1. Inson resurslarining hayot sifati kursatkichi Inson taraqqiyoti ziddiyatlari


Download 100 Kb.
bet1/5
Sana16.06.2023
Hajmi100 Kb.
#1502159
  1   2   3   4   5
Bog'liq
9-ma\'ruza. Inson resurslari


9-Mavzu: INSON RESURSLARI KAR’ERASINI REJALASHTIRISH VA RIVOJLANTIRISH
Reja:
1. Inson resurslarining hayot sifati kursatkichi
2. Inson taraqqiyoti ziddiyatlari
3. Inson salohiyati taraqqiyoti indeksi ko‘rsatkichlari
4. Inson kapitali va ISTIga ta’sir etuvchi omillar
1. Inson resurslarining hayot sifati kursatkichi

Hayot sifati deganda biz insonlarning yashash sharoitlarini tushunamiz. Bunda ularning moddiy ne’matlar bilan (oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy) ta’minlanganligi, xavfsizligi, tibbiy xizmatlar ulushi, bilim olish imkoniyatidan foydalanishi, atrof-muhit holati, jamiyatda ijtimoiy munosabatlari darajasi, siyosiy maydonda erkin fikr yuritishi va so‘z erkinligi kabi ko‘rsatkichlar nazarda tutiladi.


Hayot sifati insonlar hayot tarzining barcha jabha va sohalarini o‘z ichiga olib, tabiat, oila, ish faoliyati, ijtimoiy faoliyat, o‘qish, bo‘sh vaqtni sarflash bilan belgilanadi.
Insonlarning mehnat faoliyatini amalga oshirish sharoitlarini, mehnat hayotining sifati, deb atash qabul qilingan. Keng ma’noda bu ko‘rsatkichga ish joylari, ishlab chiqarish holati (t0da, namlik, chang, shovqin, vengelesiya)ning ulushi va uni tashkil etish, korxona mehnat jamosidagi o‘zaro aloqalar va boshqalar kiradi.
Hayot sifatining turli taraflari yuz yillar davomida dunyoviy bilimlar – falsafa, sotsiologiya, va iqtisodiy bilimlarda aks etib kelgan.
O‘z davrida Aristotel «Davlatning maqsadi – bu, yuqori hayot sifatiga erishishda birgalikdagi harakatdir»1, degan edi.
Hayot sifati nazariyasining rivojlanishiga E. Dyurkgeym, M. Veber, E. Meyo, A. Maslou kabi olimlar katta hissa qo‘shishgan. D. Gelbreyt ilmiy qarashlaridan so‘ng o‘tgan asrning 80-yillarida «hayot sifati» tushunchasi keng qo‘llanila boshlandi.
Ilmiy tahlilda hayot sifati biror mezon bilan aniqlash yoki taqqoslashni talab qiladi. Ma’lumki, har qanday jarayonni yoki ob’ektni o‘rganish uchun uni baholashning ma’lum etalonini aniqlash lozim. Bunday etalon norma, standart, qoida, urf-odat yoki me’yorlarga asosan o‘rnatiladi, mahsulot sifati esa tasdiqlangan standartlar, texnik sharoitlar, parametrlar darajasiga mosligiga ko‘ra aniqlanadi.
Hayot sifati – inson ehtiyojlarini qondirish darajasini harakterlab, shaxsiy ehtiyojning urf-odat, qadriyatlar va normalarga mos kelishini belgilab beradi. Bu ko‘rsatkich turli halqlarda turlicha bo‘lishi mumkin.
Insonlarning hayot sifati ko‘rsatkichlarini tahlil etish va rejalashtirishda turli ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi. Odatda, bu ko‘rsatkichlar ijtimoiy indikatorlar, ham deb ataladi.
Ijtimoiy indikatorlar ob’ektiv tavsiflar berib, unda moddiy ne’matlar iste’moli darajasi, o‘rtacha hayot kechirish darajasi, ta’lim tizimi kabi ko‘rsatkichlar bilan birga sub’ektiv tavsiflar, ya’ni insonlarning turmush tarzi sharoitlarini qabul qilish darajasi bilan aniqlanadi.
Jahon iqtisodiy adabiyotida «inson hayoti sifati» («Quality of life» QOL) tushunchasi bilan birgalikda «sub’ektiv to‘kin-sochinlik» (SWB subjection well-being) atamasi ham qo‘llaniladi.
Insonning hayot sifati turli davrlarda turlicha talqin qilingan. Bu ko‘rsatkich millatlar o‘rtasida ham nisbiy harakterga ega. Masalan, amerikaliklarning hayot sifati bilan Afrika davlatlaridagi qabilalarda yashovchilarning turmush tarzi bir-biridan keskin farq qiladi. Fan-texnika taraqqiyoti ham hayot sifatiga keskin o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadi. Yevropa, Amerika, Yaponiya aholisi hayotini “Internet”siz tasavvur qilaolmaydi, rivojlanayotgan davlatlar esa matbuot, radio yoki oddiy televideniya bilan cheklanadi.
Har bir millat miqiyosida hayot sifati darajasi hayotda insonning maqsadidan kelib chiqadi.
Inson o‘z faoliyati davrida quyidagi asosiy maqsadlarga erishishni oldiga qo‘yadi:

  1. moddiy ne’matlar;

  2. hokimiyat va mashhurlik;

  3. bilim va ijod;

  4. moliyaviy takomillashuv.



Download 100 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling