3-mavzu: Microsoft Excel elektron jadvallar protsessori bilan tanishuv Reja
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu excel bilan tanishuv
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektron jadvalning bir vaqtning o’zida bir nechta qismini ko’rish Excel 2007
Вид ilovasida Упорядочить все bandi tanlanadi. Hosil bo’lgan Расположение
окон muloqot darchasida elektron jadvallarning joylashuvi ko’rsatiladi: yonida, yuqoridan quyi qismga va h. 19 – rasm. Oynalarning joylashuvi. Natijada bir vaqtning o’zida elektron jadvallar bilan ishlash qulay va ixcham. Elektron jadvalning bir vaqtning o’zida bir nechta qismini ko’rish Excel 2007 dastur katta jadvallar bilan ishlash jarayonida bir joydan ikkinchi joyga o’tish talab qilinadi. Excel 2007 dastur imkoniyatlaridan foydalanib, jadvalning ikkita qismini bir vaqtda aks ettirishi mumkin. Buning uchun: 1. Вид ilovasini faollashtiriladi 2. Taxminan bo’linish sohasining satriga sichqoncha kursori o’rnatiladi, Вид ilovasidan Разделить bandiga bosiladi. Natijada gorizontal bo’yicha bo’luvchi chiziq dastur oynasini ikki qismga bo’lib beradi. Ikkala qismda ham joriy hujjat aks etilib, lekin ikkala qismni mustaqil alohida ko’rish mumkin. Ya’ni bitta elektron jadvalning turli xil qismini ko’rish. Siz bilan gorizontal o’qi bo’yicha bo’linishini ko’rib chiqdik. Vertikal o’qi bo’yicha bo’lish ham mumkin. Buning uchun bo’luvchi chiziqni dastur oynasining bo’linish sohasidagi ustuniga sichqoncha kursori o’rnatiladi. Вид ilovasidan Разделить bandiga bosiladi. Agar sichqoncha kursorini dasturning markaziga o’rnatilsa, u holda elektron jadval 4 ta qismga bo’linadi. Bo’luvchi chiziqlarini olib tashlash uchun Вид ilovasidan Снят разделение bandiga bosiladi. Снят разделение tugmasi Установить разделение tugmasining o’rnida hosil bo’ladi. Shuni nazarda tutish kerak-ki, elektron jadvalni emas, balki jadval oynasi qismlarga bo’linadi. Bu ko’rinishda saqlangan elektron jadvallar ularni ishga tushirganda qismlarga bo’lingan holatda bo’ladi. Excel 2007 dastur qo’shimcha imkoniyatlari sifatda shuni aytish mumkin-ki, ma’lum bir yacheykani birlashtirish imkoni bor. Birlashtiriilgan yacheyka jadval tarkibini varaqlashda ishtirok etmaydi. Katta jadvallar bilan ishlashda bu jadval sarlavhasi sifatida xizmat qiladi. Juda katta elektron jadval uncha katta bo’lmagan masshtabda hamda sarlavha satri va ustunlari dastur oynasining tashqarisida joylashishi mumkin. Jadval sarlavhasidagi yacheyka ma’lumotlarini qayd qilib monitor ekranida doimo saqlash uchun jadvalning yuqori chap qismidagi sarlavhasi belgilanadi. Вид ilovasidan Закрепить области bandiga bosiladi. Hosil bo’lgan ro’yxatdan kerakli variant tanalanadi. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling