+3-мавзу-mo' da Матлаб(57-110). doc


 MATLAB dasturiy muhitining vazifalari, imkoniyatlari, kengaytmasi


Download 362.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/29
Sana03.06.2024
Hajmi362.77 Kb.
#1899017
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
1. MATLAB dasturiy muhitining vazifalari, imkoniyatlari, kengaytmasi,
yordam tizimi va oddiy hisoblashlarni bajarish.
1.1. MATLAB tizimi haqida
Bugungi kunda fan texnika olamida murakkab bo’lgan masalalarni, vazifalarni
yechish uchun turli xil dasturlash tillari va vositalardan foydalaniladi. Hisoblash
jarayonlarida bir qator doimiy takrorlanuvchi standart jarayonlar alohida paket deb
ataluvchi maxsus dasturlar tarkibiga kiritiladi. Dasturlar paketi o’z navbatida obyektli
modelni vujudga keltiradi. Amaliy masalalar bir nechta paketlarga bo’linib,
kompyuter algebrasi deb ataluvchi bir necha dasturiy ta’minotlar tarkibiga kiritilgan.
Bularga Merkury, Maple, Mathematika, Matkad , MATLAB kabi dasturlar kiradi. Bu
dasturlarning har biri o’z kamchilik va yutuqlari bilan alohida o’rganib chiqishga
arziydi. MATLAB dasturi 70-yillar oxirida Moler tomonidan sodda hisoblash
jarayonlarini bajarish uchun yaratilgan. U asosan 3 avlod EHM da ishlash uchun
mo’ljallangan edi. 80-yillar o’rtalariga kelib Little Mathworks kompaniyasi xodimi
tomonidan MATLABning 4-avlod EHM ga mo’ljallangan PC MATLAB versiyasi
ishlab chiqildi. Ushbu versiyaning oldingi versiya bilan o’xshash jihatlari ko’p bo’lib,
bir nechta matematik paketlargina oldingi versiyadan farqlab turadi. Bugungi kunda
zamonaviy kompyuterlarda MATLABning 4,5,6 va 7 versiyalarni ko’rish mumkin. 4-
versiyada MATLABning dastlabki versiyalarni xususiyatlari saqlanib qolgan. 5-
versiya tarkibida ilk bor grafik muhit ishchi stoli yaratilgan. Shu bilan birga
MATLABning 5-versiyasida 16 bit va 24 bitli RGB ranglar bilan ishlash, yuqori
o’lchamli matritsalar bilan ishlash, fazoviy figuralarni chizish faqat sonlar bilan
emas,
balki
matematik
formulalar
bilan
ishlash
imkoniyatlari
kiritilgan.
MATLABning 6-versiyasi bu dastur rivojining eng asosiy cho’qqilardan biri
hisoblanadi. 5-versiyaga qo’shimcha ravishda boshqa dasturlash tillariga eksport va
import murakkab bo’lgan jarayonlar matematik modelni grafika bilan ishlash, boshqa
kompyuter algebrasi dasturlar bilan moslasha olish jarayonlari qo’shimcha sifatida
kiritilgan.
MATLAB ишга тушгандан кейин экранда унинг асосий ойнаси пайдо
бўлади (3.1-расм). Bu oynalarni 3.2- rasmdagidek nomlashimiz mumkin.
MATLAB menyusi quyidagicha:
1. Buyruqlar oynasi (Command Window);
2. Brouzerning ishchi qismi (Workspace Browser);
3. Massiv muharriri (Array Editor);
4. Buyruqlar tarixi oynasi (Command History);
5. Ayni vaqtdagi katalog brouzeri (Current Directory Browser);
6. Start tugmasi (Start);
7. Brouzer so’rovnomasi (Help Browser);
8. Muharrir (Editor/Debugger);
9. Sharhlovchi(Profiler).


59
3.1-расм. MATLAB ойнасининг умумий кўриниши.
3.2- rasm. MATLAB oynalarining nomlanishi.
Ishchi qism
Buyruqlar
oynasi
Tarix oynasi


60
Asosiy buyruqlar oynasi MATLAB dagi barcha buyruqlarni paketlarni va
kutubxonalani e’lon qilish oynasi hisoblanadi.
O’zgaruvchilar oynasi dastur tarkibida e’lon qilingan o’zgaruvchilarni daraxt
ko’rinishida ifodalab boradi.
Buyruqlar tarixi oynasida esa dasturda bajarilayotgan buyruqlar ketma-ketligi
saqlanib qoladi.
MATLABda seans ishi tushunchasi sessiya (session) deb yuritiladi, ya’ni
foydalanuvchi ayni vaqtda foydalanayotgan xujjat - bu sessiyadir. Unda kiritish-
chiqarish satrlari va xatoliklar haqida axborot joylashgan bo’ladi. MATLAB
sessiyaga kiruvchi barcha o’zgaruvchi va funksiyalar qiymatlari xotiraning ishchi
qismida
joylashgan
bo’ladi. 
Save 
(saqlash)
buyrug’i
yordamida
ularni
(MATLAB.mat) - da saqlash mumkin. Load (yuklash) buyrug’i esa ma’lumotlarni
diskdan ishchi sohaga kiritish imkonini beradi. Diary (kundalik) buyrug’i orqali
ma’lumotlarni ayrim qismlarini kundalik ko’rinishida saqlash mumkin.
Buyruqlar oynasini boshqarish buyruqlaridan eng muximlarini keltiramiz:
clc - ekranni tozalaydi va kursorni bo’sh ekranning yuqori chap qismiga
joylashtiradi;
home - kursorni ekranning yuqori chap qismiga qaytaradi. Jadal su’ratlar
bilan rivojlanib borayotgan kompyuterlashgan matematik tizimlar (KMT), ayniqsa,
sonli hisoblashlarga yo’naltirilgan tizimlar orasida MATLAB matrisali matematik
tizim alohida ajralib turadi.
MATLAB tizimini tashkil qiluvchi paketlar soni ko’pligi uning juda ko’plab
soha masalalarini hal qilishga joriy etish imkoniyatini beradi. Hozirgi kunga kelib
MATLAB tizimi zamonaviy matematik va ilmiy-texnikaviy dasturiy ta’minoti
sohasida deyarli jahon standarti bo’lib qoldi.

Download 362.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling