1. Inson resurslarining hayot sifati kursatkichi Inson taraqqiyoti ziddiyatlari


Download 100 Kb.
bet2/5
Sana16.06.2023
Hajmi100 Kb.
#1502159
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-ma\'ruza. Inson resurslari

11.2. Inson taraqqiyoti ziddiyatlari

Dunyo taraqqiyoti insonlar moddiy farovonligining o‘sib borishi bilan harakterlanadi. Moddiy ne’matlarning ko‘payib borishi ishlab chiqarish, ijtimoiy, aqliy va ma’naviy sohalar va inson ta’siri ostida tabiiy resurslardan foydalanish rivojlanib borishi bilan belgilanadi.


Insonlar hayot sifati ko‘rsatkichi dinamikasi, birinchi navbatda, moddiy ne’matlarni iste’mol qilishning miqdor va sifat jihatidan oshib, o‘rtacha umr ko‘rish davri ish vaqti qisqarishi bilan esa qisqarishi sodir bo‘ladi. Ushbu ko‘rsatkichlarining oshib borishi XVIII asr oxiriga kelib turli ixtiro va kashfiyotlarni(to‘quv mashinasi, bug‘ mashinasi) ishlab chiqarishda qo‘llash tufayli ro‘y bera boshladi. Natijada mehnat unumdorligi ko‘rsatkichining o‘sib borishi ro‘y berdi. Bu davrda /arbiy Yevropa va Shimoliy Amerika davlatlarida ish vaqtining qisqarishi, moddiy va aqliy ne’matlar iste’molining ko‘payib borishi kuzatildi.
1914 yili G. Ford zavodlarida 41 soatlik ish haftasi joriy etildi. Hozirgi davrga kelib rivojlangan davlatlarda haftalik ish vaqti 33-40 soatni, haq to‘lanadigan ta’til davri esa 4-6 haftani tashkil etadi. Mamlakat miqyosida aholi moddiy farovonligining o‘sib borishi, eng avvolo, shu davlat miqyosida YAMMning o‘sishi bilan belgilanadi. Bu esa, o‘z navbatida, tabiiy resurslardan ko‘proq foydalanishni talab etadi. Buning natijasida atrof-muhitni himoya qilish muammosi kelib chiqadi. Hozirgi davrga kelib, jahon ekotizimining 70%i izdan chiqqanligi ma’lum. Ekologik muammolar respublikamizni ham chetda qoldirmagan. Buni birgini Orol muammosi orqali ham bilamiz.
Dunyo taraqqiyotidagi yana bir tendensiya – jinoyatchilikning o‘sib borishidir. BMTning to‘rtinchi ma’ruzasi Ma’lumotlarida qayd etilishicha, 1985-1990 yilllarda dunyo miqyosida jinoyatchilik yiliga o‘rtacha 5% o‘sgan, bu ko‘rsatkich, ayniqsa, rivojlangan davlatlarda yuqoriligicha qolmoqda. Iqtisodiy jihatdan jinoyatchilikning yashirin iqtisodiyotdagi ulushi yildan-yil o‘sib bormoqda.
Shu jihatlariga qarab, jahon sivilizatsiyasi rivojlanishining asosiy jarayonlari quyidagi jihatlari bilan harakterlanadi:

  • mehnat unumdorligining o‘sishi XVIII asr oxirlariga kelib sezilarli darajada ro‘y bera boshladi. Oxirgi o‘n yillikda rivojlangan davlatlarda bu ko‘rsatkich yiliga o‘rtacha 2-2, 5% ni tashkil etmoqda;

  • ish vaqtining o‘rtacha davomiyligi keyingi 200 yil mobaynida rivojlangan davlatlarda 2 barobar kamaydi, kelajakda yanada kamayishi kutilmoqda;

  • moddiy ne’matlar iste’moli miqdori ikkinchi jahon urushidan so‘ng 3-4 barobar o‘sdi. keyingi o‘n yil mobaynida bu jarayon ko‘rsatkich bir oz sekinlashib, o‘sish sur’ati yiliga 2%ni tashkil etmoqda;

  • aholining o‘rtacha tabiiy o‘sishi miqdor jihatdan bir oz pasaydi, keyingi yillarda esa bu boradagi ko‘rsatkich 1-1. 2 % ni tashkil etishi kuzatilmoqda;

  • o‘rtacha umr ko‘rish keyingi 200 yil mobaynida rivojlangan davlatlarda qariyb 2 marotabaga oshdi, biroq tabiiy ahvolning yomonlashuvi va insoniyatning turli kasalliklarga chalinishi (SPID) o‘rtacha umr ko‘rishning pasayish xavfini keltirib chiqarmoqda;

  • ishlab chiqarish faoliyati natijasida chiqindilar chiqarish darajasi o‘sib bormoqda. bu boradagi ko‘rsatkich yiliga 5%, o‘ta xavfli chiqindilar esa yiliga 7-8% miqdorida ko‘paymoqda. tabiatdagi ayrim resurslar yaqin o‘n yillarda tugab qolishi taxmin qilinmoqda.

  • jinoyatchilikning o‘sib borishi barcha davlatlarda kuzatilmoqda, BMT ma’lumotlariga ko‘ra, bu boradagi ko‘rsatkich yilliga o‘rtacha 5%ni tashkil etmoqda.

Demak, jahon miqyosida inson taraqqiyotining ijobiy va salbiy jihatlari mavjud.



Download 100 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling