3-mavzu. Mehnat va ish haqi hisobi Reja Mehnat va ish haqini hisobga olishning asosiy vazifalari Mehnatga oid munosabatlarni tartib solish


Download 108.66 Kb.
bet3/23
Sana18.06.2023
Hajmi108.66 Kb.
#1558885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
3-mavzu. Mehnat va ish haqi hisobi (2)

Jamoa shartnomasi — korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o’rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatdir.
Jamoa kelishuvi — muayyan kasb, tarmoq, hudud xodimlari uchun mehnat shartlari, ish bilan ta‘minlash va ijtimoiy kafolatlar belgilash borasidagi majburiyatlarni o’z ichiga oluvchi normativ hujjatdir.
Jamoa shartnomalari va kelishuvlari xodimlar bilan ish beruvchilarning mehnatga oid munosabatlarini shartnoma asosida tartibga solishga va ularning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini muvofiqlashtirishga yordam berish maqsadida tuziladi.
Unumli va ijodiy mehnat qilishga bo’lgan o’z qobiliyatlarini tasarruf etish va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday faoliyat bilan shug’ullanish har kimning mutlaq huquqidir. Ixtiyoriy ravishda ish bilan band bo’lmaslik javobgarlikka tortish uchun asos bo’lolmaydi.
Har kim ish beruvchiga bevosita murojaat qilish yoki mehnat organlarining berul vositachiligi orqali ish joyini erkin tanlash huquqiga egadir.
Ishsizlar — o’n olti yoshdan to pensiya bilan ta‘minlanish huquqini olishgacha bo’lgan yoshdagi, haq to’lanadigan ishga yoki daromad keltiradigan mashg’ulotga ega bo’lmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor bo’lgan yohud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan o’tishga yoki malakasini oshirishga tayyor bo’lgan mehnatga layoqatli shaxslar (bundan ta‘lim muassasalarida ta‘lim olayotganlar mustasno).
Birinchi marta ish qidirayotgan, kasbi (mutaxassisligi) bo’lmagan shaxslar uchun dastlabki kasb tayyorgarligini talab qilmaydigan ish, bunday ishni topib berish imkoniyati bo’lmagan taqdirda esa, ularning yoshi va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda haq to’lanadigan boshqa ish, shu jumladan vaqtinchalik ish maqbul keladigan ish deb hisoblanadi.
Ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo’lgan shaxslar uchun ularning kasb tayyorgarligiga mos bo’lgan, yoshini, sog’lig’i holatini, mehnat stajini va avvalgi mutaxassisligi bo’yicha tajribasini, yangi ish joyining transportda qatnash jihatidan qulayligini inobatga oluvchi ish maqbul keladigan ish deb hisoblanadi.
Ishsizlik nafaqasi ishsiz deb e‘tirof etilgan shaxsga u ish qidirayotgan shaxs sifatida mahalliy mehnat organida ro’yxatdan o’tgan kundan e‘tiboran tayinlanadi. Qaramog’ida uchtagacha kishi bo’lgan, o’ttiz besh yoshga to’lmagan ishsiz erkakka ishsizlik nafaqasi u haq to’lanadigan jamoat ishlarida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda ishtirok etgan taqdirda tayinlanadi. Ishsiz shaxsning nafaqa olish huquqi u ish qidirayotgan shaxs sifatida ro’yxatdan o’tgan paytdan boshlab kechi bilan o’n birinchi kundan e‘tiboran kuchga kiradi.
Ishsizlik nafaqasi ko’pi bilan:
- ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo’lgan yoki uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxsga o’n ikki oylik davr mobaynida yigirma olti kalendar hafta;
- ilgari ishlamagan va birinchi marta ish qidirayotgan shaxsga esa o’n uch kalendar hafta mobaynida to’lanadi.

Download 108.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling