3-mavzu. Mehnat va ish haqi hisobi Reja Mehnat va ish haqini hisobga olishning asosiy vazifalari Mehnatga oid munosabatlarni tartib solish


-jadval Mehnatga haq to’lash bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblarning aks ettirilishi


Download 108.66 Kb.
bet14/23
Sana18.06.2023
Hajmi108.66 Kb.
#1558885
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Bog'liq
3-mavzu. Mehnat va ish haqi hisobi (2)

33-jadval
Mehnatga haq to’lash bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblarning aks ettirilishi



Muomalalar mazmuni

Debet

Kredit

1

Ish haqi hisoblandi

2010; 2310; 2510; 9410 va boshq.

6710

2

Ish haqidan ushlammalar (daromad solig’i, aliment) aks ettirildi

6710

6410;
6990

3

Hisoblangan daromad solig’i summasidan xodim ShJBPHga hisoblandi va o’tkazildi

6410;
6530

6530;
5110

4

Ish haqi to’landi

6710

5010

5

Xodimning bank plastic kartasiga o’tkazish yo’li bilan

6710

5110

2018 yil 1-yanvardan 31-dekabrgacha JShDSning quyidagi stavkalari amal qilgan: nol stavkali; eng kam stavka – 7,5%; o’rtacha stavka – 16,5%; eng yuqori stavka – 22,5%.5


Butun yil davomida JShDSni va EKIH baravarida nazarda tutilgan imtiyozlarni hisoblab chiqarishda 2018 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra belgilangan EKIH – 172 240 so’m qo’llanilgan.
2018 yilda fuqarolarning ShJBPHga majburiy oylik badallari stavkasi xodimga hisoblangan ish haqi (daromad) soliq solinadigan summasining 2%ini, nol stavkasida (EKIH 1 baravari) soliq solinadigan daromad chegirilgan holda, tashkil etgan.
2019 yilda belgilangan stavkadan kelib chiqib hisoblangan va O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga to’lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i summasi fuqarolarning shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga o’tkaziladigan har oylik majburiy badallar summasiga kamaytiriladi. Ushbu badal miqdori jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i solinadigan daromadlaridan 0,1 foiz miqdorida hisoblab chiqariladi.
2019 yil 1-yanvardan O’zbekiston Respublikasi rezidenti bo’lgan jismoniy shaxsning daromadlariga, bundan dividendlar va foizlar tarzida to’lanadigan daromadlar mustasno, 12 foizli stavka bo’yicha soliq solinadi.
O’zbekiston Respublikasining rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida to’lanadigan daromadlarga 5 foizli stavka bo’yicha soliq solinadi.

Download 108.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling