modda shakl shakl - . Miqdoriy analizda aniqlanadigan modda miqdorini aniqlash uchun sarf bo’ladigan moddaning konsentrasiyasi aniq bo’lgan modda eritmasi hajmini o’lchashga asoslangan usuliga hajmiy (titrimetrik) analiz usuli deb aytiladi.
- Aniqlanadigan A modda eritmasiga oz-ozdan konsentrasiyasi aniq bo’lgan B modda eritmasi qo’shiladi. Bunda B moddadan A modda miqdoriga aniqlovchi modda miqdori ekvivalent bo’lgan holat ekvivalent nuqta deb ataladi. Ekvivalent nuqta mahsus asboblar yoki indikatorlar yordamida aniqlanadi. Indikator rangining o’zgarish holatiga titrlashning ohirgi nuqtasi deyiladi.
- Konsentrasiyasi yoki boshqacha titri aniq bo’lgan eritma standart (titrlangan) eritma, yoki titrant deb aytiladi. Standart eritmaning konsentrasiyasi odatda grammning millilitrga nisbati (g/ml) yoki (normallik) gramm-ekvivalent/litr birligida ifodalanadi.
- Aniqlanadigan modda eritmasiga sekinlik bilan titrantni qo’shish jarayoni titrlash deyiladi.
Hajmiy analiz usullari
Ionlarning o’zaro tasiriga
asoslangan usul
Oksidlanish-qaytarilish
reaksiyalariga asoslangan
usul
Kompleks hosil bo’lishiga
asoslangan usul
Kislota–asosli titrlash (neytrallash) usuli. - Kislota–asosli titrlash (neytrallash) usuli.
- Titrimetrik analizda modda miqdorini aniqlash, neytrallanish reaksiyasiga asoslangan usuli kislota-asosli titrlash yoki neytrallash usuli deyiladi. Neytrallash jarayoni eritmalarda gidroksoniy (H3O+) (yoki H+) ionlarining gidroksil OH- ionlari bilan o’zaro ta`sirlashib kuchsiz elektrolit suvning hosil bo’lishidir.
- H3O+ + OH- 2H2O H++ OH- H2O
- Demak, eritmada H+ va OH- ionlari konsentrasiyasining, ya`ni pH ini o’zgarishi kuzatiladi.
- Bu usul bilan biror kislotaning titrlangan eritmasidan foydalanib ishqorlarning miqdorini aniqlash (acidimetriya) yoki ishqorning titrlangan eritmasidan foydalanib, kislotalarning miqdorini aniqlash (alkalimetriya) mumkin.
- Kislotalarning titrini aniqlashda boshlang’ich modda sifatida: Na2B4O710H2O, Na2CO3, C2H5ONa lar ishlatiladi.
- Ishqorlarning titrini aniqlashda: H2C2O4 2H2O, qahrabo kislotasi, H2C4H4O6ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |