3-mavzu: moliyaviy siyosat va moliyaviy qarorlar. Moliyaviy siyosat va uning shakllari
Download 41.28 Kb.
|
3-mavzu moliyaviy siyosat va moliyaviy qarorlar. Moliyaviy siyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari
3-MAVZU: MOLIYAVIY SIYOSAT VA MOLIYAVIY QARORLAR. 1. Moliyaviy siyosat va uning shakllari. Moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element moliyaviy siyosat hisoblanadi. Shu bois moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi davlatning moliyaviy siyosatiga asoslanadi. Qisqa qilib aytganda, moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi faoliyatidir. Bu faoliyat davlatga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun yetarli miqdorda va kerakli muddatda moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga qaratilgan. Siyosat, siyosiy ta’sir va siyosiy rahbarlik quyidagi uch elementlardan tarkib topadi: bosh maqsadni aniqlash va qo‘yish hamda jamiyat hayotining ma’lum bir davriga xos qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun yechilishi zarur bo‘lgan istiqboldagi va yaqin kunlardagi vazifalarni aniqlab olish; qo‘yilgan maqsadlarga qisqa muddatlarda erishiladigan, yaqin davrdagi va istiqboldagi vazifalar esa oqilona tartibda hal qilinadigan munosabatlarning metodlari, vositalari va konkret shakllarini ishlab chiqish; qo‘yilgan vazifalarni yechishga qodir bo‘lgan kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning bajarilishini tashkil qilish. Demak, takror ishlab chiqarishning alohida ehtiyojlarini qondirish va uzluksiz takror ishlab chiqarish jarayonini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun ijtimoiy boylikni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlariga yo‘naltiriladigan maqsad va vazifalarning yechilishini aniqlash moliyaviy siyosat deyiladi. Moliyaviy siyosatga quyidagicha boshqa ta’rif berish ham mumkin: moliyadan foydalanishning metodlari, uni tashkil qilishning amaliy shakllari va metodologik prinsiplarining majmui (yig‘indisi) moliyaviy siyosat deyiladi. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari: byudjet siyosati; soliq siyosati; pul siyosati; kredit siyosati; baho siyosati; investitsion siyosat; ijtimoiy moliyaviy siyosat; boj siyosati. O‘zbekistonda moliyaviy siyosatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Davlat byudjeti moliyaviy ahvolining barqarorligini ta’minlash; byudjet daromadlari va xarajatlarining ochiq, shaffof va oshkora bo‘lishini tashkil etish; davlat xarajatlarini birinchi navbatda modernizatsiya qilish va tegishli tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish asosida iqtisodiyotni innovatsion asosda rivojlanishini ta’minlashga yo‘naltirish; xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganligini saqlab qolgan holda davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash; davlat byudjeti defitsitini yo‘l qo‘yilgan eng kam daraja doirasida (YaIMning 3-4%i atrofida) cheklashga yo‘naltirilgan qat’iy moliyaviy siyosatni amalga oshirish; mahalliy byudjetlarning daromad qismini yanada mustahkamlash va byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish; byudjet intizomiga qat’iy rioya qilish; davlat byudjeti daromadlarining katta qismini joylarga biriktirish, mahalliy byudjetlarning daromad manbalarini mustahkamlash; ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti sharoitida aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, aholining konstitutsiya bilan kafolatlangan huquqlarini himoya qilishni ta’minlovchi moliyaviy bazani yaratish, erkin mehnat va ishbilarmonlik asosida aholi turmush darajasini keskin oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish; soliq yuklamasini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini yanada soddalashtirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish; soliq konsepsiyasi va siyosatini takomillashtirish, soliqlarning iqtisodiyotga rag‘batlantiruvchi ta’sirini kuchaytirish maqsadida: soliq tizimining ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy, tabiiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan, to‘plangan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag‘batlantiruvchi ta’sirini oshirish; korxonalar zimmasidagi soliq yuklamasini kamaytirish, qo‘shilgan qiymat va foyda solig‘i stavkalarini kamaytirish va shu asosda ishlab chiqarishni jonlantirishga turtki berish; - soliq tushumlari tarkibini tubdan o‘zgartirish, resurslar, mol-mulk solig‘ining rolini oshirish, jismoniy shaxslardan soliq undirishning progressiv tizimini takomillashtirish; soliq siyosati belgilab bergan chora-tadbirlarni amaliyotga tatbiq etuvchi tegishli moliya-soliq mexanizmini ishlab chiqish va takomillashtirish; istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlashni yanada kengaytirish orqali kredit siyosatini takomillashtirish; milliy valyutani haqiqiy konvertatsiya qilishni joriy etish, pul almashuv tartibini yanada soddalashtirish, so‘mning barqarorligini ta’minlash; ijtimoiy himoyaning manzilli bo‘lishiga, moliyaviy mablag‘larning ijtimoiy yordamga haqiqatda muhtoj aholi qatlamlariga etib borishini ta’minlash; mahalliy byudjetlarni shakllantirish manbalari bo‘lgan umumdavlat soliqlari bilan mahalliy soliqlar o‘rtasida aniq chegara o‘tkazish va boshqalar. Download 41.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling