3. Mavzu: Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida ntr bolalar nutqini mashg’ulotlarda kuzatish va tahlil etish
Download 24.82 Kb.
|
LOGO 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Nutqning to’liq rivojlanmaganligi va oligofreniyani differentsial tashxis qiling.
- 4. Nutqning to’liq rivojlanmaganligi va ruhiy rivojlanishning sustlashuvini differentsial tashxis qiling.
- 5. Nutqning to’liq rivojlanmaganligi va eshitishning buzilishiniing differentsial tashxis qiling.
3.Mavzu: Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida NTR bolalar nutqini mashg’ulotlarda kuzatish va tahlil etish.I. Talabalar bilimini tekshirish.1. NRT ning klinik ko’rinishlarini aytib bering. Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarni maxsus tekshirish bu kamchilikning turli xil klinik kо‘rinishlari mavjudligini kо‘rsatdi. Ularni shartli ravishda uch asosiy guruhga bо‘lish mumkin. Birinchi guruhdagi bolalarda faqatgina nutqning tо‘liq rivojlanmaganligi belgilarini kо‘rish mumkin. Ularda nerv-psixik faoliyat buzilishlari kuzatilmaydi. Bu nutq tо‘liq rivojlanmaganligining murakkab bо‘lmagan shakli hisoblanadi. Bu bolalarda markaziy nerv tizimining о‘choqli zararlanishi uchramaydi. Ularning anamnezida homiladorlikning kechishi yoki tug‘ruq paytida yaqqol ifodalangan kamchiliklarning kо‘rsatilmaganligini kо‘rish mumkin. Ikkinchi guruhdagi bolalarda nutqning tо‘liq rivojlanmaganligi bir qator nevrologik va psixo-patologik sindromlar bilan birga kechadi. Bu serebral organik genezdagi nutq tо‘liq rivojlanmaganligining murakkab turidir. Bunda dizontogenetik-ensefalopatik buzilishlarning simptomo kompleksi о‘rin olgandir. Ikkinchi guruh bolalarini nevrologik jihatdan puxta tekshirish jarayonida yaqqol ifodalanuvchi nevrologik simptomatika aniqlanadi. Bu simptomatika markaziy nerv tizimi shakllanishining kechikishi haqidagina guvohlik bermay, balki alohida miya tuzilmalarining yengil zararlanishi haqida ham guvohlik beradi. Uchinchi guruh bolalarida klinik jihatdan motor alaliya kabi belgilanuvchi, birmuncha о‘ziga xos va turg‘un nutq rivojlanmaganligi kuzatiladi. Bir qator xorijiy mualliflar terminologiyasi bо‘yicha nutq patologiyasining bu shakli «rivojlanish afaziyasi» yoki «tug‘ma afaziya» singari nomlanadi. Bu termin kattalardagi motor afaziyaga anologik holda vujudga kelgan. «Kattalardagi motor afaziya singari, bolalardagi nutq patologiyasining bunday shaklida ham bosh miya pо‘stloq nutqiy zonalarining zararlanishi yoki rivojlanmaganligi kuzatiladi va bunda birinchi navbatda broka zonasi zararlanadi»- bu taxminga asoslanib mualliflar yuqoridagi terminni kiritganlar. Kattalardagi afaziyadan farqli ravishda, alaliyada bosh miya nutq zonalarining erta zararlanishi (nutqkacha bо‘lgan davrda) natijasida nutq rivojlanmay koladi. 2. Kichik maktabgacha yoshdagi NTR va nutqiy rivojlanish tempining sekinlashuvini differentsial tashxis qilib bering. Eng avvalo nutq to ‘liq rivojlanmaganligini nutq shakllanishi tempining sekinlashuvidan farqlash lozim. Bunday zaruriyat asosan kichik maktabgacha yoshda, qachonki nutq rivojlanshining kechikishi va uning rivojlanish tempini sekinlashuvi aniqlanganda yuzaga keladi. Bu hollar birmuncha to ‘g ‘ri farqlash ta ’limiy logopedik ta ’sir jarayonida amalga oshiriladi. Muhim diagnostik mezonlardan biri, bola tomonidan ona tilidagi grammatik normalami о ‘zlashtirish imkoniyati hisoblanadi. Yuqorida ta ’kidlanganidek, nutqiy rivojlanishning birinchi darajasida, nutqning to ‘liq rivojlanmaganligiga ega bola so ‘zlaming grammatik о ‘zgarishlarini deyarli butunlay tushunmaydi. Nutqiy rivojlanish tempining sekinlashuvida bola о ‘ziga qaratilgan nutqni, shu jumladan so ‘zlaming grammatik о ‘zgarishlari ahamiyatini ко ‘pincha yetarli darajada yaxshi tushunadi; ular o ‘xshash jaranglovchi s o ‘zlar ahamiyatini tushunishda xato qilmaydilar. Nutqiy rivojlanish tempining sekinlashuvida nutq tiklanishi jarayonida s o ‘z tarkibi buzilishlari va agrammatizm uchramaydi. Nutqi to ‘liq rivojlanmagan bolalar uchun bu xarakterli va turg‘un hoi hisoblanadi. 3. Nutqning to’liq rivojlanmaganligi va oligofreniyani differentsial tashxis qiling.Oligofreniya deganda, murakkab psixik faoliyat shakllarining va eng awalo abstrakt-mantiqiy tafakkur rivojlanmaganligining alohida ko‘rinishi tushuniladi. Bunday holat bolaning homilalik davrida va bola hayotining erta davrlarida bosh miya p o ‘stloq‘ining organik jarohatlanishi natijasida yuzaga keladi. Maktabgacha yoshdagi nutq to iiq rivojlanmaganligi va oligofreniyada nutq nuqsonlarining tashqi o ‘xshash jihatlariga qaramay, keyingi yosh davrlarida ular orasida muhim farqlar yuzaga keladi. Chunonchi, oligofreniyaning yengil darajasida (debil) bolalar 6—7 yoshlarga kelib ona tilidagi oddiy grammatik stereotiplarni spontan egallaydilar. Ular til vositalarini qoilash qoidalarini eslab qoladilar. Aqli zaif bola nutqni intuitsiyaga asoslangan holda oson o ‘zlashtiradi, ammo tilni o ‘qitishda, yuqori darajada umumlashgan tilning leksik va grammatik ahamiyati mazmunining tushunishda turg‘un qiyinchiliklarni boshdan kechiradi. 4. Nutqning to’liq rivojlanmaganligi va ruhiy rivojlanishning sustlashuvini differentsial tashxis qiling.Psixik rivojlanish sustlashuvining quyidagi o ‘ziga xos belgilari mavjud: atrof olam haqidagi tasaw urlar va bilim boyligining bola yoshiga to ‘g ‘ri kelmasligi va chegaralanganligi, bilish faolligining past darajadaligi, ixtiyoriy faoliyat va xulq-atvor boshqaruvining yetarli emasligi, normal rivojlanayotgan xuddi shu yoshdagi bolaga n isb atan p ertsep tiv ma’lumotlarni qabul qilish va tahlil qilish qobiliyatining pastligi holatlari kuzatiladi. Bundan tashqari psixik rivojlanishi sustlashgan bolalaming aksariyat qism ida ixtiyoriy diq q at, xotira va boshqa oliy psixik funksiyalarning yetarli shakllanmaganligi kuzatiladi. Psixik rivojlanishi sustlashgan bir guruh bolalarda aqliy yetishmovchilik, boshqa guruhida psixik infantilizm turi b o ‘yicha hissiy-irodaviy buzilishlar ustunlik qiladi. Psixik rivojlanishi sustlashgan o ‘quvchilarning lu g ‘at boyligi kambag‘alligi va yetarlicha differensiatsiyalashmaganligi bilan ajralib turadi: bolalar ma’no jihatdan yaqin so'zlarni yetarli tushunmaydilar va aniq qoilamaydilar. Lug‘atining chegaralanganligi m a’lum miqdorda atrof olam haqidagi tasawurlari va tushunchalarining yetarli emasligi, bilish faolligining pastligi bilan belgilanadi. Shaxsiy faoliyati boshqaruvining zaifligi nutqiy bayon qilishni rejalashtirishdagi qiyinchiliklarni va uni grammatik jihatdan to ‘g‘ri tuza olmaslikni keltirib chikaradi. 5. Nutqning to’liq rivojlanmaganligi va eshitishning buzilishiniing differentsial tashxis qiling.B o lalar n u tq i r iv o jlan ish id a es h itis h n in g r o li—n u tq to ‘liq rivojlanmaganligini eshitish buzilishlari negizidagi nutq kamchiliklaridan farqlash muhimligini belgilaydi. Eshitishning pasayishi tufayli yuzaga kelgan nutq buzilishlari ma’lum darajada eshitishni yo'qolishi vaqti va eshituv nuqsoni xarakteriga bogiiq boiadi. Nuqson xarakteriga ko‘ra barcha eshitish buzilishlari konduktiv va neyrosensorga bo‘linadi. Konduktiv buzilishda ichki va tashqi quloqda tovush o ‘tkazuvchanligi buziladi. Neyrosensorda ichki quloq, eshitish nervi, uning yadrolari yoki bosh miya pustlog‘ida joylashgan eshitish zonaiarining jarohatlanishi kuzatiladi. Neyrosensor buzilishlar birmuncha ko'proq uchraydi. Eshitish buzilishi zaif eshitish va karlikka boiinadi. Bolalarda eshitish buzilishlari paydo b o iish vaqtiga ko‘ra 3 ta guruhga boiinadi: tug‘ma, tug'ruq vaqtida yuzaga keluvchi va tug‘ilgandan keyin orttirilgan. Eshitish analizatori funksiyasidagi kamchiliklar nutqning barcha tomonlari fonetik, leksik, grammatik, mazmun tomonlari buzilishiga, bir qator hollarda esa nutqning butunlay yo‘qolishiga olib keladi. Bunda nutqiy rivojlanmaganlik darajasi nafaqat eshituv nuqsoni og‘irligiga, balki uning paydo boMishi vaqti va bolaning rivojlanish shart-sharoitlariga ham bog‘liqdir (R.M. Boskis). Ushbu omillarni hisobga olish diagnostikada m uhim ahamiyatiga ega. R.M. Boskis zaif eshitish negizida nutq rivojlanmaganligining alohida shakllarini ajratadi. Download 24.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling