sonli amaliy masalalarni yechishda aniqlandiki ishqalanish koeffitsienti f dan tashqari keng ko’lamda ishqalanish burchagi ß dan foydalanib kelinyapti. Rasmdan ishqalanish burchagi ß va ishqalanish koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi: tg ß = T/ R = f ( 2.2) bu yerda T – ishqalanish kuchi; R- reaktsiya kuchi. Ishqalanish koeffitsientini kichik qiymatlarida taxminan quyidagini qabul qilish mumkin : tg ß = ß = f U holda valiklar bilan metallarni tutib olishdagi ishqalanish burchagini (2.2) formula orqali quyidaginiolish mumkin: ß3 = 240 151. 2.3-rasmdan r - ∆һ/2 = r cosα, bundan cosα = 1- ∆һ/D va tutish burchagi- α ni aniqlash mumkin. Kalibrdagi valiklarni diametrial o’lchamini quyidagicha aniqlaymiz: Dk=(Dv+Dn)/2=(485+ 465) / 2 = 475 mm. Agarda metallni siqilishi ∆һ = 320 - 275 = 45 mm ni tashkil etsa, cos α = 1 - ∆һ / Dk = 1- 0,45 /0,475 = 0,9053, bunda tutish burchagiα = 25°50'. Ko’rib chiqqan misolimizda tutish burchagi α ishqalanish burchagi Β3 dan bir necha barobar katta bo’lib chiqdi. Bunday holat o’z navbatida metallni valik bilan tutib olishini qiyinlashtradi. 2.3-rasm. Silindrik valiklarda prokatkalash sxemasi. Ma’lum bo’lishicha metallarni valok bilan tutib olishni bir necha usullari bor. Ko’p hollarda prakatlash stanlarini brinchi kalibrlarini yuzalarini tirnash va qoplamalar hosil qilish orqali suniy dag’allashtiriladi. Tayyor maxsulot yuzasida nuxsonlarni poydo bo’lishi sezilarli darajada bo’lmaydi. Valiklarda metallarni tutib olish ishonchliligi α =32°kichik miqdorida tahminlanadi. Nazorat savollari Silindrik valiklarda prokatkalash sxemasidagi H balandlik nimaga asoslangan ? Siquvchi trio kletidagi valiklardagi kalibrlarni joylashuvi nimaga asoslangan? Ekelund formulasi qanday aniqlanadi ? Tayyor maxsulot yuzasidagi nuxsonlarni poydo bo’lishi nimalarga bog’liq? Download 210.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling