3-mavzu: ms excelning funksiyalar kutubxonasi


Download 25.78 Kb.
bet1/6
Sana28.09.2023
Hajmi25.78 Kb.
#1688695
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-mavzu 1-kurs



3-MAVZU: MS EXCELNING FUNKSIYALAR KUTUBXONASI 
Excelda tayyorlanadigan ma’lumotli jadvallar matn yoki sonlar bilan to‘ldirishligini 
yuqorida aytib o‘tdik. Ba’zan kataklardagi mashg‘ulotlar ustida ayrim hisoblashlarni bajarish
zaruriyati tug‘iladi, bunday vaziyatda formulalardan foydalaniladi. 
Buning uchun MS Excel 2010 tasmasidagi Формулы bo‘limiga murojaat qilinadi. Ushbu
bo‘limda qiymatlar, ifodalar va kataklar ustida amallar bajarishga mo‘ljallangan funksiyalar 
kutubxonasi jamlangan.
Kutubxonadagi turli vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan funksiyalarning ba’zi birlari bilan 
tanishib chiqamiz
.
Matematik funksiyalar 

t/r
Funksiya 


Vazifasi
1
ФАКТР 

argument sifatida berilgan butun son faktorialini hisoblaydi


2
ABS 

argument qiymatining modulini hisoblaydi


3
LN 

sonning natural logarifmini hisoblaydi


4
EXP 

sonning eksponentasini hisoblaydi


5
SIN 

sonning sinusini hisoblaydi


6
COS 

sonning kosinusini hisoblaydi


7
TAN 

sonning tangensini hisoblaydi (radianda)


8
НОД 

ikki va undan ortiq butun sonlarning eng katta umumiy


bo‘luvchisini hisoblaydi 
9
НОК

ikki va undan ortiq butun sonlarning eng kichik umumiy


bo‘linuvchisini hisoblaydi 
10
ОКРУГЛ

haqiqiy sonni yaxlitlaydi


11

СУММ
ikki va undan ortiq sonlarning yig‘indisini hisoblaydi 


12
ПРОИЗВЕД 

Ikki va undan ortiq sonlar ko‘paytmasini hisoblaydi


13

ЗНАК
Son manfiy bo‘lsa -1 ni, musbat bo‘sa 1 ni, nol bo‘lsa 0 ni 


chiqaradi
14

КОРЕНЬ
Sonni kvadrat ildizini hisoblaydi 


1-mashq. Berilgan 6,10, 30, 60 sonlarning eng katta umumiy bo‘luvchisini hisoblang.

Bajarish:


 A1 katakka 6 sonini, B1 katakka 10 sonini, A2 katakka 30 sonini, B2 katakka 60 sonini 
kiritamiz;
 C4 katakka quyidagi formulani kiritamiz: =НОД(A1:B2) 
 Enter tugmasi bosiladi.Natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi:
YODDA SAQLANG ! 


MS Excel 2010 da algebraik amal belgilari quyidagilar: 

+ (yig‘ish); - (ayirish); * (ko’paytirish); / (bo’lish); ^ (darajaga 

ko’tarish). 


Download 25.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling