3-mavzu: Media maydonda axborot tarqatish madaniyati Reja
Download 180.53 Kb.
|
3-Mavzu
Maqsadli auditoriya o‘z ichiga yoshi, jinsi, daromadi miqdori yoki qiziqishlari kabilarga ko‘ra umumiy tavsiflarga ega bo‘lgan o‘quvchi, tomoshabin va tinglovchilarni qamrab oladi. Bular aniq guruh bo‘lib, unga mo‘ljallab media va boshqa tashkilotlar kontent yaratadi va o‘z yangiliklarini taklif etadi. Masalan, reklama beruvchilar o‘ziga muayyan auditoriyaga chiqish (ta’sir ko‘rsatish) imkonini beradigan efir vaqti yoki joyni sotib olishdan manfaatdor bo‘ladi. Xususan, televidenie sohasida reklama beruvchilar praym-taym (eng qiziqarli dasturlar efirga uzatiladigan) vaqtini sotib olishni ma’qul ko‘radi.
Har safar mediamatnni o‘qigan yoki tinglagan vaqtimizda bizga ma’lum bir medianing maqsadli auditoriyasi sifatida qarash mumkin. Bizning munosabatimiz shaxsiy ijtimoiy bilim va tajribamizga tayanadi, biz ularni mazkur matnni anglash jarayonida qo‘llaymiz. Biz mediadan xabar yoki axborot qabul qilganimizda uni o‘z dunyoqarashimiz va mafkuramizdan kelib chiqqan holda talqin etamiz. Shunday bo‘lishi ham mumkinki, matnning ma’lum bir qismini qabul qilish, boshqa unsurlarini rad etish orqali ham uning ahamiyatini buzib yuborishimiz mumkin. Film yoki fotosurat mohiyatining tuzilishi (kamera rakursi, surat ko‘rinishi, redakturasi va boshqalar vositasida) ham auditoriya tomonidan turlicha talqin qilinishiga ta’sir ko‘rsatadi. Raqamli medianing keng tarqalishi urg‘uning bosma va efir orqali tarqatiladigan axborot uchun xos bo‘lgan an’anaviy “bitta–ko‘pchilikka” kommunikatsiya modelidan “o‘zaro teng” muloqot modeliga ko‘chishiga sabab bo‘ldi. Bunda jamoaviy ijod va kontent almashinuvi, ya’ni media bilan va media vositasida turli o‘zaro munosabatlar osonlashadi. Raqamli kontent ko‘pdan ko‘p qurilmalar, radio, televidenie, shaxsiy kompyuterlar, eng muhimi esa, uyali telefon orqali ommabop bo‘lib bormoqda. Aynan uyali telefon kontentning barcha turlarini yetkazib berishda yetakchi vosita sifatida alohida o‘rin egallamoqda. Ovozni, tasvirni, tovushni va ma’lumotlarni raqamlashtirish hamda ularning konvergensiyasi auditoriyalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda yangi ufqlarni ochib bermoqda. Bundan tashqari, onlayn kommunikatsiya va texnologiyalari foydalanuvchi kontentini yaratish hamda auditoriyaning mediakontent yaratishda ijodiy ishtiroki uchun yangi imkoniyatlarni yuzaga keltirdi. Masalan, endi yangilik-xabarlarga va ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga munosabatni interfaol tarzda bildirish mumkin. Internet vositasida O‘zbekistonda ham fuqarolar, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar faollashib bormoqda. Aynan Internet aholiga hokimiyat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati xususidagi axborotni tezkor uzatish, turli tashkilotlar tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega interfaol xizmatlarni amalga oshirish imkonini bermoqda. Download 180.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling