Iqtisosiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxona nomoddiy aktivlari va moddiy resurslardan tejamkorlik asosida foydalanishni taminlash


Download 0.59 Mb.
bet1/9
Sana19.02.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1215115
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
IQTISOSIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA KORXONA NOMODDIY AKTIVLARI VA MODDIY


IQTISOSIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA KORXONA NOMODDIY AKTIVLARI VA MODDIY RESURSLARDAN TEJAMKORLIK ASOSIDA FOYDALANISHNI TAMINLASH
REJA:
KIRISH
I BOB. IQTISODIYOTNI MODERIZATSIYALASHTIRISH SHAROITIDA KORXONANING NOMODDIY AKTIVLARI

    1. Nomoddiy aktivlar to’g’risida tushuncha, ularning guruhlanishi va tasniflanishi

    2. Korxonalarda nomoddiy aktivlarni hisobga olish vazifalari

II. BOB. IQTISODIYOTNI MODERINIZATSIYALASHTIRISH SHAROITIDA KORXONANING MODDIY RESURSLARIDAN TEJAMKORLIK ASOSIDA FOYDALANISH
2.1. Korxonaning moddiy resurslari tarkibi va ularning turlari
2.2. Moddiy resurslardan foydalanish samaradorligi
III.XULOSA
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Nomoddiy aktivlarning tushunchasi ularning xususiyatlaridan kelib chiqadi. Ular moddiy ko’rinishga ega bo’lmagan, uzoq vaqt davomida xarajatlarga aylanib boruvchi, korxonaga kelajakda daromad keltiruvchi va aktivlarning bir qismini tashkil etadigan hamda huquqiy munosabatlarni o’zida mujassam qiluvchi aktivlar hisoblanadi. Shuningdek, nomoddiy aktivlar moddiy mohiyatga ega bo’lmagan aktivlarga bo’lgan va uning egalariga uzoq davr davomida muayyan daromad yoki boshqa xil foyda olishni ta’minlaydigan aktivlarga nisbatan mulkiy huquqlardir.
Umumlashtiradigan bo’lsak, korxona faoliyatida bir yildan ortiq ishtirok etadigan, kelgusida iqtisodiy naf keltira oladigan, indentifikatsiyalanuvchi, moddiy buyumlashgan shaklga ega bo’lmagan aktivlarga nomoddiy aktivlar deyiladi.
Nomoddiy aktivlar boshqa aktivlardan quyidagilar bilan farqlanadi:
– asosiy vositalardan – moddiy-mulkiy qiymatlikka ega bo’lmasligi bilan;
– tovarlardan – sotish uchun mo’ljallanmaganligi bilan;
– ishlab chiqarish zaxiralaridan – ishlab chiqarish jarayonida uzoq muddat (bir yildan ortiq) foydalanilishi bilan.
Ko’p hollarda, nomoddiy aktivlar deganda ma’lum qiymatlikka ega bo’lgan intellektual mulk ob’ektlari, mulk huquqlari tushuniladi.
Bozor munosabatlarining tobora rivojlanib borishi va erkinlashishi hamda raqobat muhitini keskinlashib borishi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarining aktivlari tarkibida nomodiy aktivlar hissasini orttirib borishni taqozo etadi.
Nomoddiy aktilar bo’lib, korxonaga mulkchilik xuquqlarida tegishli bo’lgan aniq, moddiy asosga ega bo’lmagan, pul shaklida bo’lmagan aktivlar hisoblanadi, ishlab chiqarishda, xizmat ko’rsatishda, ijara uchun yoki ma’muriy maqsadlarda bir yildan ortiq ishlatiladi va daromad keltiradi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling