3-mavzu: Media maydonda axborot tarqatish madaniyati Reja
Download 180.53 Kb.
|
3-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kontentning maqsadli auditoriyasi, foydalanuvchilari, uni ishlab chiqaruvchi hamkorlar Mediaauditoriya
- Birinchi
Zo‘ravonlik va media
Mediakontent yuzaga keltiradigan hissiyotlar o‘z tabiatiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Ammo bu ma’noda ta’siri darajasi borasida individuallashgan zo‘ravonlik mavzusi alohida o‘rin tutadi. Masalan, militsiya haqidagi seriallar, kriminal lavhalar, qonli sahna va detektivlarning muttasil namoyish etilishi tajovuzkorlikni yuzaga keltirishi, eng yomoni, auditoriyada zo‘ravonlikka moyillik hissini shakllantirishi mumkin. Shuning uchun ham yosh jurnalistlardan shaxsiy mediakontentni yaratish jarayonida uning auditoriyaga qanday ta’sir ko‘rsatishini oldindan ko‘ra bilishi talab etiladi. Medialar o‘z-o‘zidan tajovuzkor xatti-harakatni shakllantirmaydi. Muammo voqelikni bir yoqlama talqin etilishida hamda yoshlarning bunga parallel ravishda virtual urush o‘yinlari, qirg‘inbarotga asoslangan ko‘ngilxushliklar, blokbasterlar, reklamalar va h.k.larga berilib ketishida namoyon bo‘ladi. Sanab o‘tganlarimiz yoshlarda zo‘ravonlik va tajovuzkor xatti-harakatlarning yuzaga kelishini kuchaytiradi. Sababi ular bu kabi mediamatnlar ta’siri ostida mojaroli vaziyatlarga yechim topishning yagona to‘g‘ri yo‘li va vositasi zo‘ravonlik degan xulosaga keladi. Shu bois, masalan, fojeali voqea yoki davlatlar o‘rtasidagi nizolarga bag‘ishlangan hujjatli film tayyorlayotgan jurnalistlar o‘rta yo‘lni tanlab, ushbu voqealardan jabr ko‘rganlarning holatini ham, mojaroni tinch yo‘l bilan hal etishga urinayotganlarning intilishini ham ko‘rsatib berishi lozim bo‘ladi. Kontentning maqsadli auditoriyasi, foydalanuvchilari, uni ishlab chiqaruvchi hamkorlar Mediaauditoriya – OAVning, shuningdek ommaviy axborot taqdim etuvchi boshqa manba va yetkazib beruvchilarning mahsulotidan har kuni foydalanadigan aholi, bolalar va kattalar hisoblanadi. Mediaauditoriyani o‘rganishning ikkita an’anaviy usuli mavjud. Birinchi usulda mediamahsulotdan foydalanuvchi barcha iste’molchilar, yoki media va kommunikatsiya sanoati o‘zi uchun “maqsadli auditoriya” deb hisoblaydiganlar o‘rganiladi. Ikkinchi yondashuv esa qabul qilish nazariyasiga asoslangan, ya’ni auditoriya tarkibiga media va axborotni qabul qilish va talqin etishning faol ishtirokchilari kiritiladi. Bundan tashqari, ushbu maqsadlarda faoliyat nazariyasi ham qo‘llaniladi, ya’ni media bilan faol o‘zaro hamkorlik va ishtirok tahlil qilinadi. Ayniqsa, iste’molchilar tomonidan kontent yaratilishi o‘rganilganda shu jihatga alohida e’tibor qaratiladi. Download 180.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling