3-mavzu. Mehnat va ish haqi hisobi Reja Mehnat va ish haqini hisobga olishning asosiy vazifalari Mehnatga oid munosabatlarni tartib solish


Mehnatga oid munosabatlarni tartib solish


Download 108.66 Kb.
bet2/23
Sana18.06.2023
Hajmi108.66 Kb.
#1558885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
3-mavzu. Mehnat va ish haqi hisobi (2)

2. Mehnatga oid munosabatlarni tartib solish
O’zbekiston Respublikasida mehnatga oid munosabatlar mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlari, jamoa kelishuvlari, shuningdek jamoa shartnomalari va boshqa lokal normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.

  • Mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeks, O’zbekiston Respublikasi qonunlari va Oliy Majlis qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi qonunlari va Jo’qorg’i Kengesi Qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Hukumatining hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Hukumatining qarorlari, davlat hokimiyatining boshqa vakillik va ijroiya organlari o’z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlardan iboratdir.

  • Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda, shuningdek ayrim fuqarolar ixtiyorida mehnat shartnomasi (kontrakt) bo’yicha ishlayotgan jismoniy shaxslarning mehnatga oid munosabatlari mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.

Barcha fuqarolar mehnat huquqlariga ega bo’lish va ulardan foydalanishda teng imkoniyatlarga egadir. Jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati va mansab mavqei, dinga bo’lgan munosabati, e‘tiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligi, shuningdek xodimlarning ishchanlik qobiliyatlariga va ular mehnatining natijalariga aloqador bo’lmagan boshqa jihatlariga qarab mehnatga oid munosabatlar sohasida har qanday cheklashlarga yoki imtiyozlar belgilashga yo’l qo’yilmaydi va bular kamsitish deb hisoblanadi.
Mehnat sohasida o’zini kamsitilgan deb hisoblagan shaxs kamsitishni bartaraf etish hamda o’ziga yetkazilgan moddiy va ma‘naviy zararni to’lash to’g’risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin.
Majburiy mehnat, ya‘ni biron-bir jazoni qo’llash bilan tahdid qilish orqali (shu jumladan mehnat intizomini saqlash vositasi tariqasida) ish bajarishga majburlash taqiqlanadi.
Quyidagi ishlar:
- harbiy yoki muqobil xizmat to’g’risidagi qonunlar asosida; (O’zbekiston Respublikasining ―Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g’risidagi Qonuni 32-moddasining to’rtinchi qismi, 37-moddasi va 40-moddasining beshinchi qismi.)
- favqulodda holat yuz bergan sharoitlarda; (O’zbekiston Respublikasining ―Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risidagi Qonunining 16, 24 va 25-moddalari.)
- sudning qonuniy kuchga kirgan hukmiga binoan; (O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 42, 88, 155-moddalari va 13-bobi (―Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar mehnati)).
- qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda bajarilishi lozim bo’lgan ishlar majburiy mehnat deb hisoblanmaydi.
Mehnat Kodeksi mehnat huquqlari va burchlarining vujudga kelishi yoki bekor bo’lishi bilan bog’laydigan muddatning o’tishi uning boshlanishi belgilangan kalendar kunning yertasidan e‘tiboran boshlanadi.

Download 108.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling