1. Inson resurslarining hayot sifati kursatkichi Inson taraqqiyoti ziddiyatlari


Inson kapitali va ISTIga ta’sir etuvchi omillar


Download 100 Kb.
bet4/5
Sana16.06.2023
Hajmi100 Kb.
#1502159
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-ma\'ruza. Inson resurslari

11.4. Inson kapitali va ISTIga ta’sir etuvchi omillar
«Inson resurslari iqtisodiyoti» fanida «inson kapitali» tushunchasi yanada ko‘proq qo‘llanib kelinmoqda. Ma’lumki, KAPITAL o‘z-o‘zidan ko‘payib boruvchi qiymat hisoblanib, uning miqdori ishchi kuchining sifat darajasi o‘sishi bilan oshib boradi. Inson kapitali faqatgina insonga xos bo‘lib, uni 2 guruhga ajratishimiz mumkin:

«Inson kapitali» tushunchasini birinchilardan bo‘lib G. Beker tadqiq etgan. Uning 1964 yilda e’lon qilingan «Inson kapitali: nazariy va emperik tahlili» nomli asarida insonga investitsiya sarflash iqtisodiy rivojlanish asosi deb ta’kidlagan. Muayyan davlatda kambag‘allik darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, inson kapitali shuncha past darajada ekanligini anglaymiz yoki uning defitsitligiga ishonch hosil qilamiz.
Inson kapitali – kapital qo‘yilmaning o‘ziga xos shakli, bu kapitalni takror ishlab chiqarish va uning rivojlanishini ta’minlovchi jami sarf-harajatlar yig‘indisi. U ishchi kuchining faoliyatini yaxshilash va sifatini oshirishni anglatadi. Inson kapitali tarkibining ob’ektiga o‘rta umumiy ta’lim, maxsus ta’lim, o‘quv va yig‘ilgan tajriba kiradi.
Ma’lumki, hayoti, mehnat faoliyati davomida inson ijtimoiy ishlab chiqarishda asosiy rolni bajaradi. Unga investitsiya sarflash natijasida milliy boylik, iste’mol ne’matlari, moddiy va ma’naviy boylik yaratiladi. Inson kapitali esa, ishchi va xizmatchilarning sog‘lik darajasi, bilimi, mehnat unumdorligi, ishlab chiqarish hajmi, daromad miqdori, bilim va malakasining o‘sishiga ta’sir o‘tkazadi. Hozirgi davrda insonlarga sarflangan mablag‘ eng samarali va o‘zini tez oqlovchi kapitaldir. Bu tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan axborot texnologiya sohasida ham yaqqol seziladi.
Inson salohiyati taraqqiyotiga bir qancha omillar o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Ularni ob’ektiv va sub’ektiv ko‘rsatkichlarga ajratamiz.

Download 100 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling