+3-мавзу-mo' da Матлаб(57-110). doc
MATLAB tizimini vazifalari va imkoniyatlari
Download 362.77 Kb. Pdf ko'rish
|
1.2. MATLAB tizimini vazifalari va imkoniyatlari
MATLAB - matematik va ilmiy-texnik hisoblashlarni amalga oshirishga mo’ljallangan eng qadimiy, uzoq vaqtlar davomida ishlab chiqilgan va tekshirilgan, avtomatlashtirilgan tizimlardan biri bo’lib, u matrisa va matrisaviy amallarni kengaytirilgan talqini ustiga qurilgan. Mazkur tushuncha uning nomida o’z aksini topgan, ya’ni MATLAB - matrix laboratory - matrisali laboratoriya. Ma’lumki, juda ko’plab dasturlar va ular ustida amallar bajarish sikllar orqali amalga oshiriladi. Bu esa dasturni ishlashini sekinlashtiradi va ba’zi bir amallarni bajarishni dasturlash tillarida ko’p o’lchamli, xususan, ikki o’lchamli, ya’ni matrisalarni e’lon qilishni murakkablashtiradi. MATLABda asosiy obyekt sifatida matrisalardan foydalanish sikllar sonini keskin kamaytiradi. MATLAB tizimini yaratishdagi asosiy maqsadlardan biri bo’lib, texnik va matematik xisoblashlarga yo’naltirilgan, foydalanuvchi uchun qulay va sonli usullarni amalga oshirish uchun tadbiq etib kelinayotgan an’anaviy dasturlash tillari imkoniyatlaridan ustunroq dasturlash tilini yaratish hisoblanadi. Mazkur tizimni 61 yaratishda hisoblashlar tezligini oshirishga hamda tizimning turli xil masalalarini hal qilishga moslashuvchanligiga katta e’tibor qaratilgan. MATLAB tizimi dasturlashning uchta asosiy konsepsiyasini amalga oshiradi: a) modullarni, ya’ni protsedura va funksiyalarni yaratishga asoslangan protsedura modulli dasturlash; b) obyektga yo’naltirilgan dasturlash (ayniqsa, tizimning grafikli vositalarini joriy qilish ahamiyati); c) foydalanuvchining grafikli interfeysini yaratishga mo’ljallangan vizual- yo’naltirilgan dasturlash (GUI-Graphics User Interface). Umuman olganda, MATLAB dasturlash tili interpretatorlar sinfiga kiradi. Demak, bundan kelib chiqadiki, tizimning har bir buyrug’i nomi bo’yicha aniqlanadi va zudlik bilan joriy qilinadi. Bu esa ixtiyoriy dasturiy kodni qism-qism bo’yicha tekshirishni osonlashtiradi. Tizimning asosiy imkoniyatlardan biri bu uning ochiqligi va kengaytirish mumkinligidir. Tizimning juda ko’plab buyruq va funksiyalari matnli formatdagi m-fayl (kengaytmasi .m) va C/C++ fayllari ko’rinishida bo’lib, barcha fayllarni modifikasiya qilish mumkin. Umuman olganda, ma’lumotlarni kiritish va hisoblashlarni amalga oshirish quyidagicha amalga oshiriladi: Boshlang’ich ma’lumotlarni kiritishni ko’rsatish uchun >> belgidan foydalaniladi; Ma’lumotlar oddiy yozuvli tahrir yordamida kiritiladi; Sozlangan funksiyalar (masalan, sin) yozma xarflar bilan yoziladi, hamda ularning argumentlari oddiy qavslar ichida yoziladi. Ma’lumki, o’zgaruvchilar kompyuter xotirasida, ya’ni ishchi soha (workspace) da ma’lum bir joy egallaydi. Ishchi sohani keraksiz o’zgaruvchilardan tozalash uchun clear funksiyasining turli xil ko’rinishlaridan foydalaniladi, masalan: Download 362.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling